К содержанию
РецензированоUZ2025

YAPON MO‘JIZASINING TARIXDAGI O‘RNI

Feruza Yuldosheva · Shahinabonu Asadova

Современная наука и исследования · 1220-1225 · 2025

Аннотация

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yaponiya vayronaga aylangan davlatlardan biri edi. Ammo oradan atigi 20–30 yil o‘tgach, bu mamlakat jahonning yetakchi iqtisodiyotlari safidan joy oldi. Bu holat tarixda “Yapon mo‘jizasi” nomi bilan tilga olinadi. Ushbu mo‘jiza nafaqat iqtisodiy yuksalishni, balki siyosiy va madaniy jihatdan ham taraqqiy etgan model bo‘lib, u dunyo tarixida chuqur iz qoldirgan.Yaponiyaning tiklanish va yuksalish jarayoni 1945-yildan 1990-yillargacha davom etgan bo‘lib, u bir necha bosqichlarda kechdi. Uning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: Urushdan keyin Yaponiya sanoati butkul yemirilgan edi. AQSh tomonidan ko‘rsatilgan iqtisodiy yordam, islohotlar (agrar islohotlar, yirik kompaniyalarni qayta tashkil etish) va mehnatga asoslangan jamiyat bu davrda poydevor bo‘ldi. Yaponiya eksportga yo‘naltirilgan industrial strategiya yordamida avtomobilsozlik, elektronika, kema qurish sohalarida dunyoda yetakchilikka erishdi. Neft inqiroziga qarshi energiya samaradorligi va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga o‘tish, inson kapitaliga sarmoya va korporativ boshqaruvdagi izchillik Yaponiya mo‘jizasining asosiy omillari bo‘ldi.

Доказательный фрагмент

«Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yaponiya vayronaga aylangan davlatlardan biri edi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yaponiya vayronaga aylangan davlatlardan biri edi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yaponiya, iqtisodiy, etgan, lib, asosiy, islohotlar, ldi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники