Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLAR MA’NAVIY ONGI VA XULQIGA TA’SIR KO‘RSATISHNING PSIXOLOGIK USLUBLARI
Sayidova Dilfuza Elmurodovna · Jumayeva Mastura Ziyadovna
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Yosh avlodni barkamol, sog‘lom, Vatan tuyg‘usini xis qila oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oila psixologik muhitiga va ota-onaga bog‘liqdir. Bola uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiy- psixologik muhit, madaniy-ma`naviy va axloqiy qadriyatlar, an`analar, ijtimoiy-hayotiy tajribalar, ko‘nikma va malakalar manbaidir. Oila sog‘lom, barkamol insonni tarbiyalab voyaga etkazishda jamiyat oldida mas`uldir. Kalit so‘z: oila-jamiyat, barkamol avlod, tarbiya o‘chog‘i, bola tarbiyasi, farzandlar, axloq-odob,psixologik muhit, psixologik iqlim. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari oilada, biz yashab turgan mahalladan shakllanadi. Yurtimizning ertangi kuni, tinch va osoyishta hamda obod bo‘lishi eng avvalo mana shu kichik jamiyatda o‘sib- unayotgan farzandlarimizga bog‘liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi, ertangi kuni tinch va osoyishta bo‘ladi. O‘zbek oilasi a`zolarning barchasini savodxon, hozirgi imkoniyatlar ta’sirida o‘g‘il va qizlar bilimli, fikr mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo‘lib voyaga etmoqdalar. Bola tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy o‘zining “Turkiy guliston yoxud Axloq” kitobida quyidagi ibratli https://scientific-jl.com/luch/ 4 5 3 Часть-46_ Том-6_ июнь-2025 o‘g‘itlarni aytgan edi: “Tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvatlantirmak, zexnimizni ravshanlashtirmak lozim” desak xató bo‘lmaydi. Ushbu jarayonga, ya’ni tarbiya masalasiga o‘z vaqtida jiddiy e’tibor qaratmasak, ertaga kech bo‘lishi, tuzatib bo‘lmas darajadagi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Zero, qo‘shimcha qilgan holda tarbiya borasida taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan so‘zlarini aslo unutmasligimiz lozim.6 Oilada kattalarning obro‘si qo‘rqitish asosida emas, balki samimiylik, o‘zaro hurmat-ehtirom zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir.Oila a`zolarining inoqligi, o‘zaro hamjihatligi, kiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, o‘zga kishilar to‘g‘risidagi suhbatlari va ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg‘ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi. Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi, bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi, bo‘lajak fuqaroning huquq va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman va ruhan kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiy-ruxiy muhit, madaniy-ma`naviy va axloqiy qadriyatlar, an`analar, ijtimoiy-hayotiy tajribalar, ko‘nikma va malakalar manbaidir. Bu oilaviy tarbiya jarayonida sayqallanib boradi, tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat bo‘lib, tarbiyaning mazmuni, yo‘nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy munosabatlariga bog‘liq. Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga biron-bir tarzda qaraydigan bo‘ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o‘zining unga nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruhida tarbiya topadi, chunki oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta`sir ko‘rsatadi. Oiladagi ma`naviy-ruhiy muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oila a`zolarining turmush tarzi ko‘p hollarda farzandlarning ruhiy https://scientific-jl.com/luch/ 4 5 4 Часть-46_ Том-6_ июнь-2025 kayfiyati, tasavvuri va xissiyotlarini belgilab beradi. Demak oila sog‘lom, barkamol insonni tarbiyalab voyaga etkazishda jamiyat oldida mas`uldir. Oilada tarbiya topgan xar bir inson har jihatdan umuminsoniy ahloqiy, ilmiy, e`tiqod va boshqa sohalarda kamolatga yetgan hislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim, kamolot sari intilgan kishi asta-sekin olamni, o‘zligini taniy boshlaydi. Komillik insonning adolatli bo‘lishi, haqiqat va yaxshilikka intilishi, vijdonan pok, o‘z hatolarini anglab, ulardan xalos bo‘lishga xarakat qilishi demakdir, ma`naviyatni boyitish, iymon-e`tiqodli, aql-zakovatli bo‘lish kishilarni g‘aflatdan uyg‘otadi, barcha ezgu tilaklarini ro‘yobga chiqaradi. Yosh avlodni barkamol, sog‘lom, Vatan tuyg‘usini xis qila oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oilaga va ota-onaga bog‘liqdir. Yosh avlodda kelajakka bo‘lgan ishonch xissini uyg‘otish uchun esa, ajdodlarimizning ma`naviy-axloqiy merosini chuqur o‘rgatish, ularning iste`dodi va qobiliyatini buyuk maqsadlar sari yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, oilalarda moddiy boylikning ko‘payishi, undan ota-onalar va bolalarning noto‘g‘ri foydalanishi, o‘smirlarning bir qismida hayotga iste`molchilik, boqimandalik nuqtai-nazardan qarashni, tubanlikni, xudbinlikni keltirib chiqaradi, mehnatsiz boylik orttirish kayfiyati kuchayadi. Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim o'rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo'pol, dag'al so'zlar eshitib, kaltak yeb, psixologik taziqlar bilan katta bo'lsa, bu uning tabia
Доказательный фрагмент
«Yosh avlodni barkamol, sog‘lom, Vatan tuyg‘usini xis qila oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oila psixologik muhitiga va ota-onaga bog‘liqdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюYosh avlodni barkamol, sog‘lom, Vatan tuyg‘usini xis qila oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oila psixologik muhitiga va ota-onaga bog‘liqdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ahloqiy ta’sir shakli va metodlari, Kalit so‘zlar: uzluksiz ma’naviy tarbiya, ustuvor ma’naviy fazilatlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025