Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PAULO KOELONING “ALKIMYOGAR” ROMANIDA “TAQDIRNING YOZILISHI” MASALASI
“TAQDIRNING YOZILISHI” MASALASI · Fayziyeva Sevara Sherali qizi (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti) · Yusupov Sardor Shodi oʻgʻli (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Paulo Koeloning “Alkimyogar” romanida insonning qanday taqdir egasi boʻlishi uning oʻz qoʻlida, degan qarash mavjud. Bu romanning boshidan oxirigacha Santyagoning sayohat-rivoyatlari orqali sehrli realizm uslubi asosida ochib berilgan. Taqdir Alloh tomonidan ato etilgan oliy haqiqat, mohiyatiga yetish uchun inson aniq maqsad toʻgʻri yoʻlidan chekinmasligi lozim. Oliy maqsad va unga eltuvchi yoʻl aniq boʻlmogʻi, unga yetishish uchun ruhan, ma’nan, jismonan tayyor turmogʻi lozim. Mazkur maqolada inson taqdiri uchun toʻsiqlarni yengib oʻtishi kerakligi aks etgan. Kalit soʻzlar. Paulo Koelo, “Alkimyogar”, adabiyot, tush, taqdir sinovlari, shaxsiy afsona, sinovlar bosqichi. Adabiyot – bu inson tafakkuri, tuygʻulari va hayotiy tajribasini badiiy shaklda ifoda etuvchi san’at turi hisoblanadi. Chunki inson ruhiy dunyosiga chuqur ta’sir koʻrsatadi. Dunyo tanigan zabardast yozuvchilardan boʻlgan Paulo Koelo Braziliyada yashab ijod etgan. Uning “Alkimyogar” romani dunyoga mashhur asarlardan biri hisoblanadi. Bu asar choʻpon yigit ya’ni Santyagoning tushi orqali tubdan oʻzgaradi. Ijodkorning “Alkimyogar” romanida yuqorida ham ta’kidlab aytganimdek, inson taqdirini birgina tush ham yuborishi mumkin [2:41]. https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 4 Часть-46_ Том-5_ июнь-2025 Santyagoning tushidagi Misr piramidalari yonida yashirin xazinani topishga ishora hisoblanadi. Ammo bu xazina ramziy ma’noga ega: u insonning oʻzini anglash hayotiy maqsadini topishidir. Taqdir bu yerda tayinlangan, lekin uni roʻyobga chiqarish uchun harakat zarur. Roman davomida Koelo inson yuragi-taqdirning asl yoʻl koʻrsatuvchisi ekanini koʻrsatadi. Taqdirga yetishish yoʻlida inson turli sinovlarga duch keladi, yoʻldan adashish, xatolar, yoʻqotishlarga duch keladi. Bu sinovlar orqali muallif taqdir faqat passiv kutish emas, balki faol izlanish va qat’iyat ilgari suradi. Taqdir va tanlov erkinligi haqida gapirganimizda roman orqali taqdirni oldin yozilgan va oʻzgarmas yoʻl sifatida emas, balki inson oʻz tanlovlari orqali unga yetishadigan yoʻl deb qaraydi. Santyago xohlasa, xazinani izlamasligi, oʻz hayotini oddiy choʻpon sifatida davom ettirishi mumkin edi. Lekin u tanlov qiladi bu esa taqdir sari qadamdir. Shunday qilib, asarda taqdir va ixtoriylik bir-birini toʻldiruvchi tushunchalar sifatida tasvirlanadi. Asarda taqdir “shaxsiy afsona” deb atalmish ichki chaqiriq orqali namoyon boʻladi: “Agar sen biror narsani chin dildan xohlasang, butun koinot seni unga yetkazish uchun harakat qiladi” [4:92]. Bu jumla asar gʻoyasining asosini tashkil qiladi va insonning istaklari bilan taqdir oʻrtasidagi bogʻliqlikni anglatadi. Bu yerda taqdir nafaqat oldindan yozilgan taqdir yoʻl, balki inson irodasi va intilishi bilan shakllantiruvchi yoʻldir. “Shaxsiy afsona” tushunchasi Koelo tomonidan har bir insonning dunyodagi vazifasi sifatida talqin qilinadi. Santyago oʻz afsonasini topish yoʻlida turli sinovlardan oʻtadi. Bu jarayon orqali muallif taqdirga yetishish insonning qat’iyati, sabr-toqati va ishonchiga bogʻliqligini koʻrsatadi. https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 5 Часть-46_ Том-5_ июнь-2025 Taqdir inson imkoniyat sifatida mavjud boʻlsa-da, unga yetishish har doim ham oson emasligi ta’kidlanadi. Inson oʻz taqdiriga erishganida tabiat va koinot kuchlari ham unga yordam beradi. Bu asarda inson oʻz yoʻlini topish, ichki ovoziga quloq solish va taqdirga ishonishga undaydi. Romanda koinot va tabiat tushunchalari afsonaga yaqinlashtiradi. Bu tushuncha soʻfiylik, Sharq falsafasi va diniy mistitsizm bilan bilan uygʻunlashgan boʻlib taqdirni faqat yozilgan yoʻl emas, balki ongli tanlov sifatida ham tasvirlaydi. Shuningdek, romandagi Alkimyogar obrazining Santyagoga aytgan quyidagi gapi ham muhim: “Qoʻrquv – bu muvaffaqatsizlikdan qoʻrqishdir va bu qoʻrquv insonni oʻz taqdiriga erishishdan toʻxtashdir. Santyagoning taqdiri shunday gʻoyani beradi: Har bir insonning oʻz shaxsiy afsonasi (ya’ni chin maqsadi bor). Bu maqsadga erishish yoʻlida koʻplab sinovlar va ruhiy oʻsish talab qiladi. Xazina (moddiy va ma’naviy boylik) koʻpincha yaqinimizda boʻladi, lekin uni topish uchun uzoq yoʻl bosib, oʻzimizni kashf qilishimiz kerak. Santyagoning taqdiri: 1. Santyago tushida xazina koʻradi. Bu oʻzining “Shaxsiy afsonasi”ni izlashga undaydi. 2. U choʻponlik hayotini tark etib, Tangler (Marokash) orqali Sahrodagi sayohatga chiqadi. 3. Safar davomida u aldangan boʻladi, ishlaydi, bilim oladi, yangi odamlar bilan uchrashadi, masalan, Kristall magazin egasi, angliyalik olim, eng asosiysi Alkimyogar bilan. 4. U Fotimaga oshiq boʻladi, lekin orzusi yoʻlida yurishda davom etadi. 5. Xazina izlab Misrga boradi, ammo u yerda tushining asl ma’nosi ochiladi: xazina aslida uning boshlangʻich nuqtasi hisoblanadi. https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 6 Часть-46_ Том-5_ июнь-2025 Alkimyogar – bu taqdirning inson qalbida yashiringanini, unga yetishish va jasorat, ishonch va izlanishni talab qilishini koʻrsatadigan ruhiy yoʻl hikoyasidir. Paulo Koelo oʻz asarida taqdirni oldindan belgilangan holat ema
Доказательный фрагмент
«Paulo Koeloning “Alkimyogar” romanida insonning qanday taqdir egasi boʻlishi uning oʻz qoʻlida, degan qarash mavjud.»
Образец извлечения
Демо-превьюPaulo Koeloning “Alkimyogar” romanida insonning qanday taqdir egasi boʻlishi uning oʻz qoʻlida, degan qarash mavjud. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- taqdir sinovlari, adabiyot, Kalit soʻzlar. Paulo Koelo, tush, sinovlar bosqichi., shaxsiy afsona, “Alkimyogar”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014