Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLOBAL IJTIMOIY MEDIADA DOPINGGA QARSHI KURASHISH MAVZUSINI YORITILISHI
Omonov Humoyun Rustamovich
Современная наука и исследования · 2 · 2022
Аннотация
At present, information related to doping is rapidly spreading through global media and social networks. This information not only shapes public opinion but can also influence attitudes toward doping. This article explores the role of mass media and social media in the fight against doping, and, through comparative analysis with international practices, aims to identify effective ways to utilize media tools in anti-doping efforts. Kalit so‘zlar: ijtimoiy media, doping, sport, axborot, kurash, targ‘ibot. Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 30-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida – “Sog‘lom avlod — mustahkam kelajak kafolati. Sport va jismoniy tarbiya yoshlarimizni nafaqat jismonan, balki ma’naviy barkamol etib tarbiyalaydi. Doping kabi illatlarga qarshi murosasiz kurashishimiz shart”, - deb alohida ta’kidlab o‘tgandi1. So‘nggi yillarda xalqaro sport maydonlarida doping vositalarining qo‘llanilishi global muammo sifatida tan olinmoqda. Sportda adolat, sog‘lom raqobat va halollik tamoyillariga rahna soluvchi bu illat nafaqat sportchilarning sog‘lig‘iga, balki jamiyatda sportga bo‘lgan ishonchga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, bu illatga qarshi kurashishda axborot texnologiyalari, xususan, global ijtimoiy media vositalarining ta’siri kuchaymoqda. Ilmiy vа tibbiy nuqtаi nаzаrdаn qаrаlgаndа, dоping vоsitаlаri insоn оrgаnizmigа kuchli tа’sir kо‘rsаtib, sоg‘liq uchun kаttа хаvf tug‘dirаdi. Gоrmоnаl buzilishlаr, ichki а’zоlаr fаоliyаtining izdаn chiqishi, ruhiy muvоzаnаtning yо‘qоlishi kаbi jiddiy аsоrаtlаr bu vоsitаlаrdаn uzоq muddаt dаvоmidа fоydаlаnishning оqibаtlаridir. Bu еsа nаfаqаt spоrtchilаrning spоrt fаоliyаtigа, bаlki umumiy hаyоt sifаtigа hаm sаlbiy tа’sir kо‘rsаtаdi. Bugungi kunda ijtimoiy media vositalari – Facebook, Instagram, Telegram, X (Twitter) 1 SH.Mirziyoyevning 2022-yil 30-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi. 38 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 kabi tarmoqlar – axborot tarqatish, ijtimoiy ongni shakllantirish va ommaviy muhokamalar uchun kuchli platformaga aylangan2. O‘zbekiston ham ushbu yo‘nalishda faol siyosat yuritib, keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda3. Ushbu maqolada aynan global ijtimoiy media orqali olib borilayotgan antidoping targ‘ibot ishlari tahlil qilinadi va ular O‘zbekiston tajribasi misolida baholanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlarda dopingga qarshi kurashish mavzusi tobora dolzarblik kasb etmoqda. OAVga nisbatan ijtimoiy media tezkorlik, interaktivlik va shaxsiy yondashuv bilan ajralib turadi. O‘zbekistonda telegram va facebook orqali doimiy ravishda e’lon qilinayotgan ogohlantiruvlar, videoroliklar va tushuntiruvchi materiallar orqali jamoatchilik xabardorligi oshmoqda. Adabiyotlar tahlili. Avstraliyalik sotsiolog David Rowe – “Sport, Culture and the Media: The Unruly Trinity” nomli kitobida sportdagi axloqiy masalalar, xususan doping holatlarini yoritishda OAVning mas’uliyati va roli haqida so‘z yuritadi. Muallif media manipulyatsiyasi va sensatsion yondashuvlar sportchilar imijiga qanday ta’sir ko‘rsatishini chuqur tahlil qiladi4. Boshqa bir muallif Brett Hutchins – “Digital Media Sport: Technology, Power and Culture in the Network Society” nomli asarida raqamli texnologiyalar sport ijtimoiy tarmog‘ini global miqyosda qanday shakllantirayotgani, ijtimoiy media orqali sportdagi ijtimoiy kampaniyalar qanday olib borilayotganiga to‘xtaladi. Xususan, doping holatlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tezkor xabarlar tarqalishi jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi5. Ijtimoiy media imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali nafaqat axborot tarqatish, balki sportchilarda ongli yondashuvni shakllantirish mumkinligi ayon bo‘ldi. Biroq, ayrim holatlarda noto‘g‘ri yoki tasdiqlanmagan ma’lumotlarning tarqalishi ham kuzatilmoqda. Shu bois, antidoping siyosatini yoritishda rasmiy manbalar, faktlar va ekspert fikrlariga tayangan holda ishlash zarur. Shuningdek, xalqaro tajribalarga tayanib, mahalliy ijtimoiy tarmoqlar orqali ham yosh sportchilar va ularning ota-onalarini muntazam ravishda ma’lumot bilan ta’minlash lozim. Ijtimoiy media vositalari orqali olib borilayotgan antidoping targ‘iboti bir necha jihatdan samarali ekani aniqlandi: 1. Tezkorlik: rasmiy OAVga nisbatan tezroq axborot yetkaziladi. 2. Interaktivlik: foydalanuvchilar savollar berishi, izoh qoldirishi va fikr bildirish imkoniga ega. 3. Erkinlik va ixtiyoriylik: kontent majburan emas, ixtiyoriy ravishda iste’mol qilinadi. Shunga qaramay, ayrim hollarda noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi mumkin. Sportda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash, giyohvandlik va doping vositalaridan foydalanishni qat’iy cheklash orqali yoshlarning sog‘lig‘ini asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir6. Xalqaro tajriba ham shuni ko‘rsatadiki, dopingga qarshi kurashda media savodxonligi, raqamli madaniyat va ijtimoiy ong muhim omil hisoblanadi. Shu sabab, O‘zbek
Доказательный фрагмент
«At present, information related to doping is rapidly spreading through global media and social networks.»
Образец извлечения
Демо-превьюAt present, information related to doping is rapidly spreading through global media and social networks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy media, axborot, kurash, targ‘ibot., doping, sport
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025