Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN’IY INTELLEKTNING TA’LIMDAGI ROLI VA ISTIQBOLLARI
Baxodirova Mahliyo Ilhomovna
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim tizimida qo‘llanilishi, ularning asosiy funksiyalari, afzalliklari va yuzaga keladigan muammolari tahlil qilingan. SI yordamida shaxsiylashtirilgan o‘qitish, avtomatlashtirilgan baholash, virtual yordamchilar va til o‘rganish jarayonida erishilayotgan yutuqlar yoritilgan. Shuningdek, maqolada sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha jahon tajribalari va kelajakdagi istiqbollar ham muhokama etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, SI texnologiyalari ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirish salohiyatiga ega bo‘lsa-da, ularni joriy etishda axborot xavfsizligi va pedagogik yondashuvlar muhim omil hisoblanadi. Kalit so’zlar:sun’iy intellekt, ta’lim texnologiyalari, shaxsiylashtirilgan o‘qitish, avtomatlashtirilgan baholash, raqamli ta’lim, innovatsiya, kelajak ta’limi. XXI asrda raqamli transformatsiya har bir sohada sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim tizimiga chuqur kirib bormoqda. Bugungi kunda SI nafaqat texnik, balki gumanitar sohalarda ham samarali qo‘llanilmoqda. Ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, o‘quvchilarga individual yondashuvni ta’minlash va o‘qituvchilarning yukini kamaytirish SI texnologiyalarining asosiy vazifalaridan biridir. Ushbu maqolada SIning ta’limdagi roli, qo‘llanish sohalari, afzalliklari, mavjud muammolar va istiqbollari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekttning ta’lim tizimidagi asosiy roli. Shaxsiylashtirilgan o‘qitish — bu har bir o‘quvchining individual ehtiyojlari, qiziqishlari, bilim darajasi va o‘rganish uslubiga moslashtirilgan ta’lim jarayonidir. Bu yondashuvda barcha o‘quvchilarga bir xil darsni o‘qitish o‘rniga, har biriga mos o‘qitish metodlari, materiallar va temp tanlanadi. Shaxsiylashtirilgan o‘qitishning asosiy xususiyatlari 1. Individual ta’lim yo‘nalishi – har bir o‘quvchi uchun alohida o‘quv rejasi tuziladi. 203 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 2. Moslashtirilgan tezlik – o‘quvchi darslarni o‘ziga qulay tempda o‘zlashtiradi. 3. O‘z-o‘zini baholash va fikr-mulohaza – sun’iy intellekt yoki platformalar real vaqt rejimida o‘quvchiga tavsiyalar va izohlar beradi. 4. Mos kontent tanlovi – o‘quvchining bilim darajasiga mos video, test, matn yoki interaktiv materiallar tanlanadi. 5. Motivatsiyaga asoslangan yondashuv – o‘quvchining qiziqishlari asosida mavzular taklif etiladi, bu esa o‘qishga qiziqishni oshiradi. Sun’iy intellekt har bir o‘quvchining bilim darajasini, o‘rganish uslubini, kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilishi mumkin. Shunga ko‘ra, SI o‘quvchiga aynan uning ehtiyojlariga mos dars materiallarini, mashqlarni yoki tushuntirish usullarini taklif etadi. Bu yondashuv “adaptive learning” deb ataladi va o‘quvchilarning bilimni tezroq va chuqurroq o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.Masalan, Khan Academy yoki Coursera kabi platformalar foydalanuvchining faoliyatiga qarab shaxsiy tavsiyalar beradi. Sun’iy intellekt matnli topshiriqlarni, testlarni, esse va hatto og‘zaki nutqni baholay oladi. Bu o‘qituvchining vaqtini tejaydi va baholashdagi insoniy xatolik yoki subyektivlikni kamaytiradi. Afzalliklari: tezkor va doimiy fikr-mulohaza ,ko‘p sonli topshiriqlarni qisqa vaqtda baholash, o’quvchining rivojlanishini real vaqt rejimida kuzatish. Virtual yordamchilar va chatbotlar.O‘quvchilar sun’iy intellekt asosida ishlovchi virtual yordamchilar bilan darsdan tashqari vaqt davomida ham muloqotda bo‘lishlari mumkin. Bu chatbotlar savollarga javob berish, tushunarsiz mavzularni izohlash yoki dars jadvalini eslatish kabi vazifalarni bajaradi. Foydasi: 24/7 yordam olish imkoniyati, o’quvchining mustaqil ta’limga qiziqishini oshiradi ,o’qituvchiga yukni kamaytiradi. Til o’rganishni qulaylashtirish. SI texnologiyalari, xususan, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) orqali til o‘rganishni interaktiv, tushunarli va qiziqarli qiladi. Dastur foydalanuvchining talaffuzini, grammatikasini tahlil qilib, xatolarni ko‘rsatadi va to‘g‘ri variantlarni taklif qiladi. Misollar: Duolingo, Memrise, Google Translate — ularning barchasi SI yordamida ishlaydi. 204 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 O‘quv jarayonini tahlil qilish va prognozlash. Sun’iy intellekt o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ishtiroki, faolligi va topshiriqlardagi natijalar asosida tahlil yuritadi va natijalarni prognoz qiladi. Bu orqali o‘quvchi yoki sinfdagi muammoli holatlar oldindan aniqlanadi va chora ko‘riladi. Foydalari shuki: erta ogohlantirish tizimi, o’qituvchiga individual yondashuv bo‘yicha tavsiyalar, ta’lim samaradorligini oshirish. Ta’lim resurslarini yaratish va moslashtirish. AI yordamida avtomatik tarzda darsliklar, testlar, interaktiv mashg‘ulotlar va animatsiyalar yaratish mumkin. Bundan tashqari, sun’iy intellekt mavjud materiallarni o‘quvchining yoshi, qiziqishi yoki bilim darajasiga qarab soddalashtirishi yoki murakkablashtirishi mumkin. Nutqni tanish
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim tizimida qo‘llanilishi, ularning asosiy funksiyalari, afzalliklari va yuzaga keladigan muammolari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim tizimida qo‘llanilishi, ularning asosiy funksiyalari, afzalliklari va yuzaga keladigan muammolari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kelajak ta’limi., shaxsiylashtirilgan o‘qitish, innovatsiya, sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan baholash, raqamli ta’lim, ta’lim texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025