К содержанию
РецензированоUZ1920

XX ASRNING 20-30-YILLARIDA SOVET HOKIMIYATINING “MADANIY INQILOB” SIYOSATI: MOHIYATI VA OQIBATLARI

Isomiddinov Yoʻldosh Yusubboevich. · Karimov Raimqul Olimjon-oʻgʻli. · Isomiddinov Yuldosh Yusubboevich. (Associate Professor, Department of History a.a.) · Karimov Raimkul Olimjon-ugli. (Associate Professor, Department of History a.a.)

Лучшие интеллектуальные исследования · 1920

Аннотация

the 1920s and 1930s were a period in the history of the Soviet Union, aimed at radical changes in all spheres of social life, primarily at shaping the human mind on a new ideological basis. This process went down in history under the name of the “cultural revolution”. This policy was carried out with great speed during the Iosif-Stalin era, and its main goal was to create a new, loyal Sovet citizen. Keywords: the eliminination of illiteracy, the upbringing of a new Soviet intelligentsia, the Sovietization of science and education, the fight against religion and values, control over art culture, the echo of the cultural revolution in Uzbekistan. Madaniy inqilob dastlab xalqni savodli qilishdan boshlandi. 1919-yilda “Savodsizlikka qarshi kurash” haqida dekret qabul qilindi. Shundan so’ng “Likbez”(savodsizlikni tugatish) harakati boshlab yuborildi. Ishchilar, dehqonlar va boshqa mehnatkashlar uchun kechki maktablar, o’quv kurslari ochildi. Natijada 1930-yillarga kelib aholi orasida savodsizlik sezilarli darajada oshdi. Sovet hokimiyati eski ziyolilarni “burjua merosi” deb qoralab, ularning o’rniga yangi, proletar kelib chiqishga ega ziyolilar sinfini shakllantirishga kirishdi. Malaka emas, balki, mafkuraviy sodiqlik asosiy mezonga aylandi. Ta’lim tizimi tubdan o’zgartirildi. Darsliklar va o’quv dasturlari sovet mafkurasi asosida qayta ishlab chiqildi. Tarix, adabiyot, falsafa kabi fanlar kommunistik g’oyalarga moslab o’qitildi. Ilm-fan sohasida mustaqil fikrlash imkoniyati cheklab qo’yildi. “Burjua fani” deya qoralangan ilmiy yo’nalishlar yo’q qilindi. Madaniy inqilob doirasida din jamiyat hayotidan siqib chiqarildi. Masjid, cherkov va boshqa ibodatxonalar yopildi, din xodimlari tahqirlandi yoki ta’qib qilindi. Odamlar orasida ateizm targ’ib qilindi, din “ilmiy dunyoqarashga zid” deb e’lon qilindi. Natijada diniy qadriyatlar, urf-odatlar va marosimlar chetga surildi yoki butunlay yo’q qilindi. Adabiyot, san’at, musiqa, teatr, kino kabi madaniy sohalalari ham siyosiy https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 3 Часть-46_ Том-6_ июнь-2025 nazoratga olindi. Barcha ijodkorlar “sotsialistik realizm” tamoyiliga amal qilishga majbur bo’ldi. Bu yo’nalish faqat sovet mafkurasini targ’ib qilishni talab etardi. Senzura kuchaytirildi, mustaqil ijod uchun joy qolmadi. O’z fikrini erkin bildirgan san’atkorlar ta’qib qilindi, surgun etildi yoki o’ldirildi. O’zbekiston SSR da ham madaniy inqilob katta siyosiy va ijtimoiy o’zgarishlarga olib keldi. 1920-30- yillarda savodsizlikka qarshi kurash, yangi maktablarning ochilishi, lotin yozuviga o’tish kabi islohatlar amalga oshirildi.. Lekin sovet arboblari va mafkurachilarining bu vaqtinchalik taktikasi uzoqqa bormadi. Ular o‘lka hayotiga moslashib, biroz tomir yozib olgach, 20-yillar o‘rtalaridan e’tiboran o‘zbek xalqi ma’naviy hayotining ko‘p zamonlar uzviy tarkibiy qismi bo‘lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim-tarbiya tizimini barham toptirdi. Uning ko‘p sonli ziyoli vakillari, mullalari-yu mudarrislari faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Respublikada boshlang‘ich ta’lim tizimining joriy etilishi, keyinroq 7 yillik ta’limga o‘tilishi ham xalq ta’limi sohasidagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘ldi. Maktab qurilishi, uning malakali o‘qituvchi kadrlar bilan ta’minlanishi, o‘quvchilar soni yil sayin o‘sib bordi. Sovet davri statistik ma’lumotlariga qaraganda, agar 1924/25-o‘quv yilida O‘zbekistonda 160 ta sovet tipidagi maktablar tashkil qilinib, ularda 17209 nafar o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941-yilga kelib bunday maktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni esa 1 mln 315 ming nafarga yetgan. XX asr 20-yillari ikkinchi yarmida «Hujum» nomi bilan boshlangan harakat o‘z mohiyati bilan o‘zbek xotin- qizlarini tutqunlikdan, paranji zulmatidan ozod qilishga qaratilgan edi. Turkiston sharoitida o‘ziga xos o‘ta murakkab xususiyatlarga ega bo‘lgan bu ijtimoiy-siyosiy masala hukmron partiya tomonidan hech bir o‘ylanmasdan, mahalliy shart- sharoitlarni, xalqning an’anaviy udumlari, urf-odatlarini e’tiborga olmasdan kutilmagan bir holda amalga oshirildiki, bu esa o‘lka hayotida ko‘plab noxush oqibatlarni keltirib chiqardi. Ma’lumki, Turkiston xotin-qizlari hayoti asrlar davomida musulmonchilik qonun-qoidalari va an’analari asosida kechgan va https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 4 Часть-46_ Том-6_ июнь-2025 o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Jumladan, ular aksariyat hollarda mehnatga tortilmas, balki uy-ro‘zg‘or ishlarida band bo‘lishgan va farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishgan. Sovet hukumati esa o‘zbek xotin-qizlarining bunday turmush tarziga diniy «xurofot» sifatida qaradi. Shu bilan birgalikda ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi, ularning tor oila muhitidan ozod bo‘lib, keng ijtimoiy- siyosiy hayotga tortilishi g‘oyasi ilgari surildi. Shu narsa haqiqatki, jamiyat rivojlanib borar ekan, odamlarning ongi ham o‘zgarishda davom etadi. Turmush tarzi yangilanadi, u zamonga moslashadi. Shu ma’noda o‘zbek ayollarini paranjidan ozod qilish muhim vazifalardan biri ekan

Доказательный фрагмент

«the 1920s and 1930s were a period in the history of the Soviet Union, aimed at radical changes in all spheres of social life, primarily at shaping the human mind on a new ideological basis.»

Образец извлечения

Демо-превью

the 1920s and 1930s were a period in the history of the Soviet Union, aimed at radical changes in all spheres of social life, primarily at shaping the human mind on a new ideological basis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
the eliminination of illiteracy, the upbringing of a new Soviet, the upbringing of a new Soviet intelligentsia, din va qadriyatlarga qarshi kurash, the fight against religion and values, san’at va madaniyat ustidan nazorat, fan va ta’limni sovetlashtirish, the echo of the cultural revolution in Uzbekistan., Keywords: the eliminination of illiteracy, the Sovietization of science and education, control over art culture, madaniy inqilobning O’zbekistondagi aks-sadosi., yangi sovet ziyolilarini tarbiyalash, Kalit so’zlar: savodsizlikni tugatish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники