К содержанию
РецензированоRU2025

Процессы оказания квалифицированных медицинских услуг в селах Наманганской области

Guldona MAMASOLIEVA

Общество и инновации · 6 · 623-627 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В статье на основе первоисточников и архивных Наманганская область, данных анализируется оказание квалифицированных здравоохранение, медицинских услуг сельскому населению, обеспеченность медицинская служба, медицинских учреждений кадрами специалистов, кадры специалистов, сельские врачебные деятельность сельских врачебных пунктов в этом пункты. направлении на примере Наманганской области. 1 Senior Lecturer, Andijan State University. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2025) / ISSN 2181-1415 Mustaqillik arafasida qishloq aholi manzilgohlarining aksariyati yirik va o‘rta kattalikdagi qishloqlarga aylanishi qishloqlar bilan tuman markazlari o‘rtasidagi masofaning yaqinlashishiga olib keldi. Tabiiyki, bunday sharoitda tibbiy xizmat ko‘rsatishning hududiy tashkil etilishi va rivojlanishida o‘ziga xos imkoniyatlar yaratiladi. Natijada qishloq joylarda ham zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi barpo etilib, rivojlana boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan Sog‘liqni saqlash sohasini takomillashtirish davlat dasturi asosida tibbiyot tizimini tubdan qayta qurish, ko‘p sarf-xarajat talab etadigan va hamma vaqt ham samarali bo‘lmagan statsionar-tibbiy yordamdan profilaktika tibbiyotiga o‘tishda muhim omil bo‘ldi. Eski tizimdan farqli o‘laroq yangi tizimning yaratilishi natijasida sohadagi kam samara beruvchi ortiqcha bo‘g‘inlarga barham berildi. Bu esa o‘z navbatida odamlar uchun qulaylik tug‘dirdi. Jumladan, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan Qishloq vrachlik punkt (bundan keyin – QVP) larida aholi o‘zi uchun zarur bo‘lgan muolajani olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ilgari oddiy muolaja uchun ham tuman yoki shahar tibbiyot muassasasiga murojaat qilinar edi [1]. Namangan viloyatida mustaqillikning dastlabki 10 yili mobaynida 104 ta QVP barpo etilib, 41 ta qishloq shifokorlik ambulatoriyasi va FAPlari QVP maqomiga o‘tkazilgan [2]. Namangan viloyatida yangi qurilib, ishga tushirilgan hamda qayta tashkil qilingan QVPlarda jami 169 nafar malakali shifokorlar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, shundan 66 tasi terapevt, 79 tasi pediatr, 13 tasi akusher-ginekolog, 10 tasi stomatolog mutaxassislarni tashkil etadi. Ularning 60,4 foizi toifaga ega bo‘lgan, 45,6 foizi umumiy amaliyot shifokorlarini qayta tayyorlash yo‘nalishida o‘z malakasini oshirgan. QVPlardagi 468 nafar o‘rta tibbiyot xodimlaridan 21,7 foizi toifali hisoblangan. 1998-yil davomida QVPlarda 856 ming nafar bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatilib, har bir QVPda o‘rtacha 13,4 ming nafar bemor qabul qilingan, lekin Mingbuloq va Norin tumanlaridagi QVPlar faoliyati qoniqarli bo‘lmagan [3]. QVPlarda ishlagan shifokorlarning malaka toifalarini tahlil qilsak, ularning 54,7 foizida toifa mavjud bo‘lgan. Ushbu holat tumanlar bo‘yicha o‘rganilganda Chust tumanida 44,5 foiz, Mingbuloq tumanida 44 foiz, Chortoq tumanida 41,7 foiz, Yangiqo‘rg‘on tumanida 39,9 foizni tashkil etib, viloyat ko‘rsatkichidan past edi [4]. Masalan, Chortoq tumanidagi 7 ta QVPda mavjud 11 nafar shifokordan 7 nafari terapevt, 4 nafari pediatr mutaxassisi bo‘lib, birorta ham akusher-ginekolog yoki stomatolog bo‘lmagan. Mingbuloq, Namangan, Norin, To‘raqo‘rg‘on tumanlarida ham xuddi shunday holat kuzatilgan [5]. Namangan viloyati bo‘yicha 1999-yil davomida 1 ta QVPga 13 ming 700 nafar bemorlarning qatnovi qayd qilingan. Viloyatda faoliyat ko‘rsatgan barcha QVPlardagi 392 ta kunduzgi shifo o‘rinlarida 15 ming 986 nafar bemor davolangan bo‘lsa, bir yil davomida bir shifo o‘rinda 40-41 nafar bemor davolanishiga to‘g‘ri kelib, bemorlarning o‘rtacha davolanishi 8,8 kunni tashkil etgan [6]. QVPlarda ishlash uchun malakali shifokorlar tanlab olinmaganligi va ularga amaliy yordam berilmaganligi sababli bemorlar qatnovi kam bo‘lgan, patronaj hamda targ‘ibot ishlari sust olib borilgan. Bemorlarning davolanishi va ularni kuzatish jarayoni, laborator tahlillar va diagnostik tekshiruvlar yetarli darajada bo‘lmagan. Ayrim joylarda mutaxassislarning fizioterapevtik va EKG apparatlarini ishlatishni bilmaganliklari sababli ulardan unumli foydalanilmagan [7]. 624 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2025) / ISSN 2181-1415 QVPlardagi asosiy muammolardan yana biri bu yerlarda ko‘pincha umumiy amaliyot shifokori faoliyat yuritganligida bo‘lgan. Ma’lumki, umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash bevosita G‘arbiy Yevropa davlatlari tajribasidan olingan. Mazkur hududlarda kasalliklar turlari va qishloqda yashaydigan aholi soni kamligi, eng muhimi ulardagi ijtimoiy turmush tarzi iqtisodiy jihatdan yaxshi bo‘lgani uchun umumiy shifokor faoliyat yuritgan. O‘zbekiston aholisining uchdan ikki qismi qishloq joylarida istiqomat qilishi hisobiga ularning yoshi va kasallik turlari ham turlicha bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida qishloq joylarida ham tor doiradagi shifokorlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lganligini anglatgan. Mazkur davrda QVPlarga 1 mln 236 ming 700 ta qatnov bo‘lib, h

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье на основе первоисточников и архивных Наманганская область, данных анализируется оказание квалифицированных здравоохранение, медицинских услуг сельскому населению, обеспеченность медицинская сл…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье на основе первоисточников и архивных Наманганская область, данных анализируется оказание квалифицированных здравоохранение, медицинских услуг сельскому населению, обеспеченность медицинская сл… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp623-627, healthcare, medical services, сельские врачебные пункты, Наманганская область, Sog‘liqni saqlash, rural medical points, Namangan region, Namangan viloyati, tibbiy xizmat, qishloq vrachlik punktlari, здравоохранение, mutaxassis kadrlar, specialist personnel, кадры специалистов, медицинская служба
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники