Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HAZRAT NAVOIY IJODIDA ILM OLISHNING AHAMIYATI
Karshiyeva Xurshida Allaberdi qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada buyuk mutafakkir va shoir Hazrat Alisher Navoiy ijodida ilm olishning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Shoir asarlarida ilmga bo‘lgan rag‘bat, ma’rifatning insoniy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni, bilimsizlikning salbiy oqibatlari yoritilgan. Tayanch so‘zlar: ilm olish, ma’rifat, tarbiya, jamiyat rivoji, insoniy kamolot, ilmga rag‘bat, adabiy meros, yosh avlod tarbiyasi. O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, ma’rifatparvar siymosi va betakror shoiri Alisher Navoiy yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan. Uning nazarida bolalarni ilm-hunar va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni xalq va vatan taraqqiyoti yo‘lida xizmat qildirish eng muhim vazifalardan biri edi. Shoir ilm va ma’rifat mavzusida juda teran va hayotiy fikrlarni ilgari surgan. Uning ta’limotiga ko‘ra, aql va ilm inson uchun eng go‘zal va zaruriy fazilatlardandir; har bir inson ilm olishni o‘zining muhim burchi deb bilishi lozim. Navoiy fikricha, bilimni egallash jarayoni yoshlikdan boshlanishi kerak. U quyidagicha hikmatli fikrni bildiradi: “Yoshligingda yig‘gil bilimni, qarigach sarf qilg‘il ani.” O‘z hayoti ham buni yaqqol tasdiqlaydi — Navoiy juda yoshligidan ta’lim olishga kirishgan, ko‘plab she’rlarni yod bilgan. Jumladan, Farididdin Attorning mashhur “Mantiq ut-tayr” asarini bolaligidayoq maroq bilan mutolaa qilgan va yod olgan. Keyinchalik Navoiy maktab va maorif masalalariga ham katta ahamiyat bergan. U xalq bolalarining ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun maktablar ochish, madrasalar barpo etish borasida tashabbus ko‘rsatgan. Hatto Astrobodda surgunda yurgan chog‘ida ham, podsho Husayn Boyqaroga yozgan maktubida o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochish zarurligini uqtirgan. Shuningdek, Alisher Navoiy shaxsan o‘zi ham madrasalar qurdirgan, ta’lim-tarbiya ishlariga mablag‘ ajratgan. U tashkil etgan “Ixlosiya” madrasasi yonida ochilgan maktab buning yaqqol dalilidir. Navoiy ta’lim beruvchi shaxsni quyoshga qiyoslaydi — u hamisha o‘z atrofini nurga to‘ldirib turadi. Ustoz esa hali ilm sirlaridan bexabar bo‘lgan o‘quvchilarga ma’rifat nurlarini bag‘ishlaydi. Shoirning bu qarashlari bugungi kunimiz uchun ham juda dolzarbdir va yoshlarni ilm-fan sari undashda bebaho ma’rifiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya haqidagi o‘z fikrlarini ko‘pincha barkamol inson obrazini yaratish orqali ifodalagan. Uning ilm-ma’rifat, axloq va odob masalalariga doir qarashlari ko‘proq ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon etilgan. Buyuk mutafakkir aqlning kuchiga nihoyatda ishonadi; u ilm-fanning inson hayotidagi o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlab, bilim insonning eng oliy fazilatlaridan biri ekanini qayta-qayta uqtiradi. Navoiy o‘zining ko‘plab asarlarida, xususan “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlarida ham yosh avlod tarbiyasiga oid chuqur mulohazalarni ilgari suradi. Ayniqsa, “Hayrat ul-abror” dostonida shoir o‘zining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarini, ta’lim va odobga oid qimmatli pand-nasihatlarini bayon etadi. 1 16 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Asarda zolim hukmdorlar va ikkiyuzlamachi ruhoniylarning illatlari fosh etiladi; saxiylik, odob, kamtarinlik, ota-onaga hurmat, rostgo‘ylik kabi fazilatlar targ‘ib qilinadi. Shu bilan birga, ilmning inson hayotidagi o‘rni ham alohida ta’kidlanadi; ayniqsa, kambag‘al o‘quvchilarning bu yo‘ldagi mashaqqatlari haqida ham yurakdan yozilgan fikrlar mavjud. “Hayrat ul-abror”ning bir necha bo‘limlari aynan odob-axloq va ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlangan. Xususan, oltinchi maqolatda Navoiy odob va kamtarlikni ulug‘laydi, takabbur va odobsiz kishilarni esa keskin qoralaydi. Bu bobda bola tarbiyasi, uni voyaga yetkazish, o‘qitish va tarbiyalashda ota-onaning o‘rni haqida ham chuqur fikr yuritadi. Shoir yoshlarni ota-onaga hurmat va ehtirom bilan yondashishga chaqiradi; ota-onani oy va quyoshga o‘xshatadi: “Boshni fido ayla ato qoshig‘a, Jismni qil sadqa ano boshig‘a. Tun-kunungga aylagali nurposh, Birisin oy angla, birisin quyosh.”1 Bu baytda shoir farzandni ota-onaga chuqur hurmat va mehr bilan munosabatda bo‘lishga da’vat etadi. “Boshni fido ayla” — ya’ni ota-onaning oldida sadoqat va kamtarlik ko‘rsat, ular uchun barcha borlig‘ingni, joningni ham ayamagin. “Jismni qil sadqa ano boshig‘a” — ya’ni ularga xizmat qilishni, taning bilan ham, qalbing bilan ham tayyor bo‘lishni shoir juda oliy fazilat deb biladi. Keyingi misralarda esa ota-ona hayotimizni yoritadigan manba sifatida talqin etiladi: “Tun-kunungga aylagali nurposh” — ota-ona hayotingga nur sochadi; biri oyning nuri singari, ikkinchisi quyosh kabi, ya’ni ular har doim yo‘l ko‘rsatuvchi, rahbarlik qiluvchi kuch sanaladi. Bu g‘oya yoshlar uchun o‘ta dolzarbdir — ota-onaga hurmat va minnatdorlik hissi oila mustahkamligining, jamiyatdagi axloqiy qadriyatlarning negizini tashkil etadi. Alisher Navoiy o‘z asarlarida axloqiy qara
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada buyuk mutafakkir va shoir Hazrat Alisher Navoiy ijodida ilm olishning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada buyuk mutafakkir va shoir Hazrat Alisher Navoiy ijodida ilm olishning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jamiyat rivoji, tarbiya, insoniy kamolot, yosh avlod tarbiyasi., adabiy meros, ilm olish, ilmga rag‘bat, ma’rifat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025