К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA AYOLLAR KOSMETIKASIGA OID TERMINLAR TADQIQI

Xo’jamqulova Safarxol Xo’jamqul qizi · Nizomova Mohinur Baratbayevna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida ayollar kosmetikasiga oid terminlarning lingvistik tahlili olib borilgan. Kosmetika sohasi zamonaviy jamiyatda o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahamiyati bilan ajralib turadi. Ushbu sohaga oid terminlarning o‘zbek tiliga kirib kelishi, o‘zlashuvi, tarjimasi va qo‘llanish holatlari, shuningdek ularning semantik xususiyatlari mazkur tadqiqot doirasida o‘rganiladi. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘tgan atamalar morfologik va semantik jihatdan tahlil qilinadi, mavjud tarjima muammolari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Shu asosda ushbu terminologiyani standartlashtirish zarurati asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: kosmetika, terminologiya, ingliz tili, o‘zbek tili, tarjima, o‘zlashma so‘zlar, semantika, lingvistika. Matbuot, ommaviy axborot vositalari va ayniqsa internet vositalarining rivojlanishi natijasida go‘zallik, moda va kosmetikaga oid terminlarning kundalik tilga tobora ko‘proq kirib kelishi kuzatilmoqda. Xususan, ingliz tili go‘zallik sanoati va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishda yetakchi til bo‘lib, uning terminlari turli tillarga, jumladan o‘zbek tiliga ham faol o‘zlashmoqda. Shunday sharoitda ushbu atamalarning o‘zbek tilida qanday qo‘llanilayotgani, ular qanday shaklda qabul qilinayotgani, ularning tarjima qilishdagi muammolari va semantik mosligi masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda. Inglizcha kosmetika terminlarining o‘zbek tilida qo‘llanish shakllari muayyan tizim va standartlarga asoslanmagan bo‘lib, bu holat ayrim chalkashliklarga, terminlarning turlicha qo‘llanishiga olib kelmoqda. Kosmetik terminlar tarkibida asosan mahsulot nomlari (foundation, concealer, highlighter, toner, mascara), ulardan foydalanish usullari (blending, contouring, exfoliating) hamda natijalarni ifodalovchi sifatlar (matte, glossy, radiant, waterproof) mavjud. Bu atamalar bevosita ingliz tilida yaratilgan bo‘lib, xalqaro bozorda keng tarqalgan. Ularning bir qismi rus tili orqali, yana bir qismi bevosita ingliz tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashgan. Masalan, lipstick — pomada, mascara — tush, foundation — tonal krem, eyeliner — ko‘z qalam kabi variantlar tilimizda faol qo‘llanmoqda. Biroq ayrim atamalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinmaydi, balki aynan inglizcha shaklida ishlatilmoqda: primer, concealer, highlighter kabi. Bu holat, bir tomondan, global til ta’sirining tabiiy oqibati bo‘lsa, boshqa tomondan, ularning o‘zbekcha muqobillarining shakllanmaganligi yoki keng tan olinmaganligi bilan bog‘liq. Tarjima masalalariga to‘xtalar ekanmiz, ayrim atamalarning o‘zbek tiliga so‘zma-so‘z o‘girilishi ma’noni to‘liq ifodalay olmaydi. Masalan, concealer so‘zi “yashiruvchi krem” deb tarjima qilinadi, lekin bu vosita yuzdagi dog‘, ajin, qorong‘ulikni maskalovchi, estetika beruvchi mahsulot ekanini hisobga olsak, bunday soddalashtirilgan tarjima uning funksional mazmunini to‘liq aks ettirmaydi. Xuddi shunday, highlighter so‘zini “yorqinlashtiruvchi” deb atash ham yetarli emas, chunki u yuzning ma’lum qismlarini ajratib ko‘rsatish va yuz strukturasi bilan ishlash maqsadida qo‘llaniladi. Demak, ushbu terminlarni tarjima qilishda nafaqat semantik jihat, balki madaniy kontekst va estetik tushunchalar ham hisobga olinishi kerak. Tilshunoslik nuqtai nazaridan olib qaralganda, kosmetik terminlar o‘ziga xos semantik konnotatsiyaga ega. Ular nafaqat mahsulotni ifodalaydi, balki foydalanuvchiga estetik go‘zallik, ishonch, zamonaviylik, 33 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6 joziba kabi hissiy va madaniy qiymatlarni ham yetkazadi. Masalan, illuminating foundation — “yorug‘lik beruvchi asos” degan tarjimaga ega bo‘lishi mumkin, biroq u go‘zallik orqali porloqlik, salomatlik taassurotini ham beradi. Bu esa bunday atamalarni tarjima qilishda so‘zning sirtqi ma’nosigina emas, balki uning ichki konnotativ jihatlarini ham inobatga olish zarurligini ko‘rsatadi. Amalda o‘zbek tilida bir mahsulot uchun bir nechta nomlarning mavjudligi, ularning turlicha yozilishi va ishlatilishi kuzatiladi. Masalan, primer atamasi “asos kremi”, “makiyaj osti vositasi”, “tayyorlovchi krem” kabi shakllarda ishlatiladi. Bu esa terminlarning rasmiy standartga ega emasligidan dalolat beradi. Natijada, til birligi buziladi, iste’molchilar, tarjimonlar, va mutaxassislar o‘rtasida tushunmovchiliklar paydo bo‘ladi. Shuning uchun kosmetika terminologiyasini tartibga solish, ularni yagona me’yorga keltirish, rasmiy lug‘atlarga kiritish va davlat til siyosati doirasida standartlashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, so‘z yasalishi jihatidan ham o‘zbek tilining imkoniyatlaridan keng foydalanish lozim. Masalan, inglizcha moisturizer so‘zi o‘rniga “namlantiruvchi vosita” deb so‘z yasash orqali aniqlik kiritish mumkin. Bunday yondashuv nafaqat tilni soflashtiradi, balki yangi terminlarni yaratishda o‘zbek tilining milliy xususiyatlarini saqlab qolishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, ingliz va o‘zbek tillarida ayollar kosmetikasiga oid terminlar tilshunoslik uchun alohida tadqiqot obyektidir. Bu s

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida ayollar kosmetikasiga oid terminlarning lingvistik tahlili olib borilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida ayollar kosmetikasiga oid terminlarning lingvistik tahlili olib borilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
terminologiya, kosmetika, lingvistika., semantika, o‘zlashma so‘zlar, tarjima, ingliz tili, o‘zbek tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники