К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TASAVVURI VA TAFAKKURINI KENGAYTIRISHDA BADIIY ASARLARNING O‘RNI

UZBEKISTAN” JURNALI · Otabayeva Xusniya Sharofiddin qizi · Отабаева Хусния Шарафиддиновна (Urganch davlat pedagogika instituti)

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

This article discusses the importance and role of reading literary works for elementary school students in the development of imagination and thinking. The role of reading literary works in developing students' thinking abilities is also incomparable. Keywords. Students, thinking, work of art, thinking, imagination, ability, development, knowledge. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash malakalarini, mustaqil ravishda muammolarni hal qila bilish ko‘nikmasini shakllantirish ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo‘lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o‘qib o‘rganiladi. O‘qish darsliklariga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o‘qitiladi. [1] Bu janrdagi asarlarni o‘rganish mobaynida o‘quvchilarning tasavvuri va tafakkuri rivojlanishi bilan birga, o‘z fikrini erkin va ravon tarzda ham ifodalay oladilar. O‘quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiy-estetik tahlil malakasini shakllantirish va o‘stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg‘otadi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z ichiga oladi. Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda o‘z ona tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni ongli o‘qish ko‘nikmasi o‘stiriladi, asar g‘oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o‘quvchilar nutqi rivojlantiriladi. [5] Ushbu ko‘nikmalarni o‘rganish mobaynida so‘z boyligi oshadi. Tasavvur qila olish, ulardagi sifatlarni ajrata olish kabi zaruriy sifatlarga ega bo‘lib boradilar. Boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar ustida ishlash o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga, ularda jonlantirish, o‘xshatish, mubolag‘a kabi adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvur hosil qilishga yordam beradi. O‘qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri uyushtirish uchun o‘qituvchi 76 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ta’limning turli bosqichlarida o‘qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning matnni idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash va bu orqali turli timsol va personajlar yaratish orqali o‘quvchilarga anglashi lozim bo‘lgan qahramonlar ko‘rinishi gavdalantiriladi. O‘quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiy-estetik tahlil malakasini shakllantirish va o‘stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg‘otadi. Asar tahlili o‘qituvchidan o‘quvchilar faoliyatini ma’lum maqsadga yo‘naltirishni taqozo qiladi. Kelajagimiz egalari bo‘lmish bugungi kun yoshlari qalbiga go‘zal fazilatlarni singdirishda adabiyot darslarida o‘rganiladigan badiiy asarlar, jumladan, inson tarbiyasi haqidagi axloqiy, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiy ertaklar chinakam didaktika manbai hisoblanadi. «Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy voqeani yoritish orqali o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. O‘quvchilarning yozuvchi oldinga surgan g‘oya, muammolarni to‘liq tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlarni tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi» [6] Shunday ekan, ushbu vazifalar o‘quvchilarni yangi qahramonlarni, ularning xarakterlarini o‘rgatish, hayotni tasavvur qilishida, qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishlariga chin ma’noda yordamchi bo‘la oladi. O‘quvchilarni kasbga, ijodga yo‘naltirish va ular iqtidorlarini ochish,mustaqil fikrlash va tanqidiy fikrlash kabi murakkab vazifalarni yechishda ham, ushbu darslarning ahamiyati juda katta. O‘quvchilarni badiiy adabiyotlarni tanlash, o‘qish, ularni saqlash va asar ustida ishlash kabi malakalari rivojlantiriladi. Tafakkur jarayoni insonning ruhiyati bilan uzviy bog‘liqlikda kechadi. Fikrlayotgan odamning ichki dunyosi qanchalik boy, dunyoqarashi nechog‘lik keng, bilimi qay darajada chuqur bo‘lsa, fikrlari, xulosalarining saviyasi ham shuncha baland bo‘ladi. Teranlik, tiniqlik, mantiq, erkinlik, mustaqillik, badiiylik, ijodiylik inson tafakkuri darajasini ko‘rsatuvch

Доказательный фрагмент

«This article discusses the importance and role of reading literary works for elementary school students in the development of imagination and thinking.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the importance and role of reading literary works for elementary school students in the development of imagination and thinking. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Students, thinking, work of art, thinking, imagination, ability, badiiy asar, tafakkur, tasavvur, O‘quvchilar, fikrlash, rivojlantirish, bilim., qobiliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники