К содержанию
РецензированоUZ2025

IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA MANZARALI, SHIFOBAXSH VA DORIVOR O‘SIMLIKLARNI INTRODUKSIYA QILISHNING YANGI USULLARINI QO‘LLASH

YANGI USULLARINI QO‘LLASH · Xatamova Surayyoxon Bahodirjon qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

This article analyzes modern approaches to the introduction of ornamental and medicinal plants under climate change conditions. Biotechnological, agrotechnical, and ecological monitoring methods were applied. Plant adaptability was evaluated in new agroecological environments. Kalit so‘zlar. iqlim o‘zgarishi, introduksiya, dorivor o‘simliklar, biotexnologiya, agrotexnika, adaptatsiya. https://scientific-jl.com/luch/ 3 9 9 Часть-46_ Том-5_ июнь-2025 Ключевые слова. изменение климата, интродукция, лекарственные растения, биотехнология, агротехника, адаптация. Keywords. climate change, introduction, medicinal plants, biotechnology, agrotechnics, adaptation. Kirish. Global miqyosda iqlim o‘zgarishi tabiiy ekotizimlarga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Haroratning ortishi, yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi, qurg‘oqchilik va boshqa iqlimiy stress omillari ko‘plab o‘simlik turlarining tarqalish hududlarini toraytirmoqda. Ayniqsa, dorivor, manzarali va shifobaxsh o‘simliklar iqlimga sezgirligi sababli yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Bunday vaziyatda ularni yangi agroekologik sharoitlarga moslashtirish, ya’ni introduksiya qilish, alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola mazkur yo‘nalishda zamonaviy yondashuvlarni tahlil qiladi. Maqsad. Maqolaning maqsadi — iqlim o‘zgarishi sharoitida manzarali, dorivor va shifobaxsh o‘simliklarni yangi hududlarga moslashtirish, ularni samarali introduksiya qilishning innovatsion usullarini tahlil qilish hamda amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Materiallar. Global iqlim o‘zgarishi o‘tgan asrlar mobaynida olimlar tomonidan talqin etilmoqda. Masalan: 19-asrning oxiridan boshlab sayyoramizning o‘rtacha global haroratining oshishi qayd etilgan. 20-asrning o‘rtalarida biroz sovish kuzatildi, bu umuman iqlimga ta'sir qilmadi. 1970-yillarning o‘rtalaridan boshlab yana issiqlashdi. Olimlarning fikricha, o‘tgan asrda Yerning global harorati 0,74 darajaga oshgan. Bu ko‘rsatkichning eng katta o‘sishi so‘nggi 30 yil ichida qayd etilgan. Iqlim o‘zgarishi doimo okeanlar holatiga ta'sir qiladi. Global haroratning oshishi suvning kengayishiga va shuning uchun uning darajasining oshishiga olib keladi. https://scientific-jl.com/luch/ 4 0 0 Часть-46_ Том-5_ июнь-2025 Yog'ingarchilik taqsimotida ham o‘zgarishlar mavjud, bu esa o‘z navbatida daryolar va muzliklar oqimiga ta'sir qilishi mumkin. Mushohadalarga ko‘ra, so‘nggi 100 yilda Jahon okeanining sathi 5 sm ga ko‘tarilgan. Olimlar iqlim isishining sababini karbonat angidrid kontsentratsiyasining oshishi va issiqxona effektining sezilarli darajada oshishi bilan bogʻlashmoqda. Uslublar: O‘simliklarni tanlab olingan tajriba uchastkalarida yetishtirish; Fitotsenotik kuzatuvlar o‘tkazish; Biotexnologik usullar orqali to‘qima madaniyatida ko‘paytirish; Ekologik monitoring: harorat, namlik, tuproq xususiyatlari tahlili; Ilmiy ish natijalari. Tadqiqot davomida dorivor o‘simliklarning turli agroekologik sharoitlarga moslashuv darajasi baholandi. Quyidagi natijalarga erishildi: Lavanda Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining quruq iqlimida yaxshi moslashdi. Gullarining efir moyi miqdori 1.2% ni tashkil etdi (standart: 0.9–1.3%). Echinatsiya mo‘tadil iqlimli hududlarda yuqori adaptatsiyaga ega bo‘lib, 2 yildan keyin barqaror o‘sishni ko‘rsatdi. Calendula qurg‘oqchil iqlimga chidamli bo‘lib, ochiq maydonda ham yuqori biomassa hosil qildi. To‘qima madaniyati (in vitro) usuli bilan lavanda va echinatsiyaning ko‘paytirish koeffitsienti 3.4 barobar oshdi. Xulosa. Manzarali, dorivor va shifobaxsh o‘simliklarni iqlim o‘zgarishi sharoitida saqlab qolish va barqaror yetishtirish uchun ularni ilmiy asosda introduksiya qilish zarur. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, agrotexnik yondashuvlar va biotexnologik usullarni uyg‘unlashtirish orqali ularning adaptatsiyasini oshirish va iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash mumkin. Ushbu https://scientific-jl.com/luch/ 4 0 1 Часть-46_ Том-5_ июнь-2025 yondashuvlar seleksiya, dori sanoati va landshaft dizayni sohalarida keng qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, global iqlim o‘zgarishi natijasida o‘simlik navlarining issiqqa chidamli, qisqa muddat ichida tez o‘sib quyuq soya beruvchi, gullari asalshiraga boy, tanasi yog‘ochbop bo‘lgan navlarini chatishtirish yo‘li bilan hosil qilish va shahar ko‘chalari va dam olish maskanlariga ekish kerak. Shunday qilib, global iqlim sharoitida yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlarga ega o‘simlik navlarini yaratish yoki introduksiya qilish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Rasulov B.T. (2020). Dorivor o‘simliklarni agrotexnik jihatdan yetishtirish asoslari. 2. Karimov A.Sh. (2021). Biologik xilma-xillikni saqlash va o‘simliklar introduksiyasi. Toshkent: Fan. 3. Jones H.G., Tardieu F. (2019). Plant adaptation to climate change. Annual Review of Plant Biology, 70, 59–89. 4. FAO. (2022). Climate-smart agriculture and biodiversity. [Online] www.fao.org 5. Мирсаидов М.М. (2018). Интродукция лекарственных растений в Узбекистане. Ташкент: Университет. https://

Доказательный фрагмент

«This article analyzes modern approaches to the introduction of ornamental and medicinal plants under climate change conditions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes modern approaches to the introduction of ornamental and medicinal plants under climate change conditions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
climate change, introduction, medicinal plants, biotechnology, агротехника, Ключевые слова. изменение климата, agrotechnics, adaptatsiya., интродукция, лекарственные растения, Keywords. climate change, agrotexnika, биотехнология, Kalit so‘zlar. iqlim o‘zgarishi, introduksiya, adaptation., адаптация., dorivor o‘simliklar, biotexnologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники