К содержанию
РецензированоUZ2025

OLIY TA’LIMDA YOSHLAR SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHDA BOSHQARUV MEXANIZMLARINING O‘RNI

Aripova Ziyoda Atxamovna

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

This article examines the role and practical impact of governance mechanisms in effectively implementing youth policy in the higher education system of Uzbekistan. Youth policy is considered one of the key priorities of the national agenda. Accordingly, higher education institutions are improving their management systems to engage students in socio-political life and support their professional and personal development. The article evaluates the effectiveness of existing governance models and highlights the specific features of youth engagement mechanisms based on modern technologies, digital monitoring, motivational programs, and psychological approaches. In addition, comparative analysis with international practices leads to the development of proposals that could be applied in the Uzbek context. The study presents recommendations for analyzing youth work in higher education, integrating modern governance approaches, and ensuring sustainability. https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 Keywords: higher education, youth policy, governance mechanisms, innovative approach, digital monitoring, student engagement, youth work, social institutions. Kirish. Bugungi globallashuv va texnologik rivojlanish sharoitida yoshlar bilan ishlash masalasi nafaqat ijtimoiy, balki strategik jihatdan ham muhim bo‘lib bormoqda. Oliy ta’lim muassasalari bu jarayonda asosiy subyekt sifatida maydonga chiqmoqda. Chunki aynan shu bosqichda yoshlar ijtimoiy, siyosiy va kasbiy ong shakllantiradi. Mamlakatimizda yoshlar siyosatini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, ushbu siyosatni amalga oshirishda boshqaruv mexanizmlarining tizimli yo‘lga qo‘yilishi zaruratga aylanmoqda. Ushbu maqolada yoshlar siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda boshqaruv uslublari, institutlararo hamkorlik, shuningdek, raqamli texnologiyalarning o‘rni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Adabiyotlarni o‘rganish. Yoshlar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish va uni boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslarni shakllantirishda avvalo ushbu sohaning normativ-huquqiy bazasi muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2020-yil 3-fevraldagi PF–5938-son Farmoni, 2016-yil 14- sentabrdagi “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Oliy ta’lim muassasalarining ichki nizomlari yoshlar bilan ishlashning huquqiy asoslarini belgilab bermoqda. Ushbu huquqiy hujjatlar talabalarning ijtimoiy himoyasi, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda ijtimoiy institutlar bilan hamkorlikni boshqarish mexanizmlarini nazarda tutadi. Tadqiqot doirasida bir qator mahalliy va xorijiy mualliflarning nazariy ishlari tahlil qilindi. Jumladan, R. Xolmatov va G. Saidova yoshlar siyosatining institutsional modelini tahlil qilgan bo‘lsa, A. To‘rayev oliy ta’limda yoshlar bilan ishlashda boshqaruv yondashuvlari masalasini ko‘taradi. G‘arb olimlaridan J.S. https://scientific-jl.com/luch/ 2 2 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 Millning erkinlik va shaxsiy rivojlanish haqidagi g‘oyalari hamda M. Fukoning ijtimoiy nazorat va institutlar roli bo‘yicha ishlari yoshlar siyosatini falsafiy va nazariy jihatdan yoritishga xizmat qiladi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlarning hisobotlari va metodologik tavsiyalari tahlil qilindi. Masalan, BMT tomonidan ishlab chiqilgan "World Youth Report" [1], UNESCOning "Global Citizenship Education" konsepsiyasi [2], hamda OECDning "Youth Governance and Engagement" bo‘yicha hisobotlari [3] yoshlar siyosatini amalga oshirishda ilg‘or mamlakatlar tajribasini ochib beradi. Adabiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlashning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan boshqaruv modelining aniq yo‘naltirilganligi, raqamli axborot tizimlaridan foydalanish darajasi hamda ijtimoiy institutlar bilan integratsiya darajasiga bog‘liq. Shu sababli, tadqiqotning asosiy yo‘nalishi sifatida oliy ta’limda boshqaruv mexanizmlarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Asosiy qism. Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlashning boshqaruv mexanizmlari turli yo‘nalishlarni qamrab oladi va bu tizimning samaradorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Eng avvalo, strategik rejalashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har bir oliy ta’lim muassasasida yoshlar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha alohida strategiyalar va harakat rejalari ishlab chiqilishi lozim. Bu orqali yoshlarning ehtiyoj va muammolari aniqlanadi hamda aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar belgilanishi mumkin bo‘ladi. Boshqaruvning yana bir muhim tarkibiy qismi bu — axborot tizimlari va raqamli monitoringdir. Talabalar faolligi, ularning dolzarb muammolari va yutuqlarini doimiy monitoring qilish orqali erta ogohlantirish tizimini shakllantirish va zarur hollarda tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qil

Доказательный фрагмент

«This article examines the role and practical impact of governance mechanisms in effectively implementing youth policy in the higher education system of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the role and practical impact of governance mechanisms in effectively implementing youth policy in the higher education system of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
higher education, youth policy, governance mechanisms, youth work, молодежная политика, работа с молодежью, innovatsion yondashuv, инновационный подход, цифровой мониторинг, социальные институты., Ключевые слова: высшее образование, boshqaruv mexanizmlari, yoshlar siyosati, механизмы управления, innovative approach, Keywords: higher education, talabalar faolligi, digital monitoring, raqamli monitoring, ijtimoiy institutlar., social institutions., yoshlar bilan ishlash, студенческая активность, student engagement, Kalit so‘zlar: Oliy ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники