Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TUPROQLARNING SHO’RLANISHI BARTARAF ETISH CHORA-TADBIRLARI
UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 133-138 · 2025
Аннотация
This article presents the levels of soil salinity, causes and factors affecting the increase in soil salinity, as well as measures aimed at preventing soil salinity. Key words: salinity, levels of salinity, parent rock, saline leaching, saline leaching, physiological dryness. Kirish: Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko’ra tuproqda 3 asosiy qatlam ajratiladi: A-eng ustki gumus (chirindi)li qatlam; B- yuqori qatlamdan mineral va organik birikmalar to’planadigan qatlam. C-tuproq vujudga keladigan ona jins qatlami. Tuproqning har bir gorizonti organik va mineral birikmalar aralashmasidan iborat. Tuproq tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo’lib, o’zgaruvchan dinamik hosiladir. Yer yuzi turli qobiqlari o’rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi. Inson tuproqlarga ijobiy va salbiy ta’sir ko’rsatadi. Inson tuproqlarning hosildorligini oshirishi, yerlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shuning bilan birga shahar qurilishi, atrof muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo’q qilinishi, yaroqsiz holga kelishi, yemirilishi mumkin. Hozirgi kunda tuproqlar maydonining kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq, amalga oshmoqda. Sho'rlangan tuproq hosil bo'lishi er osti suvlari va jinslarda tuzlarning to'planishi va ularning tuproqlarda to'planishi uchun qulay shart-sharoitlar bilan bog'liq. Tog' jinslarining parchalanishi paytida sezilarli miqdorda tuzlar hosil bo'ladi. Quruqlikdan okeanga tez eriydigan tuzlarning yillik oqimi 2735 million tonnani 62 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 tashkil etadi, har yili 1 milliard tonnaga yaqin tuzlar qit'alarning yopiq hududlariga kiradi. Tuproqlarning sho’rlanish darajalari 2 xil bo’ladi: 1) birlamchi sho’rlanish; 2) ikkilamchi sho’rlanish. Birlamchi sho’rlanish bu tuqroqlarning ona jinsi tarkibida mavjud bo’lgan tuz miqdori. Ikkilamchi sho’rlanish – atrof-muhitda yuz beradigan turli antropogen omillar ta’sirida tuqroq tarkibidagi tuz miqdorining ortishi. Sug’oriladigan dehqonchilik rayonlarida tuproqlarning sho’rlanishi asosiy ekologik muammolardan hisoblanadi. Tuproqlarning sho’rlanishisug’orishni noto’g’ri olib borganda yer osti suvlari sathining ko’tarilishi natijasida ro’y beradi. Birlamchi va ikkilamchi sho’rlanish kuzatiladi. Ikkilamchi sho’rlanishda suv kappilyarlar orqali ko’tarilib tuzi tuproqda qoladi yoki ortiqcha sug’orish natijasida yer osti suvlari erigan tuzlar bilan sho’rlanadi. Ikkilamchi sho’rlanish tuproqlarga ko’proq zarar yetkazadi. Tuproqning sho‘rlanishi ta’siri ostida o‘simliklarda fotosintez va nafas olish intensivligi sezilarli darajada kamayadi, modda almashinuvi susayadi. Tuproqning sho‘rlanish darajasi ortishi bilan quruq modda kamroq to'plana boshlaydi. Tuproqning sho'rlanish darajasi ortishi bilan o'simliklar o’sish davridagi umumiy suv sarfi kamaya boradi. Shu bilan birga maydon birligiga to‘g'ri keladigan o'simlik soni ham kamayadi. Tuzlarning o‘simlik suv rejimiga zararli ta'siri urug‘ unib chiqqan paytdan boshlanadi. Tuproq sho'rlangan bo’lsa. Urug’larning nam tortishi juda sekinlashadi. Urug' namligi yaxshi unib chiqish uchun zarur bo’lgan darajasiga ko‘tarila olmavdi. Shu sababli urug'ning unib chiqishi ancha sekinlashadi yoki butunlay unib chiqmaydi. Tuproqning sho'rlanish darajasi ortishi bilan tuproq eritmasining osmotik bosimi o‘simlik ildizining so'rish kuchidan ortib ketadi. Shu sababli o‘simliklarning suv ichishi qiyinlashadi, tuproqda fiziologik quruqlik deb ataladigan sharoit vujudga keladi. Bunda tuproq nam bo’lishiga qaramasdan o‘simlik yetarlicha suv iste'mol qila olmaydi. Natijada uning o'sish darajasi yomonlashadi, rivojlanishi sekinlashadi. Tuproqning sho‘rlanishi qishloq xo'jaligi o'simliklarining ildiziga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Tuproqning pastki qavatida tuz zonasi ko'p bo'lsa, ildizni chuqurlashishi 63 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 ancha qiyin kechadi. Tuzlar ayniqsa, normal soda (Na CO ) ildizni o'yib yuboradi. 2 3 Natijada ildiz shilimshiqlanib qorayadi va nobud bo’ladi. Maydonlarning botqoqlanishi va sho'rlanishi ularni qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqsiz qilib qo’yadi. Bizga ma'lumki, sizot suvlarining to’planishi va chiqib keta olmasligi tuproqning sho'rlanishiga yoki botqoqlanishiga sabab bo’ladi. Sho’rlanib qolgan ba’zi yerlar esa qishloq xo'jaligida ishlatilishidan chiqib ketadi. Tabiiyki, sho'rlangan yerlarda qishloq xo'jalik ekinlaridan mahsulot olish uchun. ularga me’yordan 2-3 hissa ortiq sug'orish suvi talab qilinadi. aks holda bu yerda mo'ljallangan hosilning 70- 80% i nobud bo'lishi mumkin. Ma’umki tuproq sho'rini yuvish sho'rlanishning bartaraf etishning eng yaxshi - samarali usulidir. buning
Доказательный фрагмент
«This article presents the levels of soil salinity, causes and factors affecting the increase in soil salinity, as well as measures aimed at preventing soil salinity.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents the levels of soil salinity, causes and factors affecting the increase in soil salinity, as well as measures aimed at preventing soil salinity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- salinity, levels of salinity, parent rock, saline leaching, saline, sho’rlanish, sho’r yuvish, sho'r yuvish, ona jins, sho’rlanish darajalari, fiziologik quruqlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024