К содержанию
РецензированоUZ2025

GENETIK DISTROFIYA SIFATIDA TUGALLANMAGAN DENTINOGENEZ: MOLEKULYAR MEXANIZMLAR TAHLILI

MOLEKULYAR MEXANIZMLAR TAHLILI · Toirova Azizabonu Alisherovna · Sunnatov Davron Xusniddinovich · Bekmirzayeva Yasmina Akbaraliyevna · Xamidov Murodjon Alisherovich · Xatamov Ulug’bek Altibayevich · Ilmiy rahbar. PhD · Stenton-Kapdepone, -tip dentinogenez · COLA, transkripsiya

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada dentinogenez - ya’ni dentin to‘qimasining shakllanish jarayoni va uning murakkab biologik asoslari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada dentinning rivojlanish bosqichlari, odontoblastlar faoliyati, genetik va epigenetik omillarning dentin hosil bo‘lishidagi o‘rni batafsil yoritilgan. Shuningdek, dentinogenez jarayonining buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar, jumladan, dentinogenezis imperfekta, gipomineralizatsiya va boshqa irsiy hamda orttirilgan patologiyalar tahlil qilinadi. Har bir kasallik turi alohida o‘rganilib, unda yuzaga keladigan to‘qima o‘zgarishlari, klinik belgilari, diagnostik usullari va zamonaviy davolash yo‘llariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola dentin hosil bo‘lishidagi fiziologik va patologik mexanizmlarni solishtirish orqali klinik stomatologiyada samarali tashxis va davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so’zlar: Nomukammal dentinogenez, 1-tip dentinogenez, 2-tip dentinogenez, Stenton-Kapdepone, 3-tip dentinogenez, DSPP, DMPI, COL1A1, COL1A2, transkripsiya, translatsiya, gen terapiya, post translatsiyon modifikatsiya, stam hujayralari. KIRISH. Dentinogenez – bu tish to‘qimalaridan biri bo‘lgan dentinning shakllanish jarayonidir. Dentin – tishning asosiy qismini tashkil qiluvchi, suyakga o‘xshash, lekin undan yumshoqroq bo‘lgan mineralizatsiyalangan to‘qimadir. U emal ostida joylashgan bo‘lib, tish pulpasi (nerv va qon tomirlar joylashgan markaziy qism)ni o‘rab turadi. Dentin tishni tashqi zarbalardan himoya qiladi va sezuvchanlikni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. Merosiy nomukammal dentinogenez genetik mutatsiyalar natijasida yuzaga keladi. Ushbu mutatsiyalar asosan dentinning sintezi va mineralizatsiyasiga javobgar genlarda (masalan, COL1A1, COL1A2 va kollagen hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi boshqa genlarda) sodir bo‘ladi. Asosiy oqsillar sintezi regulyatsiyasining buzilishi quyidagi holatlarga olib keladi, dentinning mineral tarkibining kamayishi, kollagen tolalari tuzilishining o‘zgarishi, gidroksiapatit kristallarining hosil bo‘lishida buzilishlar. Natijada, dentinning mustahkamligi pasayadi, u o‘ziga xos opalesent (yorug‘likni tarqatuvchi) ko‘rinishga ega bo‘ladi va uning fizik xususiyatlari yomonlashadi. Dentinogenez tish rivojlanishining muhim bosqichlaridan biridir. Bu jarayon odontoblastlar, maxsus hujayralar tomonidan amalga oshiriladi. 1 09 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Odontoblastlar tish pulpasi chetida joylashgan bo‘lib, ular dentin matriksini sintez qiladi va bu matriks keyinchalik mineral moddalar (asosan gidroksiapatit kristallari) bilan to‘lib, qattiqlashadi. Dentinogenezis Imperfekta Statistikasi Umumiy tarqalish: DGI butun dunyo bo‘yicha har 6,000–8,000 kishidan birida uchraydi. AQShda: Bu kasallik 200,000 nafardan kam odamda aniqlangan bo‘lib, AQShda kam uchraydigan kasalliklar sirasiga kiradi. Shvetsiya: 2018-yilgi tadqiqotda Shvetsiyada DGI-II turi bolalar va o‘smirlar orasida 100,000 kishidan 2,2 nafarida aniqlangan. Bu ko‘rsatkich boshqa mamlakatlardagidan pastroq bo‘lishi mumkin. Osteogenezis imperfekta (OI) bilan bog‘liqlik: OI bilan kasallangan bemorlarning taxminan 28% i da DGI aniqlangan. Ushbu ma’lumotlar asosida, O‘zbekistonda DI ning tarqalishi yuqoridagi ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘lishi mumkin, ammo aniq raqamlarni aytish uchun mahalliy epidemiologik tadqiqotlar zarur. Etiologiyasi: Dentin ikkita bir vaqtda sodir bo‘ladigan jarayon orqali hosil bo‘ladi, bu jarayonlarda odontoblastlar asosiy rol o‘ynaydi — kollagenli matritsa hosil bo‘lishi va ushbu matritsa ichida mineral kristallar hosil bo‘lishi. Ushbu shakllanish modeli boshqa minerallashgan biriktiruvchi to‘qima bo‘lgan suyakdagi jarayonga o‘xshash. Dentin va suyakning kimyoviy tarkibi ham bir-biriga o‘xshash, lekin ularning orasida aniq farqlar mavjud. Minerallanish jarayonida organik bo‘lmagan bosqichni tashkil etuvchi ionlar qanday qilib qon aylanishidan mineral hosil bo‘lish joyiga yetkaziladi va bu transport qanday boshqariladi — bu jarayonni tushunish nihoyatda muhimdir. Dentinogenezga doir mavjud ma’lumotlar asosan kalsiy (Ca²⁺) ionlari bo‘yicha to‘plangan. So‘nggi dalillar shuni ko‘rsatadiki, Ca²⁺ ionlarining asosiy qismi hujayra orqali (transsellulyar) transport qilinadi, ya’ni bu jarayon hujayra tomonidan boshqariladi. Hujayralar kalsiy ionlarining nozik muvozanatini saqlab turadi. Bu transmembran transport mexanizmlari — Ca-ATPaza, Na⁺/Ca²⁺ almashtirgichlar, kalsiy kanallari va hujayra ichidagi kalsiyga bog‘lovchi oqsillar yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayonlar natijasida hujayra ichida kalsiy ionlari juda past darajada (submikromolyar) saqlanadi, tashqarida esa, ayniqsa predentinda (dentin hosil bo‘layotgan oldi zona) kalsiy to‘planadi. Predentin — bu dentinning organik matritsasidagi kollagen to‘rining shakllanishi va yetilishi sodir bo‘ladigan zona hisoblanadi. Kollagendan tashqari, predentin tarkibida oz miqdorda

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada dentinogenez - ya’ni dentin to‘qimasining shakllanish jarayoni va uning murakkab biologik asoslari chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada dentinogenez - ya’ni dentin to‘qimasining shakllanish jarayoni va uning murakkab biologik asoslari chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DSPP, Nomukammal dentinogenez, COL1A1, gen terapiya, DMPI, transkripsiya, post translatsiyon modifikatsiya, 1-tip dentinogenez, 3-tip dentinogenez, stam hujayralari., COL1A2, Stenton-Kapdepone, translatsiya, 2-tip dentinogenez
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники