Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABU RAYHON BERUNIY VA TABIIY FANLAR RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI
Yusupov Zafarbek Ergash o’g’li
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
В статье рассматривается неоценимый вклад великого ученого Абу Райхана Бeруни в науку, особенно в области естествознания, географии, астрономии, геологии и фармакологии. Подчеркивается, что научные труды Бeруни могут послужить основой для анализа современных экологических проблем. Annotation: The article highlights the invaluable contributions of the great scholar Abu Rayhan al-Beruni to science, particularly in the fields of natural science, geography, astronomy, geology, and pharmacology. It emphasizes that his works can serve as a scientific foundation for analyzing today’s ecological issues. Kalit so‘zlar: Abu Rayhon Beruniy, ekologik tafakkur, tabiatshunoslik, barqarorlik, ekologik tarbiy. Ключевые слова: Абу Райхан Бeруни, экологическое мышление, естественные науки, устойчивое развитие, экологическое воспитание. Keywords: Abu Rayhan al-Beruni, ecological thinking, natural sciences, sustainability, ecological education. Kirish. Abu Rayhon Beruniy – o‘rta asr Sharq ilm-fanining porloq yulduzlaridan biri. U 973-yilda hozirgi Qoraqalpog‘istonda joylashgan Beruniy shahrida tug‘ilgan. Beruniy o‘z davrining yetuk olimlaridan biri bo‘lib, matematika, astronomiya, geografiya, mineralogiya, tibbiyot, tarix va boshqa ko‘plab fanlarda izlanishlar olib borgan. U hayoti davomida 100 dan ortiq ilmiy asarlar yozgan bo‘lib, ularning ayrimlari bugungi kunda ham o‘z ilmiy qiymatini yo‘qotmagan. Abu Rayhon Beruniy – Markaziy Osiyoning faxri, jahon ilm-fani tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega ulug‘allomadir. U faqat nazariy bilim bilan cheklanib qolmagan, balki 22 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hayotiy tajriba va kuzatishlarga asoslangan ilmiy faoliyat yuritgan buyuk olim edi. Uning ilmiy qiziqishlari astronomiya, matematika, fizika, geodeziya, farmakologiya, tarix, etnografiya va tilshunoslik kabi sohalarni qamrab olgan. Beruniyning tajribalari va ilmga yondashuvi bugungi kunda ham zamonaviy fan uchun ibrat bo‘la oladi. Muhokama. Beruniyning ilmiy faoliyati juda keng va xilma xildir. Beruniy yoshligidan ilm-fanga juda qiziqqan. Uning ustozlari orasida mashhur astronom va matematiklar bo‘lgan. U matematika va geometriya asoslarini chuqur o‘rgangan va bu bilimlar asosida keyinchalik tabiiy fanlarda katta yutuqlarga erishgan. Beruniy Yerning shakli, hajmi va aylanishi haqida chuqur tadqiqotlar olib borgan. U o‘sha davrda Yerning aylanishini ehtimol deb hisoblab, bu boradagi fikrlarni ilmiy asoslar bilan izohlab bergan. U Yerning radiusini o‘lchab chiqishga harakat qilgan va bu boradagi hisoblari bugungi zamonaviy natijalarga juda yaqin chiqqan (1). Astronomiya va geografiya sohasidagi yutuqlari. Beruniy eng avvalo astronom sifatida tanilgan. U osmon jismlarining harakati, Quyosh va Oy tutilishlari, yil fasllarining almashinuvi haqida batafsil izlanishlar olib borgan. Uning “al-Qonun al- Mas’udiy” nomli asari 11 jilddan iborat bo‘lib, unda astronomiya va matematika haqidagi juda ko‘p aniq hisob-kitoblar bor (1). U Quyosh yilining davomiyligini 365 kun 5 soat 46 daqiqa deb aniqlagan — bu natija bugungi ilmiy aniqlanishlarga juda yaqin. Beruniy butun hayoti davomida osmon jismlarining harakatini o‘rganishga katta e’tibor qaratdi. U soya ustuni yordamida Quyosh nurlari tushish burchagini o‘lchab, turli joylarda geografik kenglikni hisoblash usulini ishlab chiqdi. Quyoshning eng baland ko‘tariladigan kunlarini aniqlab, yillik kalendarning aniqligini oshirdi. U navro‘z, qishki va yozgi quyosh turg‘unliklarini kuzatib, yillik fasllarni ilmiy asosda aniqladi. Geografiya sohasida esa u “Tahdid nihoyat al-amokin” asarida Yer yuzidagi joylarning kenglik va uzunliklarini hisoblab chiqadi. U tog‘ cho‘qqisidan pastlikdagi joygacha bo‘lgan masofani aniqlash orqali Yer radiusini hisoblaydi. Bu metodika o‘z zamonasi uchun juda ilg‘or bo‘lgan (2). Uning eng mashhur ishlari orasida Yer radiusini aniqlash tajribasi bor. Hindistonning Nandana tog‘larida joylashgan minoradan foydalangan holda u trigonometrik hisoblar orqali Yer radiusini taxminan 6 339 km deb hisoblagan. Bu 23 «EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hozirgi zamon ilmida aniqlangan qiymatdan atigi 31 km farq qiladi. Bu esa Beruniyning qanday aniqlik bilan ishlaganini ko‘rsatadi. Mineralogiya va tabiiy fanlar borasida ham bir qancha yutuqlarga erishgan. Beruniy nafaqat osmon, balki yer osti boyliklarini ham chuqur o‘rgangan. Uning “Kitob al-javohir” nomli asari turli minerallar, toshlar va metallarning xossalari, zichligi va foydalanish usullari haqida ma’lumot beradi (3). U oltin, temir, mis kabi metallarni o‘rganib, ularning og‘irligini aniq o‘lchagan. Beruniy metallar zichligini o‘ziga xos tarozi yordamida aniqlagan bo‘lib, bu o‘lchovlar zamonaviy fizikadagi qiymatlarga juda yaqin. Beruniy materiallarning zichligini aniqlash borasida ham zamonasidan ancha o‘zib ketgan edi. U gidrostatik tarozi yo
Доказательный фрагмент
«В статье рассматривается неоценимый вклад великого ученого Абу Райхана Бeруни в науку, особенно в области естествознания, географии, астрономии, геологии и фармакологии.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматривается неоценимый вклад великого ученого Абу Райхана Бeруни в науку, особенно в области естествознания, географии, астрономии, геологии и фармакологии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Abu Rayhan al-Beruni, ecological thinking, natural sciences, Abu Rayhon Beruniy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026