Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБ ИССЛЕДОВАНИЯХ ТЕРМИТОВ (INSECTA: ISOPTERA)
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · TADQIQOTLARGA OID · Xusanov Alijon Karimovich · Toshtemirova Nargizaxon Ilhomjon qizi
Универсал международный научный журнал · 10 · 2244–2252 · 2026
Аннотация
The article discusses the history of the study of termites, their classification, species diversity and degree of harmfulness. In particular, termites worldwide have 12 families, 330 genera and 3015 species, of which about 300 species are considered dangerous pests. Seven species were identified in the CIS countries, four in Central Asia and three in Uzbekistan (Anacanthotermes turkestanicus, A.ahngerianus, Amitermes rhizophagus). Information is also provided on research conducted in the field of physiology, bioecology, molecular identification and other areas related to these insects. Key words: termite, Anacanthotermes turkestanicus, A.ahngerianus, A.ochraceous, Amitermes rhizophagus, Psammotermes hypostoma, Captotermes heimi. Termit (Termes) atamasi ilk bor K. Linney tomonidan “Systema Naturae” (1758 yil, 10-nashr) asarida Termes fatale (terma – yakun, fatum – taqdir) shaklida ishchi yoki askar individlariga nisbatan qo‘llangan [18]. Keyinchalik Latreyl ushbu guruh hashoratlarini “Termitinae” deb umumiy nomlaydi [17], keyinchalik esa Bryull “Isoptera” terminini taklif qilgan [7], Komstok esa Bryull bergan “Isoptera” nomini mustaqil turkum sifatida ajratgan [9]. Termitlar bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish, ularning o‘rganilganlik darajasini baholash, dolzarb jihatlarni aniqlash hamda bu asosda samarali nazorat usullarini ishlab chiqish zarurati mavjud. Termitlar bo`yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida olingan dastlabki ilmiy ma`lumotlar XVIII asrning ikkinchi yarmida Yevropada e`lon qilingan. Jumladan, Kyonigning “Naturgeschichte der sogenannte weissen Ameisen” (1779) nomli asarida termitlar haqida fikrlar bayon etilgan [16]. Termitlarga oid ilmiy tadqiqotlar natijalarini o`zida jamlagan ilk yirik monografiya 1855– 1860 yillarda H.A. Hagen tomonidan Germaniyada chop etilgan bo‘lib, unda 4 ta avlodga mansub 60 adu.uz universaljurnal.uz 764 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari ta tur haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Muallif termitlarning suvaraklarga o‘xshashligini ham ko‘rsatib bergan. Bu ishlar termitlarni ilmiy o‘rganishning mustahkam poydevorini yaratgan [10]. Termitlar – o‘simlik qoldiqlari, yog‘och, qurigan o‘tlar hamda o‘zida sellyuloza tutuvchi har qanday nobud bo‘lgan o‘simlik materiallari bilan oziqlanadigan, koloniya hosil qiluvchi ommaviy zararkunanda hasharotlardir. Ularning o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanishi tabiatda moddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Biroq, termitlar turli binolar, xonadonlar, ayniqsa tarixiy obidalar tarkibidagi yog‘ochliklarni yemirib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi [19]. Butayna Hasnaui va hammualliflarning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda termitlarning dunyo bo`yicha 12 ta oila, 330 ga yaqin avlod va 3015 ta turlari ma`lum [12]. Mureed Husain va boshqalarning ko‘rsatishicha mavjud turlarning 300 ga yaqini xonadonlar va yog‘och konstruksiyalarga jiddiy zarar yetkazuvchi turlar hisoblanadi [14]. Termitlarning MDH davlatlarida 7 ta, Markaziy Osiyoda 4 ta, O‘zbekistonda esa 3 ta turi (Anacanthotermes turkestanicus, A.ahngerianus, Amitermes rhizophagus) qayd qilingan [19]. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Vassmann, Haviland, Froggatt, Sjo`stedt Y., Silvestri F., Dene J.A., XX asrning ikkinchi yarmida esa Emerson A.E., Ahmad M., Krishna R.A., Grassé P., Sands V.A, Snayder T.E. va boshqa ko‘plab olimlar termitlar sistematikasi va biologiyasini chuqur o‘rganishga hissa qo‘shganlar [1]. Hozirgi kunga kelib, termitlarni o‘rganish bo`yicha muhim ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayni tadqiqotlarga ko‘ra ularning morfologiyasi, fiziologiyasi, sistematikasi, bioekologiyasi, molekulyar identifikatsiyasi va boshqa sohalariga oid salmoqli ishlar e’lon qilingan. 2021-yilga kelib, Mustafa R. Sharaf va boshqalar Arabiston yarim orolida olib borgan tadqiqotlari asosida termitlarga oid 4 ta oila, 9 ta avlod va 30 ta turni qamrab oluvchi yangilangan taksonomik ro‘yxatni e’lon qilishdi. Shundan 27 ta tur ilgari ma’lum bo‘lgan, 2 ta tur – Anacanthotermes ochraceous va Psammotermes hypostoma (Desneux, 1902) esa keng tarqalgan turlar sifatida qayd etilgan. Captotermes heimi esa Saudiya Arabistoni uchun yangi tur sifatida aniqlanib, kam uchrashi kuzatilgan. Ushbu uch turning tarqalish xaritasi, adabiy manbalar va mualliflarning shaxsiy to‘plagan materiallariga asoslangan [21]. Judit Korb termit uyalarining arxitekturadagi xilma-xilligini va murakkab, ixtisoslashgan tuzilmalarni qurishda qo‘llanilgan mexanizmlarni umumlashtirgan [15]. T.R.Hartke va B.Ber olib borgan tahlillar termitlarda poliandriya holati mavjud emasligini, juftlashish parvozi hayotlarining ilk bosqichidayoq sodir bo‘lishini hamda ular bir umrga juftlar hosil qilishini ko‘rsatgan. Urg‘ochi va erkak termitlarning manfaatlari bir-biriga mos keladi, erkaklar tomonidan urg‘ochilar uchun zararli xususiyatlar kuzatilmaydi [11]. Babar Hassan va Muhammad Axirul Nanda hamkorligida termitlar monitoringi hamda ularni aniqlash u
Доказательный фрагмент
«The article discusses the history of the study of termites, their classification, species diversity and degree of harmfulness.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the history of the study of termites, their classification, species diversity and degree of harmfulness. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- termite, Anacanthotermes turkestanicus, A.ahngerianus, A.ochraceous, Captotermes heimi., термит, termit, Psammotermes hypostoma, Amitermes rhizophagus
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026