К содержанию
РецензированоUZ2025

MALIKA AYYOR” DOSTONIDA HAMROH OBRAZI

XXI ASRDA INNOVATSION · TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR · To‘rayeva Xamida Sharofiddinovna · XXI ASRDA INNOVATSION (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti,)

Журнал универсальных научных исследований · 03 · 2025

Аннотация

Maqolada “Malika Ayyor” dostoni – xalq og‘zaki ijodining bebaho namunasi bo‘lib, unda qadimiy turkiy va islomiy mifologiyaga oid obrazlar, tushunchalar va timsollar kuchli badiiy shaklda ifodalangan. Doston voqealari mantiqiy tarixiy asosda rivojlansada, uning asosiy dramatik chizig‘ida ko‘plab mifologik unsurlar, sehrli voqealar, bashoratli tushlar, ilohiy belgilar hamda g‘ayritabiiy kuchlar muhim o‘rin egallaydi.Albatta, bu tanlangan mavzumizning dolzarbligini ifodalagan. Kalit so‘zlar: badiiyat, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyat, estetik yondoshuv, milliylilik, xalqchillik,vafodorlik, mardlik va jasorat, mifologik obrazlar, sehr. Annotation: In the article, "Malika Ayyor" is presented as a priceless example of folk oral literature, in which images, concepts, and symbols related to ancient Turkic and Islamic mythology are expressed with strong artistic style. Although the events in the epic develop on a logical historical basis, its main dramatic line features numerous mythological elements, magical events, prophetic dreams, divine signs, and supernatural forces. Certainly, this highlights the relevance and significance of the chosen topic. 103 XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR Volume 03, Issue 06, 2025 Key words: Artistry, educational value, aesthetic approach, nationality, nationalism, loyalty. bravery and courage, mythological characters, magic. “Malika Ayyor” dostoni voqealari tafsilotida jismoniy kuchdan ko‘ra, ruhiy kuch, sabr-toqat, iymon va duoga tayanish kuchliroq kuch sifatida ilgari suriladi. Qahramonlar duch kelgan murakkab sinov va mashaqqatlarda aynan ularning ichki ruhiy holati, ilohiy kuchga bo‘lgan ishonchi ularni qutqaradi, yo‘l ko‘rsatadi, muvaffaqiyat sari yetaklaydi. Doston davomida bosh qahramonlar Malika Ayyor va Avaz bir necha bor og‘ir sinovlarga duch kelishadi. Yovuz kuchlar, makkorlar, dushmanlar, jismoniy qiynoqlar, ayriliq va xiyonatlar fonida ular o‘z ruhiy mustahkamligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Malika Ayyorning dushman qarshisida yolg‘iz qolgan paytdagi sabr-toqati, Allohga bo‘lgan ishonchi unga ruhiy bardamlik beradi. Bu obrazlar orqali shoir inson iymonining, ruhiy qudratining qanday yuksak cho‘qqilarga olib chiqishini ko‘rsatadi. Dostonda ilohiy ishonchning muhim vositasi sifatida duo alohida o‘rin tutadi. Qahramonlar sinovli pallalarda duo qiladi, Ollohdan yordam so‘raydi va aynan shu ishonch ular hayotida muhim burilish yasaydi. Doston voqealari davomida sabrli va iymonli qahramonlarning oxir-oqibat yuksak mukofotga erishishi ham islomiy e’tiqoddagi “eng sabrli bandaga Alloh mehribon bo‘lur” degan g‘oyaning badiiy talqinidir.Doston voqealarida ko‘p hollarda kuchli qurollangan dushmanlar, g‘animlar, zolimlar tasvirlanadi. Ammo ular qahramonlarning ma’naviy tozaligi, sabr-matonati, haqiqat yo‘lida fidokorona harakati qarshisida mag‘lub bo‘ladi. Bu orqali shoir va xalq og‘zaki ijodkorlari jismoniy kuchdan ko‘ra ruhiy kuch, ilohiy ishonch ustunligini targ‘ib etishadi. Bu jihatdan doston tasviridagi kurash – oddiy hayotiy voqea emas, balki haq va nohaqlik, zulmat va nur, shaytoniy niyatlar bilan ilohiy iymon o‘rtasidagi kurash sifatida talqin etiladi.. “Malika Ayyor” dostoni xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida nafaqat qahramonlik, sarguzasht va muhabbat mavzularini o‘zida jamlagan, balki o‘zbek xalqining asriy diniy e’tiqodlari, ruhiy-ma’naviy qadriyatlari va axloqiy ideallarini o‘zida mujassamlashtirgan bebaho adabiy yodgorlikdir.Doston voqealarining chuqur qatlamlarida doimo ilohiy qudratga bo‘lgan ishonch, qismatga bo‘y sunish, duo va sabrning kuchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Avaz, Go‘ro‘g‘li, hamrohlar va boshqa markaziy qahramonlarning ichki ruhiy holatlari, 104 XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TA'LIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR Volume 03, Issue 06, 2025 ularning harakatlariga asos bo‘luvchi ma’naviy turtkilar bu dostonning mifologik mazmunini yanada chuqurlashtiradi.1 1M.Saidov O‘zbek dostonchiligida badiiy mahorat. “ Fan” , 1969.Ma’rifat fidoyisi “Malika Ayyor” dostoni xalq og‘zaki ijodi namunasi sifatida nafaqat qahramonlik, sarguzasht va muhabbat mavzularini o‘zida jamlagan, balki o‘zbek xalqining asriy diniy e’tiqodlari, ruhiy-ma’naviy qadriyatlari va axloqiy ideallarini o‘zida mujassamlashtirgan bebaho adabiy yodgorlikdir.Doston voqealarining chuqur qatlamlarida doimo ilohiy qudratga bo‘lgan ishonch, qismatga bo‘y sunish, duo va sabrning kuchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Avaz, Go‘ro‘g‘li, hamrohlar va boshqa markaziy qahramonlarning ichki ruhiy holatlari, ularning harakatlariga asos bo‘luvchi ma’naviy turtkilar bu dostonning mifologik mazmunini yanada chuqurlashtiradi. Avazning har bir qadamida – u jang maydoniga chiqayotganida to‘siqlarni yengayotganida ham – yaratg

Доказательный фрагмент

«Maqolada “Malika Ayyor” dostoni – xalq og‘zaki ijodining bebaho namunasi bo‘lib, unda qadimiy turkiy va islomiy mifologiyaga oid obrazlar, tushunchalar va timsollar kuchli badiiy shaklda ifodalangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada “Malika Ayyor” dostoni – xalq og‘zaki ijodining bebaho namunasi bo‘lib, unda qadimiy turkiy va islomiy mifologiyaga oid obrazlar, tushunchalar va timsollar kuchli badiiy shaklda ifodalangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Artistry, educational value, aesthetic approach, nationality, mifologik obrazlar, xalqchillik, sehr, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyat, badiiyat, mardlik va jasorat, milliylilik, vafodorlik, estetik yondoshuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники