К содержанию
РецензированоEN2025

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KOGNITIV RIVOJLANTIRUVCHI FAOLIYATIGA TARBIYACHINING POLIFUNKSIONAL YONDASHUVI

UZBEKISTAN” JURNALI · RIVOJLANTIRUVCHI FAOLIYATIGA TARBIYACHINING · POLIFUNKSIONAL YONDASHUVI

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

This article discusses methods for improving the multifunctionality and creativity of educators in organizing children's cognitive and intellectual development activities in preschool educational organizations, as well as tasks that serve as the basis for the formation of different approaches in future educators. Key words: cognitive ability, creativity, multifunctionality, developmental environment, youth psychology, acceleration, creativity, ability, knowledge, cognition. Kirish: Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlarida tarbiyachi-pedagoglarimizga qo‘yilayotganlar talablar, bolaning rivojlanishi, tarbiyalanishi va davlat standarti talablariga, hamda tizimda amaliy jarayonga tadbiq etilayotgan o‘quv dasturlariga muvofiq faoliyatni tashkil qilish, shuningdek, jarayon bilan bog‘liq turli masala va muammolarning pedagoglar faoliyatiga salbiy ta’sirlari albatta diqqatimizni tortadi. Negaki tarbiyachining kun davomida ertalabki qabul jarayonlaridan tortib bolani kuzatishgacha bo‘lgan davrdagi barcha faoliyatlari kun tartibi rejasiga muvofiq amalga oshirilib, bu vaqtda tarbiyachining guruhdagi barcha bolalarda deyarli bir xilda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish jarayoni kutilgan natijani beravermaydi. Bunday vaziyatdan kelib chiqqan holda, tarbiyachiga faoliyatga nisbatan ijodiy, polifunksional (rivojlantiruvchi muhitning 136 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 turli tarkibiy qismlaridan xilma- xil foydalanish)1 yondashish talab qilinadi. Buning uchun bola tarbiyalanayotgan, rivojlanayotgan ijtimoiy muhit, faoliyat bilan bog‘liq barcha jarayonlar uchun sharoit yetarli darajada bo‘lishi muhim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar bilish, aqliy rivojlantish faoliyatini tashkil qilishda tarbiyachining ko’p funksiyalilik, kreativlik yondashuvini takomillashtirish usullari hamda bo’lajak tarbiyachilarda turli yondashuvlarni shakllantirish uchun asos bo’lib hizmat qiluvchi vazifalar yoritilgan. Bilish jarayonini rivojlantirishning maktabgacha yoshdagi bola uchun ahamiyati quyidagilardan iborat:  Idrokning rivojlanishi bola psixikasining umumiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Usiz bolaning xotirasini, tafakkurini, tasavvurini shakllantirishning iloji yo‘q. Shu bilan birga, idrokning rivojlanishi maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga borishga tayyorlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.  Tasavvur va fantaziya – hayotimizning eng muhim jihatidir. Bolalarning tasavvuri o‘qitish va tarbiyalashda kompleks yondashuvning zaxiralarini amalga oshirish uchun katta imkoniyat taqdim qiladi.  Maktabgacha yosh davrining boshida bolada sezish, ixtiyorsiz diqqat, predmetni idrok etish, faol nutq kabi bilish jarayonlari shakllangan bo‘ladi, u so‘z boyligiga ega unga aytilgan gaplarni tushunadi. Ushbu yutuqlar tufayli bola atrof olamni faol o‘zlashtira boshlaydi.  Maktab taʼlimi birdaniga o‘qituvchini diqqat bilan tinglay olish, u dars paytida ko‘rsatadigan narsalarni ongli ravishda kuzatish qobiliyati, yangi material haqidagi tushuntirishlarni eslab qolish kabi katta talablarni qo‘yadi. Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘nikmalarning yetarlicha shakllanmasligi parishonxotirlik, xotira pastligi va sabrsizlikka sabab bo‘lishi mumkin. Bunday sifatlarga ega bolalar maktab dasturini yaxshi o‘zlashtirmaydi, tartib-intizomni buzadi, tez charchaydi, eʼtiborsiz bo‘ladi, oson chalg‘iydi, diqqatini yaxshi jamlay olmaydi.  Kognitiv ko‘nikmalar rivojlanishi bilan bolalar o‘z harakatlarini nazorat qilish qobiliyatini egallaydi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi. Takomillashtirilgan ikkinchi nashr. Toshkent-2022.27-bet. 137 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining asosiy vazifalaridan biri bu faoliyatni qiziqarli tarzda, bolaga tushunarli tashkil qilish hisoblanadi, bola faoliyatining asosiy qismini o‘yinlar tashkil qiladi. Shularga asoslangan holda bolaning tashkilotdagi asosiy faoliyatini bola uchun o‘yin metodidan foydalanib tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda hosil qilingan bilim darajasi uning keyinchalik bilishga bo‘lgan xohishini, qiziqish va ishtiyoqini, intellektini belgilab beruvchi mezon hisoblanadi. Tarbiyachiga qo‘yilayotgan bugungi kunning talabi shuki, zamonaviy texnologiya, metodika, bola uchun qiziqarli o‘yinlardan foydalanish ta’lim- tarbiya samaradorligini ta’minlash, individual ishlash mobaynida pedagogik, hamda oila hamkorligini baravariga olib borish, jamoaviy ishlash texnikasini bolalar umumiy guruhining xohish istaklaaridan kelib chiqqan holda tashkillash yo‘lga qo‘yilishi lozim. Bola erkin faoliyatda giperaktiv, to‘xtovsiz harakat qilsada charchamaydi, ammo uning faoliyatini ma’lum maqsadga muvofiq o‘zgartirish, erkin muhitdan tizimli muhitga o‘tka

Доказательный фрагмент

«This article discusses methods for improving the multifunctionality and creativity of educators in organizing children's cognitive and intellectual development activities in preschool educational organizations, as wel…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses methods for improving the multifunctionality and creativity of educators in organizing children's cognitive and intellectual development activities in preschool educational organizations, as wel… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
cognitive ability, creativity, multifunctionality, developmental, akseleratsiya, yosh psixologiyasi, kognitiv qobilyat, ijodiylik, qobilyat, kreativlik, bilim, bilish., rivojlantiruvchi muhit, polifunksionallik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти