Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY ADABIYOTDA METAFORIK IFODALARNING QO‘LLANILISHI (SHOIRA ZULFIYANING “BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB..” SHE’RI ASOSIDA)
SHE’RI ASOSIDA) · Qobuljonova Robiya
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada metafora tushunchasi, turlari, badiiy asarlarda metaforalarning ishlatilishi, uning asarda qanday vazifani bajarishi haqida o‘rganildi. Shoira Zulfiyaning ijodiga mansub she’rda ishlatilgan metaforik ifodalar tahlil qilindi, boshqa adabiyotlarda qo‘llanilgan metaforalar haqida ma’lumotlar berildi. Kalit so‘zlar: metafora, badiiy adabiyot, obrazlilik, ta’sirchanlik, she’r, iste’dod, o‘xshatish. Badiiy adabiyotda metaforalarning ahamiyati katta hisoblanadi. Sababi, ular nutqni o‘quvchiga ta’sirchan, obrazli va aniq yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Metaforalarni asarda qo‘llash orqali muallif oddiy so‘zlar bilan aytib bo‘lmaydigan chuqur g‘oyalarni ham ifoda eta oladi. "Metafora-bu stilistik figura bo‘lib, u tilning badiiy estetik imkoniyatlarini kengaytiradi va adabiy matnning obrazliligi va ekspressivligini oshiradi[1]". Metafora ikki narsaning bir-biriga o‘xshashligi asosida bir so‘z bilan ikkinchisini atash hisoblanib, u so‘z ma’nosini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bunda narsa o‘z xususiyati, shakl, harakat, rang, hid, hajm va shu kabi biron belgisiga ko‘ra boshqa shu xususiyatlarga ega bo‘lgan narsaning nomini oladi[2]. Metafora hosil qilinganda predmetlar uchun umumiy bo‘lgan belgi tushuncha saqlanib qoladi. Masalan, "suvning boshi" metaforasi inson tana a’zolariga nisbatan shakllangan. Bunda "bosh" so’zi -inson tanasining eng yuqori qismi- suvning https://scientific-jl.com/luch/ 3 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 boshlanish nuqtasiga qiyoslanib ko‘chirilgan. "Achchiq gap[3]" metaforasi esa turli taassurotlar o‘xshashligiga ko‘ra tashkil topgan. "Achchiq" so‘zi yoqimsiz, og’ir, g’amli kabi ma‘nolarni berib, aytilgan gapning g’amliliga o‘xshatilib, tuzilgan. Badiiy asarlarda metaforalar o‘quvchida kuchli hissiyot uyg‘otadi, bu esa ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi. Misol uchun, "Hope is the thing with feathers that perches in the soul, And sings the tune without the words, And never stops at all [4]"(umid bir patli jonzoddir, qalblarda in quradi va so‘zsiz kuylay oladi, hech qachon to‘xtamaydi) gapida "umid" qushga o‘xshatilmoqda, go‘yoki u so‘zsiz tasalli beradi va hech qachon butkul yo‘qolib ketmaydi. Bu orqali shoir umidning inson hayotidagi barqarorligi, quvvat beruvchi tabiati va ichki quvvat manbai ekanini ko‘rsatadi. O‘zbek adabiyotiga nazar soladigan bo‘lsak, juda ko‘plab shoir va yozuvchilar o‘z asarlarida metaforalardan mohirona foydalanganining guvohi bo‘lamiz. Shu sababdan ularning asarlarini o‘quvchi o‘qigan sari yana o‘qishni xohlaydi. Shunday shoiralardan biri sifatida Zulfiyaxonimni ham keltirish mumkin. Uning ko‘plab she’rlari, ayniqsa, "Bahor keldi , seni so‘roqlab.." she’ri ta’sirchanligi, obrazliligi bilan ko‘plab o‘quvchilarning qalbida qolgandir. "Salqin saharlarda, bodom gulida Binafsha labida, yerlarda bahor.." Ushbu satrlarda ishlatilgan "binafsha labi" , "bodom guli" metaforalari ham yuqorida aytib o‘tilganidek she’rni yanada obrazli hamda jozibador qilishga xizmat qilmoqda. Tahlilga kelsak, "binafsha labi" metaforasi orqali shoira bahor faslining nafisligi ohangraboligini, "bodom guli" orqali esa go‘zallik , yangilanish, noziklikni ifodalamoqda. Bodom daraxtining gullashi bahor faslining ilk belgilaridan biri sifatida tilga olinmoqda. "...Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi, Ko'zlaringga surtib o‘parding uni.." misralarida qo‘llanilgan "uyg’ongan kurtak" metaforasi kurtaklarnimg bahorda ochilishiga ishora qilmoqda. Bu timsol yangilanish, tiriklik kabi tushunchalarni ifodalaydi. "Qishning yoqasidan tutib https://scientific-jl.com/luch/ 4 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 so‘radi seni, Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.." - bu misralarda qish ham xuddi tirikdek tasvirlanmoqda, go‘yoki bahor kelib shoir sevgilisi haqida qishni so‘roqqa tutadi. Bundan kelib chiqadiki, sovuq va qahraton (qish), hayot , iliqlik va sevgi (bahor/sevgili) tushunchalari orqali she’rning obrazliligi oshirilgan. "Topmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldiyu, jarliklarga olib ketdi boshini , Farhod tog’laridan daraging izlab, Soylarga qulatdi tog’ning toshini" - bahorning yor sevgilisini topa olmay boshini jarliklarga olib ketishi, alamdan Farhod tog’laridan toshlarni qulatishi kabi misralardan shoira o’quvchining tasavvurida har bir manzarani chizib berish uchun metaforik ifodalardan mohirlik bilan foydalanganini ko‘rishimiz mumkin. Umumiy qilib aytganda, ushbu she’rning har bir misrasida metaforik ifodalar qo‘llanganini, ular esa she‘rni yanada jozibador bo‘lishini ta’minlayotganini o‘quvchi bir o‘qishdayoq payqay oladi. Metaforik ifodalardan nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki ingliz adabiyotida ham foydalanilgani ko'plab shoir ba yozuvchilarning asarlaridan ma’lumdir. Misol uchun, William Shekspirning" Shall I compare thee to a summer's day? Thou art more lovely and more temperate: Rough winds to shake the darling buds of May, And summer's lease hath all too short a date[5]" kabi metaforalarni ishlatilib yozgan asari ham ko‘plab o‘quvchilarning qalbidan joy olgan. Bu gaplarda "compare thee to a sum
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada metafora tushunchasi, turlari, badiiy asarlarda metaforalarning ishlatilishi, uning asarda qanday vazifani bajarishi haqida o‘rganildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada metafora tushunchasi, turlari, badiiy asarlarda metaforalarning ishlatilishi, uning asarda qanday vazifani bajarishi haqida o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy adabiyot, iste’dod, obrazlilik, she’r, ta’sirchanlik, Kalit so‘zlar: metafora, o‘xshatish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025