К содержанию
РецензированоUZ2025

JANNAT ONALAR OYOG’I OSTIDA

Ruslan Akun · Erkinboyeva Sevinch

Лучшие интеллектуальные исследования · 153-155 · 2025

Аннотация

“Jannat onalar oyog’i ostida “ filmining mavzusi tomoshabinni eng nozik tuqtasi sifatida tanlangan . Filmning boshlanishidanoq tomoshabin qirg’iz muhitiga tushadi. Haqiqiy qirg’iz qishloq oilasining hayoti , urf odatlari , milliy taomlari , o’zgacha kiyimlari , musiqiy ohangi bilan jalb qiladi . Film nega aynan bunday nomlangan ? Bu nomga haqiqatda munosibmi ? degan savollar ham berilishi mumkin . Filmga bunday nom berilishiga sabab onalarning mehir –muhabbati , chin matonati , bolalari uchun jonini bera olishini chin ma’noda isbotlay olishi deb o’ylayman . Haqiqatdan ham bu film o’z nomiga munosib olingan, buni nafaqat men balki zalda o’tirgan barcha tomoshabinlarning ko’z yoshlari isbotlaydi . Filmning mavzusi onaning matonati , nogiron o’g’ilning onasiga nisbatan buyuk sevgisi , insonlarning munosabatlari .G’oyasi esa , hayotdagi barcha insonlarning insoniylik his tuyg’ulari , millatlar aro hamjihatlik , suriyadagi keskin urushlar va ular sababli begunoh o’lib ketayotgan insonlar taqdiri, dinga bo’lgan muhabbat , chin musulmonlik yotadi. Filmning ekspozitsiyasida ya’ni kirish qismida , qahramonlarni tanishtirish bilan birga haqiqiy qirg’iz millatining balki bizlarning ham (butun O’rta Osiyodagi ) oilaviy yashash sharoitini juda go’zal tarzida aks ettirilgan . Tandirgan chiqqan issiq nonlar , tabiiy qaymoq , quyosh rangini eslatuvchi novvotlar …Onaning xarakterini birinchi sahnadanoq bilishimiz mumkin , ya’ni qo’llarini duoga ochgancha o’g’li uchun yaxshilik tilardi , bundan onaxonning iymonli , shu yoshgacha faqat bolasi uchun kun kechirgan , doim unga yaxshilikni ravo ko’rgan ona obrazi sifatida gavdalantirilgan . Bolani esa onasi uchun jannatga birga kirishligini aytganida uni onasidan insoniylik tuyg’ularini o’tganligini , nogiron bo’lsada onasiga bo’lgan buyuk sevgisini ko’rsatib beradi. Filmda tugun , bola onasiga Makkaga boramizmi ona deb aytganida tushadi , onasi esa unga rad javobini beradi , bu esa tomoshabinga ular Makkaga borishadimi , yo’qmi degan savollarni beradi . Ularga bu yo’lda juda ko’p qiyinchiliklar va to’siqlar tushadi va bu onaning va bolaning xarakterini ochilishiga , ularning o’zgarishiga sabab bo’ladi .

Доказательный фрагмент

«“Jannat onalar oyog’i ostida “ filmining mavzusi tomoshabinni eng nozik tuqtasi sifatida tanlangan .»

Образец извлечения

Демо-превью

“Jannat onalar oyog’i ostida “ filmining mavzusi tomoshabinni eng nozik tuqtasi sifatida tanlangan . Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
haqiqiy qirg, nbsp, filmning, tushadi, chin, onaning, onasiga
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники