К содержанию
РецензированоUZ2025

TIBBIY YO‘SINDAGI MAJBURLOV CHORALARI TUSHUNCHASI VA MAQSADLARI

Karimov Islom Umidullo o’g’li

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Kalit so’zlar: Jazodan farqli ravishda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jinoiy javobgarlik elementi hisoblanmaydi. Ular shaxslarga nisbatan qo‘llanilganda obyektiv ravishda, ularni jazoga, ularga aziyat keltirishga, ular huquqlaridan ma’lum darajada mahrum qilish yoki cheklashni keltirib chiqarmaydi, ularga tuzatuvchi ta’sir o‘tkazmaydi hamda umumiy va xususiy prevensiyani ta’minlaydi; bu shaxslar tomonidan sodir etilgan qilmishlar davlat nomidan salbiy bahoda ifodalanmaydi va sudlanganlik muddatini aniqlashda hisobga olinmaydi. Agar jazo hamma vaqt sud tomonidan aniq miqdorda va konkret aniqlangan muddatga tayinlansa, ko‘rsatilgan chorani qo‘llash muddati butun va to‘la holda majburiy davolanishga jalb etilgan shaxs sog‘lig‘ining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining jinoiy jazo bilan ma’lum o‘xshash tomonlari bor. Jazolashga o‘xshab, ular davlat majburlov choralari hisoblanadi, chunki davlat nomidan, sud ajrimi bilan tayinlanadi va ularning qo‘llanishi qonunga qarshi sodir etilgan qilmishning huquqiy oqibatlaridan biri bo‘lib, ular tayinlangan shaxsning buyrug‘iga yoki xohishiga bog‘liq emas. Ta’kidlab o‘tish lozimki, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlik kasalligiga yo‘liqqan shaxslarga qo‘llaniladigan majburlov choralari jinoyat qonunchiligi vazifalarini hal qilish va jazo maqsadiga erishishga yordam beruvchi https://scientific-jl.com/luch/ 6 1 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 sharoitlarni yaratadi. Ammo, umuman olganda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jazo maqsadlarini ta’minlamaydi, balki asosan ruhiy kasallikka hamda alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka chalingan shaxslarni davolash uchun, salomatligini yaxshilash uchun va bu shaxslar tomonidan jamiyatga xavfli qilmish sodir etilishining oldini olish uchun mo‘ljallangan. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari davlat nomidan sud ajrimi bilan, ijtimoiy xavfli qilmish yoki jinoyat sodir etgan ruhiy kasallarga, shuningdek, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlik kasalligiga yo‘liqqan shaxslarga qo‘llanib, bu shaxslarga ruhiy va boshqa tibbiy yordamni majburlov tartibida ko‘rsatilishidan iboratdir (butunlay tuzalib ketgunicha yoki turg‘un yaxshilanish kelgunicha va kasal jamiyatga xavfliligini yo‘qotgunicha). Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash orqali erishish ko‘zlangan maqsadlar (JK 91-moddasi) jinoyat qonunida har tomonlama tartibga solingan va kengaytirilgan tarzda sharhlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. JK 91- moddasida ko‘ra, «tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ruhiy kasallik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan ularni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi». Shunday qilib, ruhiy kasallarga nisbatan qo‘llaniladigan majburlov choralarining maqsadlari sifatida, qonun chiqaruvchi quyidagilarni belgilaydi: – ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilgan ruhiy kasallarni davolash; – ruhiy kasallar tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishining oldini olish. Kimni ruhiy kasal deb topish lozimligini qonun tushuntirmaydi, bu tushunchani aniqlashni, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashning umumiy asoslarini tartibga soluvchi JK 92-moddasi holatlarining tahlilidan kelib https://scientific-jl.com/luch/ 6 2 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 chiqib shakllantirish mumkin. Aqli noraso shaxslarni, ya’ni o‘z harakatlari mazmunini anglash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan yoki bu holat paydo bo‘lish vaqtidan qat’i nazar, o‘z harakatlarini boshqara olmaydigan ruhiy kasallik bilan og‘rigan shaxslarni ruhiy kasal deb topish lozim. Quyidagilar bunday shaxslar sifatida ko‘rib chiqiladi: – aqli noraso holatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlar; – hukm chiqarilguncha ruhiy kasallik bilan og‘rigan, o‘z harakatlari mazmunini anglash imkoniyatidan va ularni boshqarishdan mahrum bo‘lgan, ya’ni aqli noraso bo‘lib qolgan; jazo o‘tayotgan vaqtda ruhiy kasallik bilan og‘rigan, o‘z harakatlari mazmunini anglash imkoniyatidan va ularni boshqarishdan mahrum bo‘lgan, ya’ni aqli noraso bo‘lib qolgan shaxslar. JK 91-moddasi 1-qismi mazmunida davolanish deb, kasalga uni ijtimoiy tiklash va ruhiy holatini ijobiy o‘zgartirish uchun aniq ta’sir qilish jarayonini tushunmoq lozim. Bu holatda davolanish shaxsni butunlay tuzatish maqsadini ko‘zlamaydi, biroq ruhiy holatining o‘zi uchun ham, atrofdagilar uchun ham xavf tug‘dirmaydigan holatgacha yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashdagi davolanish uslublari va usullari, bunday davolash ushbu choralar bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tayinlangan: ixtiyoriy tartibda yoki O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustdagi 123-II-sonli «Ruhiy yordam to‘g‘risidagi» Qonuni 27-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha noixtiyoriy gospitallashtirilgan kasallarga qo‘llaniladigan uslub va usullardan sezilarli farq qilmaydi. Qisman, ruhiy kasallik bilan og‘rigan shaxslarga ularning roziligisiz yoki ular qonuniy vakillarining roziligisiz, shaxsl

Доказательный фрагмент

«Kalit so’zlar: Jazodan farqli ravishda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jinoiy javobgarlik elementi hisoblanmaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Kalit so’zlar: Jazodan farqli ravishda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jinoiy javobgarlik elementi hisoblanmaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tibbiy sindagi, sindagi majburlov, majburlov choralari, xavfli qilmish, ijtimoiy xavfli, qilmish sodir, ruhiy kasallik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники