К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTONDA UY-JOY SIYOSATINING SHAKLLANISHI VA HUQUQINING ASOSIY TAMOYILLARI RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Qurbonov Umar

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida uy-joy siyosatining shakllanishi, uning huquqiy asoslari va rivojlanish bosqichlari chuqur tahlil qilinadi. Uy-joy bilan ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilib, mustaqillikdan so‘nggi davrlarda amalga oshirilgan institutsional islohotlar, normativ-huquqiy hujjatlar hamda ijtimoiy himoya tizimidagi o‘zgarishlar yoritiladi. Ayniqsa, zamonaviy uy-joy qurilishi, ipoteka tizimining rivojlanishi, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarining huquqiy-me’yoriy asoslari asosida o‘rganiladi. Maqolada uy-joy huquqining asosiy tamoyillari – tenglik, adolat, shaffoflik va barqarorlik prinsiplari tahlil qilinib, O‘zbekiston tajribasi xalqaro me’zonlar bilan qiyosiy yondashuv asosida baholanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, uy-joy siyosatining huquqiy jihatdan takomillashuvi, aholining ehtiyojlariga yo‘naltirilgan, ijtimoiy adolatga asoslangan yondashuvlarni mustahkamlash lozimligi asoslab beriladi. Kalit so’zlar: O‘zbekiston, uy-joy siyosati, uy-joy huquqi, rivojlanish bosqichlari, ipoteka tizimi, normativ-huquqiy hujjatlar, ijtimoiy himoya, mulk huquqi, davlat dasturlari, uy-joy tamoyillari, adolat, tenglik, barqarorlik, arzon uy-joy, urbanizatsiya. 1.Kirish Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan buyon uy-joy sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlarning negizida aholini sifatli va arzon uy-joy bilan taʼminlash maqsadi yotadi. Darhaqiqat, uy-joy siyosati mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi. Uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi aholining turmush sifati va farovonligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Shu bois mustaqillik yillarida Oʻzbekiston hukumati uy-joy sohasini isloh qilish, mulkchilik munosabatlarini oʻzgartirish, huquqiy bazani yaratish va takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratdi. Mazkur maqolada 1991-2024-yillar davomida Oʻzbekistonda uy-joy siyosatining shakllanish va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Har bir davr muhim normativ-huquqiy hujjatlar, institutsional islohotlar, davlat dasturlari va uy-joy fondi holati nuqtai nazaridan koʻrib chiqilib, o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, uy-joy huquqining asosiy tamoyillari – xususiy mulk daxlsizligi, ijtimoiy adolat, davlatning kafolati, qonuniylik, manfaatlar muvozanati, raqobat prinsipi va boshqalar – huquqiy-nazariy manbalar asosida tahlil qilinadi. Nihoyat, hozirgi bosqichda uy-joy fondini takomillashtirish borasidagi dolzarb islohotlar (raqamlashtirish, xususiy sektor ishtiroki, davlat-xususiy sheriklik, innovatsion qurilish texnologiyalari, urbanizatsiya va ekologik talablar) haqida soʻz yuritiladi. 3.Tadqiqot natijalari: 1-bosqich 1991–1998: Dastlabki islohotlar va huquqiy asosning shakllanishi: 1991- yilda mustaqillikka erishgan paytda Oʻzbekistonning uy-joy sohasi sobiq Sovet Ittifoqidan meros qolgan tizimda edi. Koʻp yillar davomida uy-joy fondining asosiy qismi davlat va jamoat mulkida boʻlib, fuqarolar ijarachi sifatida yashab kelishgan. Mustaqillikning ilk yillarida davlat iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida qayta qurish jarayonida uy-joy siyosatida ham keskin burilish yasadi Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida fuqarolarning uy-joyga egalik huquqlarini taʼminlash, mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish zarurati tug‘ildi. 49 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 Birinchi navbatda, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish boʻyicha tarixiy qarorlar qabul qilindi. 1993-yil 7-mayda “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, kuchga kiritildi. Ushbu qonunga muvofiq fuqarolar ixtiyorida davlat uy-joy fondiga kiruvchi turar joylar ularga mulk qilib berila boshlandi. Natijada mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatda ommaviy uy-joy xususiylashtirish jarayoni kechdi. Masalan, 1992–1993-yillarda umumiy maydoni 57,4 mln m² bo‘lgan qariyb 990,6 mingta kvartira fuqarolarga imtiyozli shartlarda yoki bepul berilib, xususiy mulkka chiqarildi.1 Shu tariqa uy-joy munosabatlarida xususiy mulk ustuvor mavqega ega boʻla boshladi. 1990- yillarning oxiriga kelib davlat uy-joy fondining 98,8% fuqarolarning shaxsiy mulkiga aylantirildi. Uy-joylarni bepul xususiylashtirish, xususan, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalari xodimlariga xizmat uylari tekinga berilgani aholining ijtimoiy himoyasini taʼminlashga xizmat qildi. Uy-joyni xususiylashtirish bo‘yicha dastur uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasiga sezilarli taʼsir ko‘rsatdi. 1991–2000-yillar mobaynida respublika boʻyicha jami 70 mln m² dan ortiq uy-joylar yangi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada aholining uy-joy bilan taʼminlanish darajasi (yaʼni o‘rtacha turar joy maydoni) 1991-yildagi jon boshiga 12,2 m² dan 2000-yilga kelib 13,7 m² gacha oshdi. Bu o‘sish uy-joy qurilishi hajmining pasayib ketmasdan davom etganini, xususiy sektor hamda yakka tartibdagi qurilish hisobiga uy-joy fondi kengayganini koʻrsatadi. D

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida uy-joy siyosatining shakllanishi, uning huquqiy asoslari va rivojlanish bosqichlari chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida uy-joy siyosatining shakllanishi, uning huquqiy asoslari va rivojlanish bosqichlari chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
uy-joy tamoyillari, davlat dasturlari, tenglik, urbanizatsiya., uy-joy siyosati, arzon uy-joy, barqarorlik, ipoteka tizimi, O‘zbekiston, ijtimoiy himoya, adolat, normativ-huquqiy hujjatlar, rivojlanish bosqichlari, mulk huquqi, uy-joy huquqi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники