К содержанию
РецензированоUZ2025

INFORMATIKANI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNING MEDIA SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH

SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH · Mamatisaqova Moxinur O`ktamjon qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

This article discusses the need to develop students' media literacy in teaching computer science and effective approaches to this. Media literacy is considered an important factor in the formation of independent thinking, information analysis and critical assessment skills of young people in the modern digital information environment. The study focuses on information security, identifying fake news, forming an Internet culture and other aspects. Keywords: computer science, media literacy, digital technologies, information security, critical thinking. Axborot texnologiyalari hayotimizning har bir sohasiga chuqur kirib kelgani bois, o‘quvchilarning raqamli madaniyati va media savodxonligini shakllantirish bugungi kunda ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham ta’limda raqamli texnologiyalarni joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish dolzarb masalalar sifatida belgilangan [1]. Media savodxonlik tushunchasi va uning o‘rni UNESCO ta’rifiga ko‘ra, media va axborot savodxonligi (Media and Information Literacy – MIL) bu – axborotni izlash, unga baho berish, undan foydalanish va uni axloqan to‘g‘ri tarqatish ko‘nikmalarini shakllantirishdir [2]. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning keng ommalashuvi ortidan o‘quvchilarning axborot oqimidan to‘g‘ri foydalanishi uchun media savodxonlik zaruriy ko‘nikmaga aylangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13- apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “2020–2023 yillarda axborot xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi”da ham yoshlarni soxta axborotdan himoya qilish va tanqidiy fikrlashni shakllantirish zarurligi ta’kidlangan [3]. Informatika fanida media savodxonlikni rivojlantirish yo‘llari https://scientific-jl.com/luch/ 7 7 Часть-46_ Том-6_ июнь-2025 1. Axborotni tahlil qilish mashqlari: Mashg‘ulot davomida turli yangiliklar, bloglar yoki reklama matnlarini o‘rganish orqali o‘quvchilar axborotni qayerdan kelgani, uning ishonchliligi, maqsadi va ta’siri haqida fikr yuritishni o‘rganadilar. 2. Soxta yangiliklarni tahlil qilish: Internetda keng tarqalgan “fake news” namunalarini ko‘rib chiqish orqali o‘quvchilar axborotni tanqidiy baholashga o‘rganadilar. Bu esa ularning mustaqil va mas’uliyatli fikrlashini kuchaytiradi [4]. 3. Axborot xavfsizligi darslari: Shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, phishing, spamlardan saqlanish, kuchli parollar yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar informatika darslarining ajralmas qismiga aylanishi kerak [3]. 4. Raqamli madaniyat va netiket: Onlayn muloqot qoidalari, raqamli etik etiketi (netiket), mualliflik huquqi haqida darslar orqali o‘quvchilarda axloqiy javobgarlik hissi shakllantiriladi. 5. Amaliy loyiha ishlari: O‘quvchilar blog yaratish, video tayyorlash, axborot plakatlari ishlab chiqish kabi loyihalarda ishtirok etib, axborotni o‘zlari ishlab chiqish orqali media savodxonlikka amaliy yondashuv hosil qiladilar [5]. Demak, Media savodxonlik – bu nafaqat texnik ko‘nikmalar, balki axborotdan to‘g‘ri foydalanish, tanqidiy fikrlash va axloqiy yondashuvni o‘z ichiga olgan kompleks bilim tizimidir. Informatika fanida bu ko‘nikmalarni shakllantirish orqali biz o‘quvchilarni raqamli dunyoning faol va ongli ishtirokchisiga aylantira olamiz. Shu sababli informatika o‘qituvchilari uchun maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, interaktiv platformalar va media savodxonlikni rivojlantiruvchi dars ishlanmalar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. https://scientific-jl.com/luch/ 7 8 Часть-46_ Том-6_ июнь-2025 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. 2020-yil. 2. UNESCO. "Media and Information Literacy: Policy and Strategy Guidelines". 2013. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-apreldagi 222-son qarori – “Axborot xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi”. 4. Hobbs, Renee. “Media Literacy in the Digital Age.” Journal of Media Literacy Education, 2017. 5. European Commission. “Digital Education Action Plan 2021– 2027.” 6. Livingstone, Sonia, and Helsper, Ellen. “Gradations in digital inclusion: children, young people and the digital divide.” New Media & Society, 2007. https://scientific-jl.com/luch/ 7 9 Часть-46_ Том-6_ июнь-2025

Доказательный фрагмент

«This article discusses the need to develop students' media literacy in teaching computer science and effective approaches to this.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the need to develop students' media literacy in teaching computer science and effective approaches to this. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
computer science, media literacy, digital technologies, axborot xavfsizligi, raqamli texnologiyalar, media savodxonlik, информационная безопасность, Keywords: computer science, tanqidiy fikrlash., information security, critical thinking., Ключевые слова: информатика, цифровые технологии, критическое мышление, Kalit so‘zlar: informatika, медиаграмотность
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники