К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLARNING UMUMIY TAVSIFLARI

Karimov Islom Umidullo o’g’li

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Kalit so’zlar: Jinoyatning asosiy bevosita obyekti davlat hokimiyati, boshqaruv va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Qo‘shimcha bevosita obyekt sifatida fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Obyektiv tomondan jinoyat hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ya’ni mansabdor shaxsning o‘z mansab vakolatidan turliniyatlarda foydalanishi natijasida fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishida ifodalanadi. Hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilish deganda, mansabdor shaxsning o‘z mansab mavqeidan fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi qasddan foydalanishini tushunish lozim. Mansab vakolatini suiiste’mol qilish deganda, mansabdor shaxsning mansab mavqeidan kelib chiqqan va bu shaxs egallagan lavozimi vakolatiga berilgan huquq va majburiyatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq, biroq o‘z mazmuni bo‘yicha tegishli organning faoliyat olib borishidan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga zid keluvchi harakatlarini tushunish lozim. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish davlat hokimiyati va https://scientific-jl.com/luch/ 4 6 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 boshqaruvi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlari mavqeiga putur yetkazish; o‘zganing mulkini talon-toroj qilishni yashirish; turli moliyaviy talon-torojlarni amalga oshirish; davlat, jamoat yoki boshqa o‘zga mulk hisobidan, uni tortib olmasdan g‘arazli foyda olish; alohida fuqarolarga tegishli mulk hisobiga g‘ayriqonuniy boyish va boshqalardan iborat. Hokimiyat deganda, ma’lum bir vositalar — iroda, nufuz, huquq, majburlov, siyosiy hukmronlik, davlat organlari tizimi orqali insonlar faoliyatiga, xulq-atvoriga ta’sir etish qobiliyati va imkoniyati tushuniladi. Mansabdor shaxs tomonidan o‘z xizmat vakolatini suiiste’mol qilishga lavozimni egallab turgan vaqt davomida vakolatlarni suiiste’mol qilish kiritiladi. Mansabdor shaxs o‘ziga kerakli bo‘lgan qarorga erishish maqsadida o‘z xizmat vakolatlaridan emas, balki xizmat yoki shaxsiy aloqalari, egallab turgan lavozimning obro‘sidan foydalansa, jinoyat tarkibi bo‘lmaydi. Mansabdor shaxs vakolati muayyan mansabni yoki vaqtinchalik yoxud maxsus vakolat bilan ushbu mansab bo‘yicha vazifani bajaruvchi shaxsning huquq va majburiyatlari tartibga solingan tegishli qonunlar, nizom va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan uning kompetentsiyasi bilan belgilanadi. Mansab vakolatini suiiste’mol qilish shakllari (mansabdor shaxslarning faoliyati sohasi) turlicha bo‘lishi mumkin. Bu bo‘ysunuvchilarning mehnatidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida g‘ayriqonuniy foydalanish (masalan, ishchilarning shaxsiy dala hovlilar qurilishida, uylarni ta’mir qilishida); qo‘l ostidagi xodimlarning mehnatini o‘zlashtirib olish; turar joy taqsimotida suiiste’mol qilish; korxonalarni xususiylashtirish jarayonida mansab mavqeidan foydalanib, xususiy mulk sifatida sotib olish maqsadida yoki amaldor tomonidan aksiyalarning ancha qismini egallab olinishida mansabdor shaxs o‘zining, unga yaqin kishining yoki boshqa xususiy shaxslarning manfaatlarini himoya qilib mansab vakolatidan foydalanishi; umumdavlat ehtiyojlariga mo‘ljallangan moliya va kreditni g‘arazli yoki boshqa past niyatda tijorat tashkilotlariga https://scientific-jl.com/luch/ 4 7 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 g‘ayriqonuniy berib yuborish; Budjet mablag‘larini behuda sarflash, shu jumladan bu mablag‘larning tijorat banklarida aylantirilishi; kredit, qimmatbaho qog‘ozlarni, ko‘chmas va boshqa mulkni olishda huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilmagan imtiyozlardan foydalanish; shaxsiy yoki guruh maqsadlarida xizmat faoliyati uchun taqdim etilgan xonalar, transport va aloqa, elektron-hisoblash texnikasi, pul mablag‘lari va boshqa mulkdan foydalanish va boshqalar. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish o‘z xususiyatlariga ko‘ra qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarni faol xulq-atvor orqali amalga oshirishga qaratilgan harakatda namoyon bo‘ladi. Harakatsizlik orqali amalga oshiriladigan hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish JKning 208-moddasida (Hokimiyat harakatsizligi) nazarda tutilgan jinoyatni tashkil etadi. Mansabdor shaxs tomonidan uz xizmat vakolatini suiiste’mol qilishga lavozimni egallab turgan vaqt davomida vakolatlarni suiiste’mol qilish kiritiladi. Mansabdor shaxs o‘ziga kerakli bo‘lgan qarorga erishish maqsadida o‘z xizmat vakolatlaridan emas, balki xizmat yoki shaxsiy aloqalari, egallab turgan lavozimning obro‘sidan foydalansa, jinoyat tarkibi bo‘lmaydi. Sharhlanayotgan modda bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish natijasida fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazish hisoblanadi. Jinoyat ko‘p

Доказательный фрагмент

«Kalit so’zlar: Jinoyatning asosiy bevosita obyekti davlat hokimiyati, boshqaruv va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Kalit so’zlar: Jinoyatning asosiy bevosita obyekti davlat hokimiyati, boshqaruv va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
suiiste mol, mol qilish, vakolatini suiiste, mansab vakolatini, mansabdor shaxs, hokimiyat yoki, yoki mansab
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники