К содержанию
РецензированоRU2025

SA`DIY SHEROZIY “GULISTON” ASARINING SHARQ ADABIYOTIDA TUTGAN O`RNI.

ADABIYOTIDA TUTGAN O`RNI. · Xoliqulova Zarnigor Azim qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

This article analyzes the content and essence of the stories and verses in the work "Gulistan", which occupies an important place in the history of Persian literature, as well as its position in Eastern literature, by the writer, poet, https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 7 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 and thinker Sheikh Muslihiddin Sa`di Shirazi, who is revered as the pioneer and master of the ghazal genre. Keywords: Sheikh, moral-didactic works, classical literature, "Guliston", "Boston", Eastern literature, Persian-Tajik classical poetry. Yillar davomida insonlar ta`lim va tarbiyaning katta qismini ma`naviy qadriyatlardan, jumladan, buyuk mutafakkirlarning pand-nasihat, o`gitlardan iborat bo`lgan asarlari orqali olib kelgan. Xalqimiz tarixida ajdodlarimiz tomonidan ta`lim-tarbiya, axloq va odob masalalariga bag`ishlangan axloqiy- didaktik mavzudagi ko`plab asarlar yaratilgan. Bunga misol qilib Yusuf xos Hojibning “Qutadg`u bilig”, Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq”, Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, Kaykovusning “Qobusnoma” va shu bilan bir qatorda Sa`diy Sheroziyning “Guliston” va “Bo`ston” asarlarini ham olishimiz mumkin. Sharq klassik adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri bo`lgan Sa`diy Sheroziy o`rta va yaqin Sharq o`lkalarida Shayx Sa`diy nomi bilan mashhur bo`lgan. Uning g`azallardagi har bir misrada chuqur ma`no, go`zal ohang va shu bilan birgalikda og`ir dard motivi yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham shoirni Eronda qanchalar sevsalar, Turkistonda ham shuncha sevadilar. Eron-u Turkistonni qo`ying, fransuz Volter, nemis Gyotelar ham o`z asarlarida uning she`rlariga murojaat qilgan. O`z davrida uning ko`plab asarlari o`zbek maktablarida darslik sifatida o`tilgan. Sa`diy Sheroziy umrining 20 yildan ko`prog`i sayohatda o`tgan. Bu sayohatlari davomida ko`rgan- bilganlarini umumlashtirib, sayqallab “Bo`ston” hamda “Guliston” asarlariga ixcham hikoyalar qilib kiritgan. Fors-tojik adabiyoti tarixida Sa`diy Sheroziyning “Guliston” asari juda katta ahamiyatga ega. Ushbu asar o`ziga xos didaktik hikoyalar va she`riy aforizmlar to`plamidir. Kitob 8 bobdan iborat. Asarda insoniyatning axloqiy fazilatlari, do`stlik, sabr-toqat, adolat va xushmuomalalik kabi mavzular muhokama qilinadi. Bundan tashqari asarda jahongashta shoir o`z hayotida ko`rgan, bilgan voqealarni bayon etib, ulardan https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 8 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 axloqiy xulosalar chiqaradi. Undagi qisqa-qisqa hikoyalarda dunyo-dunyo ma`no bo`lgani uchun ham bu kitob jahon adabiyotining oltin fondiga kiritilgan. Adabiyotshunos olimlar nazdida fors-tojik klassik poeziyasining eng porloq asari Firdavsiyning “Shohnoma” asari bo`lsa, nasriy asarlarning eng yorqin na`munasi esa Sa`diy Sheroziyning “Guliston” asari hisoblanadi. Bu ta`limiy asarda yozuvchi o`z davridagi eng muhim va katta-katta siyosiy, iqtisodiy voqealarni aks ettirar, axloqiy talqin etar ekan, o`sha davr kishilarining xilma-xil obrazlarini yaratadiki, bu obrazlarning umumlashtiruvchi kuchi ham, tasir doirasi ham shoirning o`z yurti va davri chegarasidan chiqib ketadi. Asardagi davr orzulari umumbashariyat orzulari bilan hamohang. Asarda keltirib o`tilgan fiklarga isbot va dalil sifatida shu mavzuga bog`liq bo`lgan hikoyatlar ham berilgan. Asardagi “Baliq va tovuq” hikoyasida o`z hayotini saqlash uchun tovuqqa qarshi kurashgan baliq obrazi uchraydi. Hikoya insonning hayotdagi qiyinchiliklarga qarshi turishi va o`z maqsadlari uchun kurashish zarurligini ta`kidlaydi. “Hikmatli it” hikoyasida esa bir it o`zining sadoqatini va do`stligini ko`rsatadi. U egasiga sidqi dildan xizmat qiladi va uni qiyinchiliklardan qutqaradi. Hikoya sadoqat, do`stlik va fidoiylikning ahamiyatini o`rgatadi. Asarda o`z qobiliyatlari va imkoniyatlari haqida ko`plab qo`rquv va shubhalar bilan yashab, xavfsiz bo`lsa ham talvasaga tushib behudaga shov-shuv solib boshqalarning ham tinchligini buzgan inson obrazi “Daryo ko`rmagan qul” hikoyatida yoritib berilgan. Ushbu hikoyada qul daryoni ko`rmagani uchun uning haqiqiy kuchi va imkoniyatlarini anglay olmaydi, bu esa qulning bilim va tajribasining cheklanganligini anglatadi. Sa`diy bu hikoya orqali o`quvchilarni o`z qo`rquvlarini yengib, hayotni to`liq kashf etishga chaqiradi. Bundan tashqari asarda yovuzlikka qarshi turish va o`z axloqiy qadriyatlarini himoya qilish mavzulari yoritilgan hikoya ham mavjud. “Yovuz bahor va toza kishi” hikoyasi aynan shu mavzuda bo`lib, unda yovuz bahor inson ustiga qanchadan qancha yomonliklar va https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 9 Часть-47_ Том-1_ июнь-2025 yovuzliklar qilsa ham toza kishi o`z ahdida sodiq turib, yozuvlikka qarshi kurashadi. Asarda hikoyatlardan tashqari 595 taga yaqin fors tilidagi qisqa she`rlar mavjud bo`lib, ularning har biri ikki baytdan ozroq, ruboiy shaklida ham uchraydi. Sa`diy asarning ba`zi joylarida hayotda yo`l topolmay qolgan kishilarni sargardonlikdan qutqarish, ularga to`g`ri yo`lni ko`rsatib berishni o`zining burchi hisoblaydi. U bir she`rida: Chu ko`rding k

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the content and essence of the stories and verses in the work "Gulistan", which occupies an important place in the history of Persian literature, as well as its position in Eastern literature, by…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the content and essence of the stories and verses in the work "Gulistan", which occupies an important place in the history of Persian literature, as well as its position in Eastern literature, by… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sheikh, moral-didactic works, classical literature, "Guliston", восточная литература, нравственно-дидактические произведения, «Гулистон», Keywords: Sheikh, Kalit so`zlar: Shayx, fors-tojik klassik poeziyasi., axloqiy- didaktik asarlar, классическая литература, «Бостон», персидско-таджикская классическая поэзия., “Bo`ston”, klassik adabiyot, Sharq adabiyoti, “Guliston”, Ключевые слова: Шейх
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники