Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISH
Karimov Islom Umidullo o’g’li
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Kalit so’zlar: Jinoyat sodir etgan shaxsni javobgarlikdan va jazodan ozod qilish jinoyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qonun chiqaruvchi ayrim holatlarda jinoyat sodir etgan shaxslarga jazo qo‘llamasdan ham uning xulqini tuzatish mumkin yoki qonunda nazarda tutilgan shartlar mavjudligida ularga jazo qo‘llamaslikni hamda javobgarlikdan ozod qilish qoidalarini belgilaydi. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi ikki omil mavjud bo‘lganida yuzaga keladi: birinchidan, shaxs jinoyat belgilarini ifodalagan qilmishni sodir etganida, shuningdek, uni jinoiy javobgarlikka tortish uchun barcha asoslar mavjud bo‘lganida; ikkinchidan, mazkur shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun barcha qonuniy asos va shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan hollarda. JK Umumiy qismining beshinchi bo‘limida javobgarlikdan va jazodan ozod qilish instituti belgilangan bo‘lib, u bir nechta turlardan tashkil topgan Javobgarlikdan ozod qilish Jazodan ozod qilish turlari (XII bob) turlari (XIII bob) Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat ketganligi munosabati bilan jazodan uchun javobgarlikdan ozod qilish (64- ozod modda). qilish (69-modda). https://scientific-jl.com/luch/ 5 2 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi munosabati bilan yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan javobgarlikdan ozod qilish (65-modda). ozod qilish (70-modda). Aybdor o‘z qilmishiga amalda Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon pushaymon bo‘lganligi munosabati bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod bilan javobgarlikdan ozod qilish (66- qilish (71-modda). modda). Shartli hukm qilish (72-modda). Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli Yarashilganligi munosabati bilan jinoiy ozod javobgarlikdan ozod qilish (661-modda). qilish (73-modda). Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish (74-modda). Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish qilish (67-modda). oqibatida jazodan ozod qilish (75-modda). Amnistiya akti asosida javobgarlikdan Amnistiya akti yoki afv etish asosida ozod qilish (68-modda). jazodan ozod qilish (76-modda). Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, o‘z mazmuniga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxsni huquqiy oqibatlardan ozod qilishdir. Shaxsni javobgarlikdan ozod qilish qilmishning huquqiy tabiatini o‘zgartirmaydi, chunki sodir etilgan qilmish hamisha jinoyat bo‘lib qolaveradi va yuridik mohiyati saqlanib qoladi. Javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi deganda, jinoyat sodir etilgan paytdan boshlab, qonunda belgilangan muddatlarning o‘tib ketganligi tushuniladi. Ushbu muddatlar o‘tib ketganidan keyin shaxs javobgarlikdan shartsiz ozod etilishi lozim. Muddatlarning o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish uchun qonun chiqaruvchi tomonidan ayrim shartlar belgilangan. Moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150–157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 160, 161 va 2442- moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Javobgarlikka tortish muddatlari jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi. https://scientific-jl.com/luch/ 5 3 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 Qonunda muddatlar o‘tishining ikki turi belgilangan: – differensial (tabaqalashtirilgan) muddat; – universal (umumiy) muddat. Differensial muddatning o‘tib ketishi jinoyatlarning tasnifidan kelib chiqadi. Xususan, JK 64-moddasiga 1-qismiga muvofiq, agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar: – ijtimoiy xavfliligi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – ikki yil; – uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – to‘rt yil; – og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – sakkiz yil; – o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – o‘n to‘rt yil o‘tib ketgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi. Differensial muddatlarning o‘tishi uchun quyidagi shartlar nazarda tutilgan: birinchi sharti – jinoyat sodir etgan shaxsning tergov va suddan yashirinmasligi; ikkinchi sharti – og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs qonunda ko‘rsatilgan tabaqalashtirilgan muddat davomida qasddan yangi jinoya sodir etmaganligi. Ushbu shartlarning buzilishi differensial muddat o‘tishining to‘xtatilishiga yoki uzilishiga olib keladi. Universal muddat. JK 64-moddasining 5-qismida belgilangan qoidaga ko‘ra, agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan https://scientific-jl.com/luch/ 5 4 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas. JK 64-moddasining 6-qismida muayyan toifadagi jinoyatlarga nisbatan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ushbu turini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha shartlar va cheklashlar nazarda tutilgan.
Доказательный фрагмент
«Kalit so’zlar: Jinoyat sodir etgan shaxsni javobgarlikdan va jazodan ozod qilish jinoyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюKalit so’zlar: Jinoyat sodir etgan shaxsni javobgarlikdan va jazodan ozod qilish jinoyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ozod qilish, jinoyat sodir, javobgarlikdan ozod, qilish -modda, sodir etilgan, etilgan kundan, kundan boshlab
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025