Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAVLAT BOSHQARUV VA UNING UMUMIY TAVSIFI VA TURLARI
Karimov Islom Umidullo o’g’li
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ma’lumki har bir xalq va ravnoq topgan mamlakatlarning o’z bosib o’tgan yo’li mustahkam davlatchiligi bordir. Shularni chetdan qochirmagan holda davlat boshqaruvi va uning umimiy fodasi haqida atroflicha tushunchalar ushbu maqolada o’z aksini topgan. Kalit so’zlar: Davlat, jamiyat, monarxiya, formatsion, sivilizatsion, davlat mohiyati, respublika, parlament, teokratik, Davlat — bu ma'lum hudud, xalq va hokimiyatga ega bo'lgan siyosiy tashkilot bo‘lib, jamiyatni boshqarish va tartibga solish uchun yaratilgan mexanizmdir. «Davlat» tushunchasi uch xil ma’noda: birinchidan, davlat yo‘li bilan tashkil etilgan hamjamiyatni; ikkinchidan, davlat hokimiyati apparatini va uchinchidan, davlat organlarini ifodalash uchun qo‘llanadi. Davlat tushunchasiga ta’rif berishda quyidagi umumlashgan (ijtimoiy, sinfiy va sof yuridik nuqtai nazardan) yondashuvlar mavjud: – Davlat bu – muayyan hududda oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi, maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo‘lgan, jamiyatdagi barcha ijtimoiy – siyosiy guruhlarning manfaatlarini ifoda etuvchi, ularni birlashtirib va muvofiqlashtirib turadigan siyosiy tashkilot; – Davlat bu – iqtisodiy va siyosiy jihatdan xukmron bo‘lgan sinfning manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy tashkilotdir; https://scientific-jl.com/luch/ 3 4 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 – Davlat bu – muayyan hududda ommaviy hokimiyatni amalga oshiruvchi siyosiy tashkilot. Davlatning mamlakat ichki va tashqi siyosati, har qanday hokimiyatdan mustaqilligi, o‘zining barcha ishlarini erkin hal etish hamda favqulodda va tanho hukmronlik huquqida aks etadi. Davlatlarni tiplarga ajratishda formatsion va sivilizatsion yondashuvlar mavjud. Formatsion yondashuv - davlatlarni ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish darajasi, bazis va ustqurmasi, sinfiy mohiyati, maqsadi, vazifalari hamda funksiyalari mezoniga ko‘ra tiplarga ajratishdir.Ushbu yondashuv vakillarining (K.Marks, F.Engels, V.Lenin) fikricha, iqtisodiy jihatdan hukmron bo‘lgan sinflarning quyi sinflarni ustidan zo‘ravonligini, hukmronligini amalga oshiruvchi tashkilotidir. Jamiyatda formatsiyalarning almashinuvi iqtisodiy sohadagi ziddiyatlar bilan bog‘liq. Bunday yondashuv bo‘yicha formatsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va inqirozga yuz tutishi takrorlanib turadigan jarayondir. Sivilizatsion yondashuv – bu davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi bilan bir qatorda, ko‘proq ularning ma’naviy, axloqiy va madaniy rivojlanish darajasiga qarab tiplarga ajratishdir (Yellinek, Kelzen, Korkunov, Kryuger, Toynbi).Ingliz tarixchisi A.Toynbi sivilizatsion yondashuvning yorqin namoyondasi bo‘lib, u sivilizatsiyani diniy, ruhiy, madaniy va boshqa belgilariga ko‘ra birligini ko‘rsatuvchi jamiyatning yopiq, lokal holati, deb tushuntiruvchi ta’limot muallifi hisoblanadi. Shu belgilarga ko‘ra, u jahon tarixida 20 dan ortiq sivilizatsiyalarni ajratib ko‘rsatadi. Xususan, Qadimgi Sharq (Misr, Xitoy, Xindiston), Qadimgi Afina, Qadimgi Rim, O‘rta asr davlatlari, hozirgi zamon davlatlari shular jumlasidandir. https://scientific-jl.com/luch/ 3 5 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 Davlat tipologiyasi yuzasidan yuqoridagi yondashuvlar huquqshunoslik fanida an’anaviy yondashuvlar sifatida qaraladi, shu bilan birga, bugungi kunda davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga, muayyan xalqaro tashkilotlarga a’zoligiga, geografik joylashgan o‘rniga qarab ham tasniflash keng tarqalgan. «Davlat shakli» tushunchasi davlat va huquq nazariyasining eng muhim masalalaridan biridir. U «davlat mohiyati» tushunchasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lgan davlat mohiyatini bilishda muhim ahamiyatga ega. Zero, boshqaruv shakli davlat yo‘li bilan uyushgan jamiyatda davlat hokimiyatini kim amalga oshirishini belgilaydi.Shu tufayli, davlat boshqaruv shakli insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Aflotun, Arastu ham qadimgi dunyodagi davlat hokimiyatini uyushtirish va amalga oshirishning turli shakllarini o‘rganib, davlatning tasnifini ishlab chiqishga harakat qilgan. Bunda ular tomonidan davlatni kim va qanday boshqarilishiga e’tiborni qaratgan. Shuningdek, Forobiy, Gobbs, Monteskye, Lokk, Russo, Ahmad Donish kabilarning asarlarida davlat boshqaruv shakli to‘g‘risidagi bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish, ularning vujudga kelishi va rivojlanishi masalalari ko‘tarilgan. Davlat shakliga, mamlakatning taraqqiyot darajasi, uning madaniyati, unda tarkib topgan tarixiy an’analar, urf-odatlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Angliyada davlat shakllari o‘rta asrlarda tarkib topgan bo‘lib, ular hozirgi kunga qadar hurmat qilinmoqda. Davlat shakli deb, davlatdagi siyosiy hokimiyatni uyushtirishning uch asosiy elementlari tushuniladi. Shunday qilib, davlat shakli mazmuni uch elementdan boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli, siyosiy rejimdan tashkil topadi. https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 Davlatning boshqaruv shakliga ko’ra turlari Monarxiya Respublika 1.Mutloq monarxiya 1.Prezidentlik respublikasi 2.Cheklangan monarxiya 2.Parlamentlik respub
Доказательный фрагмент
«Ma’lumki har bir xalq va ravnoq topgan mamlakatlarning o’z bosib o’tgan yo’li mustahkam davlatchiligi bordir.»
Образец извлечения
Демо-превьюMa’lumki har bir xalq va ravnoq topgan mamlakatlarning o’z bosib o’tgan yo’li mustahkam davlatchiligi bordir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- teokratik, monarxiya, parlament, Kalit so’zlar: Davlat, davlat mohiyati, jamiyat, sivilizatsion, respublika, formatsion
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026