Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TADBIRKORLIK VA BIZNES FAOLIYATI
Ibrohimov Shoxumirza
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Maqolada tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish choralari haqida aytib o‘tilgan. Bunda tadbirkorlik qanday boshlanadi. Tadbirkorlik – o‘z mulki bilan tavakkalchilik asosida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat ekanligi tushuntirib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: Tadbirkor, biznes, yuridik shaxs, foyda, business, korxona, tashkilot, firma, XYS, TIA. Tadbirkorlik yoki biznes (inglizcha: business – „bandlik“), deb har qanday qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi. Tadbirkorlik xoʻjalik yuritish koʻlamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik esa 20–500 kishi band boʻlgan korxona (firma) lar, kichik tadbirkorlik 10–20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va oʻrta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan Tadbirkorlik – o‘z mulki bilan tavakkalchilik asosida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tish kerak. Tadbirkorlik bilan yuridik shaxs tashkil etib yoki tashkil etmasdan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin. Tadbirkorlik faoliyatini rnuvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy omillaridan biri - bu tadbirkorlik subyekti (korxona, tashkilot, firma) ichki rejalarining mukammalligi, sifat darajasi hisoblanadi. U o‘z ichiga istiqboldagi maqsadlami aniqlash va ularga erishish yo‘llari hamda resurs ta’minotini oladi. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi kabi tadbirkorlik faoliyatida ham har bir tadbirkor uchta masalani hal qilishi kerak. 1. Qanday tovar va xizmatlar ishlab chiqarish kerak. 2. Bu tovar va xizmatlami qayerda hamda qaysi texnologiya orqali ishlab chiqarish kerak. 3. Bu tovar va xizmatlami kim uchun ishlab chiqarish kerak. Muayyan tadbirkorlik g‘oyasini amalga oshirish uchun tartibsiz, rejalashtirilmagan xatti- harakatlar emas, balki g‘oyani amalga oshirish maqsadlari, vositalari va yo‘llarining mumkin bo‘magan barcha muqobil variantlarini taqqoslash imkonini beradigan yaxlit tizimga tushirilgan tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish jarayoni zarur bo‘ladi. O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati bu yakka ish yuritish va tavakkalchilikka asoslangan, mulkdan foydalanish, foyda olish omilidir. Turli xil ta ’riflar ichidan ushbu qo‘llanmada quyidagilarni keltirib o‘tamiz. 1 13 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tadbirkorlik - bu amaldagi qonunlar doirasida kishilarriing foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik bilan xo‘jalik faoliyatini yuritishiga asoslangan sohibkorlik faoliyatidir. Rejalashtirish - bu tadbirkorlik subyektini tashkil etish, rivojlantirish va faoliyat ko‘rsatishi uchun ishlab chiqilgan reja va uning amalga oshirilishini nazorat qilishdir. Umuman olganda, rejalashtirish - bu oldinda turgan harakatlami asoslash bo‘yicha m aium otlam i qayta ishlash jarayoni va maqsadlarga erishishning eng samarali usullarini tanlashdir. Biznes reja ~ korxona faoliyatining asosiy yo'nalishlarini o‘rganish natijasini ifodalovchi hujjat; bu tashkil qilinayotgan yoki qayta jihozlanayotgan firma ishining tavsifi; bu tadbirkorga o‘z ishini tashkil qilish uchun zarur ish quroli. Biznes reja oddiy rejadan farqli oiaroq, muayyan bozorda biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyekt (XYS)ning tarmoq bo‘yicha rivojlanishi rejasini aks ettiradi. XYS bir vaqtning o‘zida bir necha biznes rejaga ega bo‘lishi mumkin. Biznes rejalar biznes hajmiga qarab turlicha boiishi mumkin. Masalan, kichik biznesda biznes reja va korxona rejasi tarkibi va hajmiga qarab bir xil bo‘lishi mumkin. Shuningdek, biron loyihani amalga oshirish yoki biron texnologiyani joriy etishda ayrim hollarda texnik-iqtisodiy asosnoma ishlab chiqish talab qilinadi.Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) - bu tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish va loyiha bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishning eng muhim investitsiyalash bosqichlaridan biri hisoblanadi.Tor doirada TIA - bu boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maqsad qilingan vazifalami, majburiyatlami amalga oshirish imkoniyatiga qarab zaxiralar va iqtisodiy natijalami natura hamda qiymat ko‘rsatkichlarida asoslash hisoblanadi. Maqsadlar, shartlar va ish hajmiga qarab TIA mustaqil hujjat sifatida biznes reja ishlab chiqish uchun asos boiishi yoki biznes rejaga bir bo‘lim qilib kiritilishi mumkin.
Доказательный фрагмент
«Maqolada tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish choralari haqida aytib o‘tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish choralari haqida aytib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- korxona, firma, biznes, TIA., yuridik shaxs, XYS, Tadbirkor, tashkilot, business, foyda
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026