Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSIQASHUNOSLIKDA IBN SINONING O‘RNI
UZBEKISTAN” JURNALI · Toshboyeva M. · O‘rta asrlar (Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek Milliy Musiqa San’ati Instituti) · Zokirjon Oripov (Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek Milliy Musiqa San’ati Instituti)
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada buyuk alloma Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) ning musiqashunoslik sohasiga qo‘shgan ilmiy hissasi har tomonlama tahlil qilinadi. Ibn Sino — o‘z davrining mashhur tabibi, faylasufi, mantiqchisi va matematik bo‘lishi bilan birga, musiqa nazariyasini ham chuqur o‘rgangan va bu sohada izchil asarlar yozgan. U musiqani matematik fanlar qatoriga kiritib, tovushlar tabiati, ularning nisbatlari, garmoniyasi, musiqaning ruhiyatga ta’siri, cholg‘u asboblari va ularning tabiati haqida ilmiy-nazariy mulohazalar bildirgan. Ayniqsa, u Pifagor va Forobiy ta’limotlarini rivojlantirib, musiqaga falsafiy va estetik yondashuvni boyitgan. Maqolada Ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari, tarixiy manbalarda saqlanib qolgan risolalari, shuningdek uning musiqiy merosining O‘rta Osiyo va butun dunyo musiqashunosligiga ta’siri haqida muhim dalillar keltiriladi. Unga oid risolalarni o‘rganib chiqqan zamonaviy tadqiqotchilar, xususan Zokirjon Oripovning yondashuvlari ham maqolada tahlil etiladi. Ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarbdir. Kalit so‘zlar: Ibn Sino, musiqa nazariyasi, maqom, g‘ijjak, musiqashunoslik, O‘rta asrlar, Pifagor, Forobiy, Zokirjon Oripov Kirish: Toshboyeva M. O‘zbekiston milliy musiqa madaniyati – xususan, maqom san’ati – chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, uning shakllanishi va rivojlanishida ko‘plab buyuk mutafakkirlar o‘z hissasini qo‘shgan. Ular orasida Abu Ali ibn Sino alohida o‘rin egallaydi. Ibn Sino ilm-fanning deyarli barcha sohalarida iz qoldirgan qomusiy shaxs bo‘lishi bilan birga, musiqa sohasida ham chuqur tadqiqotlar olib borgan. Asosiy qism: Faqat sog‘lom ruhiyat-salomatlikni kafolatlaydi. Abu Ali Ibn Sino Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarimizdan biri hisoblanadi. Ibn Sino O‘rta Osiyolik buyuk qomusiy olim bo‘lib, u o‘z zamonasida nafaqat tabobatda balki falsafa, musiqa va mantiq kabi sohalarda ham eng bilimdon shaxslardan biri bo‘lgan. Shu asnoda biz bugungi kunda 125 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Ibn Sinoning fan va ta’lim yo‘lida ilgari surgan ta’limotlarini o‘qib o‘rganamoqdamiz va bu ta’limotlar tajriba sifatida qo‘llanilmoqda. So‘z boshida buyuk alloma hayoti haqida qisqacha ma’lumot keltirmoqchiman. Manbalarda keltirilishicha Ibn Sino Buxoroning Afshona ya’ni hozirgi Isfana qishlogʻida dunyoga kelgan.U besh o‘n yoshlaridan maktabdagi taʼlim oladi va keyinchalik maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdullohdan mantiq, tibbiyot, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini oʻrganadi.Ibn Sino 16 yoshidan boshlab turli fanlar boʻyicha Sharq va Gʻarb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil oʻrgangan. Ayniqsa u tabobat ilmining qadimgi allomalari bo‘lgan Gippokrat va Galen hamda oʻrta asr Sharqining buyuk hakimi va mutaffakiri Abu Bakr ar-Roziyning asarlarini puxta oʻrganib chiqqan. Ibn Sino o‘n yetti yoshidayoq eʼtiborli hakim va olim boʻlib yetishadi. Toshboyeva M. “U Buxoro amiri Nuh ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Kutubxonada u bir yil davomida turli sohalardagi ilmiy asarlarni mutolaa qilib, bilimlarni chuqurlashtiradi. X asr oxiri va XI asr boshlarida Mavarounnahr va Xurosonda yuzaga kelgan ogʻir sharoitda Ibn Sino ona shahri Buxoroni tark etib, avval Urganch shaxrining Xorazmshohi Maʼmun saroyidagi olimlar qatoridan o‘rin egallagan. U umrining ohirigacha ko‘plab shaxarlarida hukmdorlar qoʻl ostida tabiblik va vazirlik qiladi” [10.20-bet.] Nazariy nuqtai nazardan olib qaraydigan bo‘lsak Ibn Sino oʻrta asr anʼanalariga koʻra musiqani “Matematik bilimlar” toifasiga kiritgan va u musiqaga tovushlarni oʻrganuvchi hamda ularning mutanosib joʻrligi natijasida kuy hosil boʻluvchi fan deb qaragan edi. U Pifagor taʼlimotidan kelib chiqqan holda, “Musiqa sonlarga tegishli va ular bilan uzviy bogʻliqdir” deb bilgan. Ibn Sino tarixda birinchi boʻlib musiqaga faqat matematik fan emas, balki jamiyatshunoslik, psixologiya, poetika, etika va fiziologiya nuqtai nazaridan ham qarab olgan bo‘lib, musiqa tarixiga puxta ilmiy tayanchni asoslab bergan edi. Ibn Sino ilm-u tashviqot ishlarida tovushdan tortib to murakkab tuzilmlargacha ko‘rib izlanishlar olib boradi. Bu orada Ibn Sino Aristotel an’analarining davomchisi bo‘lib, nafaqat musiqa balki she’riyat masalalarini davom ettirgan donishmanlardan biri. U she’riyat va musiqa orasida eng katta ko‘prik bu “Vazn” ekanligini manbalarda qayd qilib o‘tgan. Bu bilan u bu barcha unsurlar uyg‘unlashuvi muammolariga ham alohida e’tibor qaratgan hamda she’riyat va musiqa asari mukammalligining eng muhim shartlaridan biri ushbu unsurlar deb hisoblagan. Ibn Sino musiqa cholg‘ularini ham ishtiyoq bilan o‘rgangan. E’tiborli tomoni shundaki, Ibn Sino odam ovozini eng mukammal asbob 126 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Fa
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada buyuk alloma Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) ning musiqashunoslik sohasiga qo‘shgan ilmiy hissasi har tomonlama tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada buyuk alloma Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) ning musiqashunoslik sohasiga qo‘shgan ilmiy hissasi har tomonlama tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- g‘ijjak, Forobiy, O‘rta asrlar, musiqa nazariyasi, maqom, Zokirjon Oripov, Pifagor, Ibn Sino, musiqashunoslik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024