Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ HIKOYALARI TARJIMASIDA YO‘L QO‘YILADIGAN XATOLAR
Matchanova Mohinur Otabek qizi · Otaxonova Gulasal Boboxon qizi (Urganch Innovation University, o‘zbek va xorijiy Filologiyasi kafedrasi,)
Журнал универсальных научных исследований · 2024
Аннотация
В настоящее время в результате интереса наших студентов к мировой литературе многие зарубежные литературы переводятся на разные языки, при етом в процессе перевода допускаются многочисленные ошибки. В этой статье есть позднее обьяснение ошибок, которые допускаются в процессе перевода внглийских рассказов на узбекский или другие языки. Ключевые слова: Симпатия, комплекс, коннотация, перевод, идиома, фразеология, контекст 85 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 Ingliz hikoyalarini tarjima qilish jarayonida turli xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bu kamchiliklar hikoya tilini tushinarli bo‘lishiga halaqit beribgina qolmay, asosiy mazmun mohiyatni ham yo‘qqa chiqarishi mumkin. Quyida eng keng tarqalgan xatolar va ularning sabablari haqida ma’lumot berib o‘tiladi: 1. Lug‘aviy xatolar Lug‘aviy xatolar tarjima jarayonida eng ko‘p uchraydigan kamchiliklardan biri bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi: a. So‘zlarning noto‘g‘ri ekvivalentini tanlash Ba’zan tarjimon ingliz tilidagi so‘zning noto‘g‘ri sinonimini tanlaydi yoki unga mos kelmaydigan, muqobil bo‘la olmaydigan so‘zlardan foydalanadi. Misol uchun, “Sympathetic”1 – “rahmdil degan ma’noni bildiradi, lekin ba’zan “simpatiya” deb noto‘g‘ri tarjima qilinadi. “Complex” – “murakkab” degan ma’noni bildiradi, lekin “kompleks” deb noto‘g‘ri tarjima qilinishi mumkin. b.So‘zma-so‘z tarjima qilish Ba’zi so‘z yoki iboralarni so‘zma-so‘z tarjima qilish matnning mantiqiy bog‘liqligini buzadi. Ingliz tili turli xil iboralar, frazalar, frazali fe’llar va shunga o‘xshash qo‘shma so‘zlarga boy bo‘lib, ularni ayrim tarjima qilish matn mazmunining buzilishiga olib keladi. “Make up one’s mind”2 – “qaror qabul qilish” degani, lekin so‘zma-so‘z “o‘z fikrini yaratish” deb tarjima qilinsa, ma’no yo‘qoladi. “Time flies”3 - “vaqt tez o‘tadi” deb tarjima qilinishi kerak, lekin so‘zma-so‘z “vaqt uchadi” desak, tushunarsiz bo‘lib qoladi. c.Ko‘p ma’noli so‘zlarni noto‘g‘ri ishlatish Ko‘p ma’noli so‘zlarning qaysi kontekstda qanday tarjima qilinishini tushunmaslik muammolarni keltirib chiqaradi. Ba’zida shunday holatlar bo‘ladiki, biror bir so‘z o‘zi alohida qo‘llanilsa boshqa ma’no, fraza yoki qo‘shma so‘zlar tarkibida qo‘llanilsa boshqacha ma’no hosil qiladi. “Light” so‘zi “yorug‘lik”, “yengil” ma’nolariga ega. Agar “light food”4 iborasini “yorug‘ taom” deb tarjima qilsak, bu noto‘g‘ri tarjima hisoblanadi. To‘g‘ri tarjima – “yengil taom”. d.So‘zlarning qo‘shimcha ma’nolarini e’tiborga olmaslik 1 Oxford Dictionary – 2024 – feeling, showing, or expressing sympathy 2 Oxford idioms dictionary – To make a firm decision after considering different options. 3 BBC Learning English - Time seems to go by very fast, especially when you are busy or enjoying yourself. 4 BBC Learning English - It means food that is easy to digest, not heavy or greasy, and usually low in fat and calories. 86 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6 Ba’zi so‘zlarning konnotatsiyasi (qo‘shimcha ma’nosi) mavjud bo‘lib, tarjima qilayotganda buni hisobga olish kerak.“Childish” va “childlike” so‘zlari ikkalasi ham “bolalarga xos” degan ma’noni bildiradi, lekin “childish” – salbiy ohangda (nodonlik, beg‘amlik), “childlike” esa ijobiy ohangda (soda, samimiy) ishlatiladi. e.Sinonimlarni noto‘g‘ri tanlash Ingliz tilida bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlar ko‘p, lekin ularni noto‘g‘ri almashtirish tarjimaning sifatsiz bo‘lishiga olib keladi. “Job” va “work” ikkalasi ham “ish” degan ma’noni bildiradi, lekin “job” – aniq kasb yoki lavozimni anglatadi, “work” esa umumiy ish jarayonini bildiradi. Lug‘aviy xatolarni oldini olish uchun tarjimon so‘zlarning kontekstdagi ma’nosini to‘g‘ri tushunishi, sinonimlar va ko‘p ma’noli so‘zlarni yaxshi bilishi, shuningdek, so‘zma-so‘z tarjimadan qochishi kerak. 2. Idiomalar va frazeologizmlarni noto‘g‘ri tarjima qilish Ingliz tilida ko‘p uchraydigan idiomalar va iboralar bevosita tarjima qilinsa, noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘lishi mumkin. Idiomalar va frazeologizmlarni noto‘g‘ri tarjima qilishga quyidagi asosiy xatolar kiradi: 1.So‘zma-so‘z tarjima qilish Ko‘pgina idiomalar va frazeologik birikmalarni bevosita tarjima qilish natijasida ularning haqiqiy ma’nosi yo‘qoladi.“Break a leg”5 – “Omad tilayman” degani, lekin uni so‘zma- so‘z “Oyog‘ingni sindir” deb tarjima qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. “Hit the sack” – “Uxlash uchun yotmoq” degani, lekin so‘zma-so‘z “Xaltani ur” deb tarjima qilinsa, tushunarsiz bo‘lib qoladi. 2.Kontekstga mos kelmagan tarjima Ba’zan tarjimonlar idiomaning to‘g‘ri ma’nosini bilib turib, uni noto‘g‘ri joyda ishlatishadi, bu esa mantiqiy xatoga olib keladi. “Spill the beans”6 – “Sirni oshkor qilish” degani. Agar bu iborani “loviya to‘kmoq” deb tarjima qilsak, o‘quvchi uni tushunmaydi. “Let the cat out of the bag”7 – “Sirni oshkor qilish” degan ma’noni bildiradi, lekin “Sumkadan mushuk chiqarmoq” deb tarjima qilinsa, noto‘g‘ri bo‘ladi. 3.Idiomani to‘g‘ri ekvivalent bilan almashti
Доказательный фрагмент
«В настоящее время в результате интереса наших студентов к мировой литературе многие зарубежные литературы переводятся на разные языки, при етом в процессе перевода допускаются многочисленные ошибки.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ настоящее время в результате интереса наших студентов к мировой литературе многие зарубежные литературы переводятся на разные языки, при етом в процессе перевода допускаются многочисленные ошибки. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sympathetic, complex, connotation, translation, idiom, phraseology, kompleks, idioma, simpatiya, kontekst., frazeologizm, konnotatsiya, tarjima
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026