К содержанию
РецензированоUZ2024

IQTISODIY INQIROZLARNING NAZARIY ASOSLARI: SABABLARI VA TURLARI

Moyliyev Elyor Baxtiyorovich · Narzullayeva Maftuna Fayzullo qizi

Журнал универсальных научных исследований · 1 · 2024

Аннотация

O‘zbek tilida Maqolada iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi nazariy omillar yoritilgan. Unda turli iqtisodiy maktablarning qarashlari asosida inqiroz tushunchasi, uni keltirib chiqaradigan omillar hamda inqirozlarning turlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tarixiy tajribalar orqali inqirozlarning qanday shakllarda namoyon bo‘lishi va ularning iqtisodiy tizimlarga ta’siri tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Iqtisodiy inqiroz, inqiroz sabablari, inqiroz turlari, iqtisodiy nazariyalar, iqtisodiy sikl, makroiqtisodiy omillar, moliyaviy beqarorlik, ichki va tashqi omillar, tarixiy tajriba, iqtisodiy tizimlar barqarorligi In English The article presents a theoretical overview of the causes behind economic crises. It reflects on various schools of economic thought to explain what constitutes a crisis, explores the range of factors contributing to it, and classifies its types. Drawing on historical insights, it illustrates how crises manifest in practice and influence economic systems. Keywords: Economic crisis, causes of crisis, types of crisis, economic theories, business cycle, macroeconomic factors, financial instability, internal and external factors, historical experience, stability of economic systems. На русском языке В статье даётся теоретический обзор причин экономических кризисов. На основе разных экономических школ рассматриваются природа кризиса, его основные 214 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 движущие факторы и разновидности. Через исторический опыт анализируются формы проявления кризисов и их влияние на экономические структуры. Ключевые слова: Экономический кризис, причины кризиса, виды кризисов, экономические теории, экономический цикл, макроэкономические факторы, финансовая нестабильность, внутренние и внешние факторы, исторический опыт, устойчивость экономических систем. Iqtisodiy inqirozlar insoniyat tarixida deyarli har bir bosqichda takrorlanib kelayotgan murakkab va ko‘p qirrali jarayonlardan biridir. Ular nafaqat iqtisodiy o‘sish sur’atlariga, balki siyosiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Har bir inqiroz ortida turli sabablarga ega bo‘lgan iqtisodiy muvozanatsizliklar yotadi. Mazkur mavzuni o‘rganish nafaqat hozirgi zamonaviy iqtisodiy muammolarni tushunishga, balki ularning oldini olish yoki oqibatlarini yumshatishga doir samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi. “Iqtisodiy inqiroz” tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak turli adabiyotlarda va turli iqtisodchilar tomonidan turlicha talqin qilingan. Jumladan, inqirozning o’ziga O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasida quyidagicha izoh berilgan: “Inqiroz — taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday obyekt o‘zining rivojlanishi mobaynida paydo bo‘lish, ulg‘ayish, pasayish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi. Har qanday tizim (obyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga o‘tish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondashish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil ro‘y beradi, ba’zan esa hammasi kompleks tarzda baravar bo‘ladi. Bunday holda jamiyatning umumiy iqtisodiy inqirozi boshlanadi”1. Tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy inqirozlar masalasiga yondashuvlar har doim bir xil bo‘lmagan. Har bir davr iqtisodchilari o‘z zamonasining ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlariga qarab bu hodisani turlicha talqin qilganlar. Fransuz mutafakkiri Pierre Le Pesant de Boisguilbert (1646–1714) esa bu borada ilk sistematik yondashuvlardan birini taklif etgan iqtisodchilardan biridir. U iqtisodiy muammolarni 1 O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashri “I” harfi 245- bet 215 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 faqat statistik raqamlar yoki qisqa muddatli omillar bilan izohlash o‘rniga, masalaga chuqurroq – tizimli va institutsional yondashgan. Boisguilbert fikricha, iqtisodiy inqirozlarning ildizi davlatning haddan tashqari aralashuvi va bozor qonuniyatlariga ishonmasligidadir. U erkin bozor mexanizmlari, raqobat va narxlar muvozanatini iqtisodiy barqarorlikning asosi deb biladi. Aynan shu asosda u iqtisodiy inqirozlarni sun’iy cheklovlar, ortiqcha soliqlar va markazlashgan boshqaruvning oqibati sifatida izohlaydi. Uning eng muhim asari — “Le Détail de la France” (1695) — da quyidagicha ta’rif keltiriladi: “Davlat ortiqcha soliqlar va nojo‘ya tartiblar orqali bozorning tabiiy harakatini to‘xtatmoqda. Agar dehqon ishlab chiqarishda manfaat topmasa, butun jamiyat ochlikka yuz tutadi.” (Boisguilbert, 1695)2. XX asrda kapitalistik dunyoning ko’lami jihatidan eng yirik hisonlangan inqiroz – Buyuk dipressiyani tushuntiruvchi zamonaviy makroiqtisodiyotni 1930 yillarda fan darajasiga olib chiqqan va o’z navbatida, biznes sikllarining zamonaviy nazariyasiga salmoqli hissa qo’shgan iqtisodchi olim J.M.Keyns hisoblanadi. Bu paytda, 1929

Доказательный фрагмент

«O‘zbek tilida Maqolada iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi nazariy omillar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbek tilida Maqolada iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi nazariy omillar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Economic crisis, causes of crisis, types of crisis, economic theories, business, Iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy tizimlar barqarorligi, ichki va tashqi omillar, inqiroz sabablari, iqtisodiy nazariyalar, makroiqtisodiy omillar, inqiroz turlari, tarixiy tajriba, iqtisodiy sikl, moliyaviy beqarorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники