К содержанию
РецензированоUZ2025

YOZMA NUTQDA UCHRAYDIGAN MANTIQIY XATOLAR AHAMIYATI VA ULAR USTIDA ISHLASH

Usmonova Iroda Sobir qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Speech is a real manifestation of language, a means of communication and interaction between individuals, and the logicality of speech is one of the important features of oral and written speech, which is necessary for the correct and complete understanding of speech by the listener and ensures strong communication between people.The article discusses the logical aspect of speech, logical errors in written speech and methods for eliminating them. Key words: speech, clarity of speech, correctness of speech, logicality of speech, syntagmatic, linguistic factors, non-linguistic factors, lexical-semantic norm, syntactic norm, method. Nutq o‘z yuzaga chiqaruvchisi bo‘lmish so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning og‘zaki va yozma ko‘rinishdagi voqelangan, https://scientific-jl.com/luch/ 9 7 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 reallashgan ko‘rinishi bo‘lib, u faqatgina tilga bog‘liq hodisa hisoblanmasdan ham psixologik, ham estetik hodisadir. Shuning uchun har qanday unga nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va o‘qirmanga u orqali yetkazilmoqchi bo‘lgan axborotning to‘liq hamda to‘g‘ri yetib borishi, shu bilan birga ma’lum ta’sir ko‘rsatishi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra yuqoridagi vazifalarning amalga oshirilishida nutq oldiga ayrim talablar qo‘yiladiki, bu talablar tilning grammatik qurilishi jihatidan nutqning to‘g‘ri bo‘lishini, so‘zlar ko‘zda tutilgan ma’noni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va ta’sirchan bo‘lishini taqozo qiladi hamda ular nutqning asosiy xususiyatlari sifatida qaraladi. Bularga nutqning tо‘g‘riligi, nutqning aniqligi, nutqning mantiqiyligi, nutqning sofligi, nutqning boyligi, nutqning jo‘yaliligi, nuqtning ifodaliligi kabilar kiradi. Yuqoridagi xususiyatlar ichida nutqning mantiqiyligi nutqning tinglovchi tomonidan to‘g‘ri va to‘liq anglanilishi uchun zaruriy bo‘lgan sifatlardan biri ekanligi, yozma nutqning ham shakliy, ham ma’noviy tomonlariga birdek ta’sir ko‘rsatishi va nutq uchun talab sifatida qo‘yilgan bir qancha xususiyatlarni o‘zida jamlaganligi bilan ahamiyatlidir. Mantiqiylikdan holi bo‘lgan nutq kishilar o‘rtasidagi tayinli aloqani ta’minlay olmaydi. Mantiqiy nutq deb yaxlit bir tizim asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bo‘lgan, har bir soz, ibora maqsadga muvofiq ravishda ishlatiladigan nutqqa aytiladi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari bo‘lgan to‘g‘rilik va aniqlik bilan chambarchas bog‘langandir. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug‘aviy birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o‘quvchiga ifodalanayotgan fikming to‘liq yetib bormasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga olib keladi. Nutqni tuzishdagi e’tiborsizlik natijasida ba’zan mantiqsizlik yuz beradi. Quyidagi misolga e’tibor qiling «Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajaradilar» (Gazetadan). Gapda so‘zlarning tartibi to‘g‘ri bo‘lmaganligi, «olti oylik» https://scientific-jl.com/luch/ 9 8 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 birikmasining «sotish» so‘zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetyapti, hatto xato fikr ifodalanyapti [1.56]. Shu o‘rinda «sotish» so‘zining o‘rniga “yetkazib berish” qurilmasi qo‘llanganda yanada o‘rinli bo‘lardi. Nutqda uchraydigan mantiqiy xatolar, eng avvalo, nutq so‘zlovchi va yozuvchining tafakkur qobiliyati bilan bog‘liq hisoblanadi. Shuning sababli ham yuqorida ta’kidlaganimizdek, mantiqiylik faqatgina lisoniy hodisagina emas, balki tafakkur bilan bevosita aloqador bo‘lgan hodisadir. So‘zlarning o‘zi ifodalayotgan narsa-hodisalarga mos tarzda fikrning aniq va to‘g‘ri ifodalanishi narsa (predmet) mantiqiyligi bo‘lsa, so‘z birikmalari, gaplar, hatto butun-butun matnlarning bir-biriga mosligi, fikrni izchil davom ettirishga bo‘ysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir [2]. Nutq mantiqiyligidagi bu jihatlar bevosita yozma ish turlaridan, ayniqsa, bayon, insho va esse uchun taalluqli bo‘lib, bu turdagi yozma ishlar ijodiy yondashuv asosida bir-biriga bog‘lanishli, izchil matnlar yaratish orqali yozma nutq ko‘rinishini yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Bu jarayonda esa fikrning tarkibi va qurilishining to‘g‘ri ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosini tashkil etadi. So‘zlovchi, eng avvalo, bayon etmoqchi bo‘lgan fikrini, bildirmoqchi bo‘lgan xabarini va u bilan bog‘liq tafsilotlarni, ayni paytda mantiq qonuniyatlarini yetarli darajada tasavvur etmas ekan, u mantiqli nutq tuza olmaydi. Mantiqiy nutq tuzish uchun so‘zlovchi fikr predmetini atroflicha bilishi, mantiqiy tafakkur qoidalaridan boxabar bo‘lish kabi g‘arilisoniy talablar bilan bir qatorda til birliklarining leksik-semantik mohiyati, ularning sintagmatik xususiyati kabi lisoniy bilimlarni ham nazardan qochirmasligi kerak. [2.21] Yuqoridagi fikrlardan anglashiladiki, nutqda mantiqiy xatolarning yuzaga kelishi turli lisoniy va g‘ayrilisoniy omillarga bog‘liq ekan. G‘ayrlisoniy https://scientific-jl.com/luch/ 9 9 Час

Доказательный фрагмент

«Speech is a real manifestation of language, a means of communication and interaction between individuals, and the logicality of speech is one of the important features of oral and written speech, which is necessary fo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Speech is a real manifestation of language, a means of communication and interaction between individuals, and the logicality of speech is one of the important features of oral and written speech, which is necessary fo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech, clarity of speech, correctness of speech, logicality of, logicality of speech, syntactic norm, syntagmatic, leksik-semantik me’yor, non-linguistic factors, lexical-semantic norm, nutqning mantiqiyligi, sintaktik me’yor, sintagmatik, method., nutqning to‘g‘riligi, metod., Key words: speech, g‘ayrilisoniy omillar, Kalit so‘zlar: nutq, lisoniy omillar, linguistic factors, nutqning aniqligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники