К содержанию
РецензированоUZ2025

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA INGLIZ TILI GRAMMATIKASINI O‘RGATISHNING SAMARALI USULLARI

Yahyoyeva Odinaxon Nu'monjon qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar yordamida ingliz tili grammatikasini o‘rgatishning samarali usullari tahlil qilinadi. Maqola an’anaviy ta’lim metodlari bilan solishtirganda, raqamli vositalarning ta’lim jarayoniga qo‘shgan ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Onlayn platformalar, mobil ilovalar, sun’iy intellekt tizimlari, virtual va kengaytirilgan haqiqat texnologiyalari orqali grammatika qoidalarini o‘rganish jarayonining interaktivligi, individual yondashuvi va amaliy qo‘llanilishi yoritiladi. Shuningdek, maqolada texnologiyalar yordamida til o‘rganishni samarali tashkil etishdagi imkoniyatlar va mavjud cheklovlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy texnologiyalar ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynashini, shu bilan birga, ularni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish zarurligini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar ingliz tili, Predloglar (Prepositions), grammatik funksiyalar, frazali fe’llar (Phrasal verbs), til o‘rganish ANNOTATION This article analyzes effective methods of teaching English grammar using modern technologies. It highlights the positive impact of digital tools on the learning process compared to traditional teaching methods. The article discusses how online platforms, mobile applications, artificial intelligence systems, as well as virtual and augmented reality technologies enhance the interactivity, individual approach, and practical application of grammar learning. Additionally, the study examines the opportunities and existing limitations in organizing effective language learning through technology. The findings emphasize the https://scientific-jl.com/luch/ 7 8 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 significant role of modern technologies in improving the quality of education and the necessity of their effective integration into the teaching process. Key words English language, prepositions, grammatical functions, phrasal verbs, language learning, teaching methods KIRISH So‘nggi o‘n yilliklarda ta’lim sohasida texnologiyalarning rivojlanishi o‘quv jarayonini tubdan o‘zgartirdi. Xususan, ingliz tilini o‘rgatishda an’anaviy metodlardan zamonaviy raqamli vositalarga o‘tish ta’lim sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ingliz tili bugungi kunda dunyoda eng ko‘p o‘rganiladigan va global kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. Shu bois, uning grammatikasi o‘rganilishidagi samaradorlik til o‘rganuvchilarning tilni to‘g‘ri, ravon va kontekstga mos ravishda qo‘llashida hal qiluvchi ahamiyatga ega. An’anaviy ta’lim metodlari, ya’ni ko‘p hollarda darslik va yozma mashqlar orqali grammatika qoidalarini o‘rgatish, bugungi kunda talabalar ehtiyojlariga javob bermay qolmoqda. Bu metodlar ko‘pincha o‘quvchilarda tilni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani pasaytiradi hamda ularning https://scientific-jl.com/luch/ 7 9 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 amaliy nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirishda yetarli natijalar bermaydi. Shu sababli, til o‘rganishda yangi yondashuvlar, xususan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ayni paytda katta ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy texnologiyalar, jumladan, mobil ilovalar, onlayn o‘quv platformalari, sun’iy intellekt asosidagi dasturlar, virtual va kengaytirilgan haqiqat texnologiyalari til o‘rgatishni interaktiv, qiziqarli va individual o‘rganish tajribasiga aylantirmoqda. Bu vositalar o‘quvchilarga grammatika qoidalarini nafaqat nazariy, balki real vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatini beradi. Masalan, onlayn testlar va o‘yinlar orqali o‘quvchilar o‘z bilimini darhol sinab ko‘rishi, xatolarini tuzatishi mumkin. Virtual haqiqat platformalari esa nutqiy vaziyatlarni real muhitga yaqinlashtirib, o‘rganuvchilarni tilni amalda qo‘llashga undaydi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan grammatikani tekshirish va tahlil qilish dasturlari o‘quvchilarga yozma va og‘zaki nutqda yuzaga keladigan xatolarni tezda aniqlash va to‘g‘rilashda yordam beradi. Bu esa o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi va tilni o‘rganish jarayonini yanada samarali qiladi. Bundan tashqari, onlayn platformalar va videokonferensiyalar yordamida o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida masofaviy muloqot imkoniyati yuzaga https://scientific-jl.com/luch/ 8 0 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 keladi, bu esa til o‘rganishni geografik chegaralardan mustaqil qiladi va ko‘proq insonlarga ta’lim olish imkonini beradi. Bu esa zamonaviy ta’limda global jarayonlar bilan hamohanglikda bo‘lishni ta’minlaydi. Shu sababli, zamonaviy texnologiyalar yordamida ingliz tili grammatikasini o‘rgatish metodikasini rivojlantirish va uni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bugungi kunda til ta’limi sifatini oshirish uchun muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning samarali usullari va amaliyotda qo‘llanishi ko‘rib chiqiladi hamda bu jarayonda yuzaga keladigan imkoniyatlar va cheklovlar tahlil qilinadi. TADQIQOT METODOLOGIYASI. Onlayn ta’lim platformalari va interaktiv kurslar. Bugungi kunda ta’lim sohasida onlayn platformala

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar yordamida ingliz tili grammatikasini o‘rgatishning samarali usullari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalar yordamida ingliz tili grammatikasini o‘rgatishning samarali usullari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
English language, prepositions, grammatical functions, phrasal, til o‘rganish, Predloglar (Prepositions), frazali fe’llar (Phrasal verbs), teaching methods, language learning, phrasal verbs, Kalit so‘zlar ingliz tili, Key words English language, grammatik funksiyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники