Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIGA MOSLASHGAN DARAXTLAR
UZBEKISTAN” JURNALI · QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIGA MOSLASHGAN · Ametova Sapargul Berdimuratovna. q.x.f.f.n · Yo‘ldoshova Dilnoza Bahodir qizi (Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti) · Ametova Sapargul Berdimuratovna (Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti) · Yuldoshova Dilnoza Bahodir kizi (Karakalpakstan Institute of Agriculture and Agrotechnologies)
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
This work analyzes tree species adapted to the climatic and soil conditions of Karakalpakstan. The main trees that are resistant to growing in the arid and saline soil environment prevailing in the region - saxaul, jujube, alder, black pine, maple, poplar, and acacia - have been studied. These trees are of great importance for ensuring environmental sustainability, combating desertification and wind erosion, soil stabilization, as well as for shade and landscaping. The study highlights the ecological characteristics, growing conditions, and practical benefits of each tree species, and also provides recommendations for their planting and care in the territory of Karakalpakstan. Keywords: drought-resistant trees, saxaul, oleaster, alder, black pine, saline soil, ecological sustainability, combating desertification, wind erosion, green areas, reclamation, climate-adapted plants, environmental restoration Kirish: Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning eng katta hududiga ega bo‘lgan mintaqalaridan biri bo‘lib, o‘ziga xos iqlimiy va geografik sharoitlarga ega. Mintaqada yoz oylarida havo juda issiq va quruq, qish oylarida esa sovuq bo‘lib, yog‘ingarchilik miqdori juda kam. Shuningdek, ko‘plab hududlarda tuproqlar sho‘rlangan va qumli bo‘lib, bu yerda qishloq xo‘jaligi va o‘simliklar yetishtirishda muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi. Bunday murakkab ekologik sharoitlarda tabiiy muhitni asrash, eroziyaga qarshi kurashish, cho‘llanish jarayonini sekinlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish uchun qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamli daraxt turlarini tanlab ekish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ishda Qoraqalpog‘iston sharoitiga eng yaxshi moslasha oladigan daraxt turlari, ularning biologik va ekologik xususiyatlari hamda hududda ularni samarali ekish va parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar ko‘rib chiqiladi. 175 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Materiallar va metodlar: Ushbu tadqiqotda Qoraqalpog‘istonning tabiiy- iqlimiy sharoitlari, tuproq tarkibi, o‘simliklar dunyosi hamda mintaqada cho‘llanish jarayoni bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar, statistik ma’lumotlar va ekologik monitoring hisobotlari asos qilib olindi. Tadqiqot materiallari sifatida quyidagi manbalar tahlil qilindi: Qoraqalpog‘istonning turli tabiiy zonalaridagi tuproq va iqlim ma’lumotlari (Amudaryo bo‘yi, Orolbo‘yi, Mo‘ynoq tumani, Nukus atrofi ) Ekolog olimlar tomonidan ilgari taklif etilgan mos daraxt turlari to‘g‘risidagi ilmiy maqolalar va tavsiyalar Hududiy ko‘kalamzorlashtirish va rekultivatsiya loyihalari tajribalari Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: Analitik metod – mavjud adabiyotlar, ilmiy maqolalar va statistik hisobotlar asosida mos daraxt turlarining o‘sish sharoitlari va xususiyatlari o‘rganildi. Komparativ (taqqoslash) metod – turli daraxt turlarining qurg‘oqchilik, sho‘r tuproqqa chidamliligi va ekologik foydasi solishtirildi. Ekologik baholash metodikasi – daraxtlarning cho‘l zonalaridagi ekologik funksiyalari (eroziyaga qarshi, shamolni to‘suvchi, rekultivatsiya qilishdagi roli) aniqlanib, ularning afzalliklari baholandi. Mintaqaviy kuzatuvlar va tajribaviy ma’lumotlar – mahalliy aholining tajribasi, ko‘chat ekish ishlari bo‘yicha amaliy kuzatuvlar asosida umumlashtirildi. Adabiyotlar sharhi: Qoraqalpog‘iston ekologik jihatdan murakkab hududlardan biri hisoblanib, bu yerda ko‘p yillardan buyon cho‘llanish, sho‘rlanish va yer degradatsiyasi jarayonlari kuzatilmoqda. Shu sababli, mintaqada qurg‘oqchilikka va sho‘r tuproqqa chidamli daraxtlarni tanlab ekish bo‘yicha ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilgan. Akademiklar A.S. Sagdullayev va G. Raximovlarning cho‘l hududlarida o‘suvchi o‘simliklar haqidagi tadqiqotlarida saksaul (Haloxylon spp.), qandim (Calligonum spp.) va boshqa cho‘l o‘simliklarining ekologik funksiyalari chuqur tahlil qilingan. Bu manbalarda ushbu daraxtlarning shamol eroziyasiga qarshi kurashda, tuproqni mustahkamlashda va bioxilma-xillikni saqlashdagi roli alohida ta’kidlangan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Ekologiya instituti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda jiyda (Elaeagnus angustifolia) va akatsiya (Robinia pseudoacacia) daraxtlarining sho‘rlangan va qumli yerlarda yetishtirish 176 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 texnologiyalari o‘rganilgan. Ular ushbu daraxtlarning ildiz tizimi orqali azotni bog‘lab, tuproq sifatini yaxshilash xususiyatlarini qayd etgan. FAO va GEF kabi xalqaro tashkilotlarning Orolbo‘yi ekologik tiklash bo‘yicha hisobotlarida bioxilma-xillikni tiklash va barqaror yashil zonalarni shakllantirishda mahalliy va introduksiya qilingan daraxt turlarining roli muhim deb baholangan. Ayniqsa, Orol dengizi qurigan hududlarida saksaulzorlar barpo etish loyihalari natijalari samarali deb topilgan. Natijalar: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Qoraqalp
Доказательный фрагмент
«This work analyzes tree species adapted to the climatic and soil conditions of Karakalpakstan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis work analyzes tree species adapted to the climatic and soil conditions of Karakalpakstan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- drought-resistant trees, saxaul, oleaster, alder, black pine, saline, rekultivatsiya, cho‘llanishga qarshi kurash, qandim, qora qarag‘ay, ekologik barqarorlik, yashil hududlar, iqlimga mos o‘simliklar, tabiiy muhitni tiklash, shamol eroziyasi, qurg‘oqchilikka chidamli daraxtlar, saksaul, jiyda, sho‘r tuproq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024