Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘zbek teatri san’ati va dramaturgiyasining shakllanishida Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning o‘rni.
UZBEKISTAN” JURNALI · O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
This article discusses the great contribution of the young poet, translator, playwright, writer, poet, art critic, Abdulhamid Sulaymon Ugli Cholpon to Uzbek theater art and dramaturgy. Kalit so’zlar: Yorqinoy, Halil Farang, kompazitsiya, tomosha, an’ana, mumtoz, sahna, sistema, maktab, aktyor, rejissyor, senariy, dramaturg, shart-sharoit, butafor, pedagog, rassom, teatr, libos, ijod, tovush, chiroq, dekaratsiya, san’at, professional, tasavvur, spektakl, timsol, zamonaviy, ashula, musiqa, raqs, sinkret, jest, pantomime, marionetka, qo‘girchoq, plastika, neverbal, maska, delarte, garmonik. Ключевые слова: Ёркиной, Халиль Фаранг, композиция, зрелище, традиция, классика, сцена, система, школа, актер, режиссер, сценарий, драматург, условия, реквизит, учитель, художник, театр, костюм, творчество, звук, лампа, декорация, искусство, профессионал, воображение, представление, символ, современный, песня, музыка, танец, синкрет, жест, пантомима, марионетка, кукла, пластика, невербальный, маска, деларте, гармонический. Keywords: Yorqinoy, Halil Farang, composition, spectacle, tradition, classic, stage, system, school, actor, director, script, playwright, conditions, props, teacher, artist, theater, costume, creativity, sound, lamp, decoration, art, professional, 213 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 imagination, performance, symbol, modern, song, music, dance, syncret, gesture, pantomime, marionette, puppet, plastic, nonverbal, mask, delarte, harmonic. Cho‘lpon (1898-1938) — o‘zbek dramaturgiyasininggina emas, umum o‘zbek sahna san’ati madaniyatining rivojiga ham bebaho hissa qo‘shgan ijodkor, o‘zbek teatrini jahon dramaturgiyasining mumtoz asarlariga oshno qilgan tengsiz tarjimon. «Turon» davlat teatrida kechgan ijodiy jarayonning faol ishtirokchisi, 1921-yildan ma’lum muddat direktori, Mannon Uyg’ur qatorida Moskvadagi o‘zbek drama studiyasi mashg‘ulotlarida murabbiy, repertuaridagi asarlarning mualliflaridan. Truppaning adabiy emakdoshi, Mirmulla Shermuhamedov, G‘ozi Yunus bilan barobar teatr tanqidchiligini professionalizm bosqichiga ko‘targan siymo va ayni vaqtda o‘zbek sahnasi yutuqlarining targ‘ibotchisi. Dramaturgiya janrida Cho‘lponning o‘nga yaqin pyesalar yozgani ma’lum bo‘lsa-da, ulardan «Xalil Farang», «Yorqinoy» (1921), «Cho‘rining isyoni», «Yana uylanaman» (Yusuf qiziq asari asosi-da, 1926), «Mushtumzo‘r», «O‘rtoq Qarshiboyev», «Xujum» (V.Yan bilan hamkorlikda, 1928) pyesalari ma’lum va ularning hammasi hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatrda sahnalashtirilgan. «Xalil Farang» pyesasining mazmuni matbuotda e’lon qilingan manbalar asosida tiklangan bo‘lishiga qaramay, matni saqlanmagan. «Yorqinoy» esa avvaliga ikki pardali bo‘lib, 1921-yili ilk bor sahna yuzini ko‘rgan. 1921-1927-yillar orasidagi muddatda dramani qayta ishlab, hajmini kengaytirib, janrini olti pardali «afsonaviy tomosha» deb belgilagan. Pyesaning boshlanishiga yozib qo‘yilgan ikki bag‘ishlov (epigraf) drama mohiyatini to‘g‘ri anglashga ishoradek tuyuladi: “Yorqinoy” o‘zbek teatri sahnasida musiqali drama janrida sahnalashtirilgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» bilan oldinma-keyin dostonchilik an’anasining sahna san’atiga ham ko‘chishiga sababchi bo‘lgan asardir. Biroq «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun»dan farqli o‘laroq, bu asarda sodir bo‘ladigan voqealarni real hayotga yaqinlashtirish mayllari mutlaqo o‘zgachadir. «Yorqinoy»da asar bosh qahramoni sohibjamol bo‘lishi bilan barobar, tengsiz jasorat, mohir qilich sohibi ham. U avvalo ahdiga sodiq ma’shuqa. Uning Po‘latga bo‘lgan ishqi «vodiyi vaxdat haqiqat»ini anglab yetish yo‘lida qiynoqli sinovni boshidan kechiradi. Yorkinoy bu sinovga bardosh beribgina qolmay, ishqda murodiga yetish barobarida mamlakatda adolatni ham qaror toptirib, jabrdiyda sevgilisi, xalqparvar Po‘latning podsholik taxtini egallashiga yo‘l ochib beradi. Ana 214 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 chin muhabbatning imkoni! Pyesa ana shu muhabbat, ishqning sinovlari bilan boshlanadi. Yorqinoy, Po‘latdan farqli o‘laroq, yalangoyoq xizmatkorni bor vujudi, aql-idroki bilan sevadi. Uni bu yo‘ldan hech narsa na naslu nasabi, na rasmu odat, qaytara oladi, u sevgisini «umidsiz sevgi» ekanini bilsa ham, Po‘latdan voz kechmaydi, Po‘lat bo‘lsa, boshqacha. U ham Yorqinoyni sevadi. Biroq uning vasliga yetish haqiqatdan yiroq ekanini his etgan Po‘lat, Yorqinoydan uzoqlashib ota-onasi, qarindosh-urug’larining qotili bo‘lgan O‘lmas botir (Yorqinoyning otasi)ga va xalqqa bitmas-tuganmas zulm o‘tkazayotgan xon saroyiga qarshi ko‘tarilajak qo‘zg‘olonga rahnamolik qilishni afzal biladi. Pyesaning boshida Po’lat o‘zining keyingi xatti-harakatlarini bunday belgilab oladi: «Yorqinoy poshsha, Yorqin poshsha. Yorqin poshshadan shu kunlarda bir umr ajralmoq kerak! Bu mening uchun ko‘p og’ir bo‘lsa-da, men ko
Доказательный фрагмент
«This article discusses the great contribution of the young poet, translator, playwright, writer, poet, art critic, Abdulhamid Sulaymon Ugli Cholpon to Uzbek theater art and dramaturgy.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the great contribution of the young poet, translator, playwright, writer, poet, art critic, Abdulhamid Sulaymon Ugli Cholpon to Uzbek theater art and dramaturgy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Yorqinoy, Halil Farang, composition, spectacle, tradition, classic, libos, professional, rejissyor, sahna, spektakl, chiroq, senariy, raqs, kompazitsiya, sistema, qo‘girchoq, maska, jest, pedagog, sinkret, dramaturg, mumtoz, butafor, zamonaviy, tomosha, marionetka, maktab, teatr, dekaratsiya, neverbal, tasavvur, tovush, an’ana, plastika, shart-sharoit, musiqa, pantomime, delarte, ashula, aktyor, timsol, garmonik., ijod, rassom, san’at
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026