Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В РАБОТЕ С ОДАРЕННЫМИ УЧАЩИМИСЯ НА УРОКАХ БИОЛОГИИ
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” · Omonqulov Ulug’bek Maxsiddin o‘g‘li · Murodxoʻjayeva Mukambarxon Dilshodxoʻja qizi · Nizomiy nomidagi UZMPU · Xomitboyeva Kamola Orif qizi · Nizomiy nomidagi UZMPU
Универсал международный научный журнал · 2026
Аннотация
This article is about how to effectively use interactive methods in biology lessons in secondary schools. Keywords: Pedagogical technologies, methods, tescor Q & A, work in small groups, “biological dictation”, “Zinama-zina”, “mental attack”, “BBB”, “problem situation”, “role-playing games, “Bingo”, “perception map”, “venn diagram” Kirish. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari va zamonaviy pedagogik texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga yordam beradi. Pedagogikada bunday metod va texnologiyalar juda ko‘p bo’lib, ularni har bir fan va fanning mazmunidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘sishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik guruhlarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, insert, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Misol uchun Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishga yordam beradi. Bu metodning afzalligi shundaki, butun faoliyat o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.[1,2.] Yodimizdan chiqarmasligimiz kerakki barcha pedagogik texnologiyalarning ham o‘qitish meodlarining ham maqsadi darsni samaraliroq va qiziqarliroq tashkil etish hamda o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyati yanada faollashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. 7-11-sinflarda biologiya darslarida biz bir qancha pedagogik texnologiyalar va metodlardan foydalansak bo’ladi. “Biologik diktant”, “Zinama-zina” “Aqliy hujum”, ”Klaster”, ”BBB”, “Davra suhbati”, “Zanjir”, “Rolli o‘yinlar,” Idrok xaritasi”, “Topgan topaloq”, “Insert “, “Kichik guruhlarda ishlash”, kabi bir qancha adu.uz universaljurnal.uz 776 “ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari interfaol metodlardan foydalanish yuqori samara beradi. Quyida shulardan ayrimlari bilan tanishamiz [1]. “Rolli o‘yinlar” usuli - Tabiat jarayonlarini dramatizatsiya qilish orqali iqtidorli o‘quvchilarni biologiya faniga yanada qiziqtirish mumkin. Masalan, “O‘simliklarning changlanish jarayoni” mavzusida o‘quvchilar o‘simlik, hasharot va shamol rollarini bajarib, bu jarayonni amalda ko‘rsatishi mumkin. Tabiatda har bir tirik organizm o‘z vazifasiga ega. O‘simliklarning changlanish jarayoni esa tabiat muvozanatini saqlab turadigan muhim biologik jarayonlardan biridir. Changlanish natijasida o‘simliklar urug‘ hosil qiladi va ko‘payadi. Bu jarayon shamol, suv, hasharotlar, qushlar yoki boshqa hayvonlar yordamida sodir bo‘ladi. O‘quvchilar bu jarayonni kitoblardan o‘qish orqali tushunishlari mumkin, ammo uni jonli tajriba orqali o‘rganish yanada samarali bo‘ladi. Shu sababli, darsda “Rolli o‘yinlar” metodidan foydalanamiz. Bu usul orqali o‘quvchilar changlanish jarayonining ishtirokchilari bo‘lib, biologik jarayonni bevosita o‘zlari gavdalantiradilar. ”Atamalar zanjiri”. Bu metod orqali o‘quvchilarning qanchalik zukkoligi, teskor fikrlay olish qobilyati, aytilgan ma’lumotlarni eslab qola olishqobilaytlari va fanga bilishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish va tekshirish mumkin Bu metodda o‘quvchilar 3 guruhga bo‘linadi. Har bir guruhdan navbat bilan bittadan vakil chiqadi. Har bir jamoadan chiqqan vakillar o‘tilgan mavzu doirasidagi atamalarni navbatma-navbat aytishadi. To‘xtab qolgan o‘quvchining guruhi yutqazgan hisoblanadi. “Har kim – har kimga oʻrgatadi” metodi. Ushbu metod sinfdagi iqtidorli o‘quvchilarning oʻrgatuvchiga aylanishidir, ya’ni ma’lum bilimlarni oʻzlashtirgach, o‘z tengqurlari bilan baham koʻrish imkonini beruvchi oʻqitish uslubidir[1,5.]. Bu metodning maqsadi oʻquvchilarga oʻqitish jarayonida zarur boʻlgan axborot maksimumini berish, ayni paytda o‘z tengqurlaridan o‘quvchida axborot olish yoki ularga berishga qiziqish uygʻotishdir. Shuningdek axborot hajmini olgan o‘quvchi ma’lum vaqt davomida uni iloji boricha koʻproq oʻrtoqlariga yetkazadi. ”Venn diagrammasi” Bu metod o‘quvchilar o‘tilgan mavzularni mustahkamlash ikki-uch yoki undan ham ko‘proq mavzularni bir vaqtning o‘zida o‘zaro taqqoslab ular o‘rtasidagi o‘xshashlik, farqlar va bogliqliklarni bilish imkonini yaratadi. Misol uchun o‘quvchilarga diagramma ko‘rinishi chizilgan qog‘oz tarqatiladi yoki doskaga chiziladi. Diagramma ichiga ikki o‘simlikning yoki ikki hayvonning nomi yoziladi yoki oila, turkumlarni ham yozish mumkin. O‘quvchilar diagrammaning alohida qismiga farqli jihatlarni, k
Доказательный фрагмент
«This article is about how to effectively use interactive methods in biology lessons in secondary schools.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is about how to effectively use interactive methods in biology lessons in secondary schools. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pedagogical technologies, methods, tescor Q & A, work in small groups, «Ролевая игра», “Rolli o‘yinlar, «Карта восприятия», “venn diagrammasi”, «Биологический диктант», “BBB”, обратный вопрос-ответ, “Bingo”, «Проблемная ситуация», “Idrok xaritasi”, “Aqliy hujum”, Методы, “Klaster”, «БББ», «Кластер», teskor savol-javob, «Мозговой штурм», “Muammoli vaziyat”, reverse question and answer, «Диаграмма Венна», «Пошагово», работа в малых группах, “Biologik diktant”, «Бинго», Pedagogik texnologiyalar, Педагогические технологии, Metodlar, “Zinama-zina”, kichik guruhlarda ishlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024