Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VATAN TARAQQIYOTIDA FUQARONING IJTIMOIY MAS’ULIYATI
Egamov Behzod Sharifjon o‘g‘li
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
В данной статье анализируется роль гражданской ответственности в развитии общества, особенно в условиях современных реформ, где активное участие личности рассматривается как важнейший фактор. Рассматриваются пути внесения вклада в устойчивое развитие общества через повышение личного сознания и мышления, экологическую и нравственную ответственность, стремление к справедливости и социальную активность. Ключевые слова: гражданская ответственность, патриотизм, сознание и мышление, социальная активность, национальное развитие. Annotation:This article analyzes the role of civic responsibility in the development of society, particularly in the context of ongoing reforms where active individual participation is considered a key factor. It explores ways to contribute to https://scientific-jl.com/luch/ 5 2 8 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 sustainable social development through the enhancement of personal awareness and thinking, ecological and moral responsibility, commitment to justice, and social engagement. Keywords: civic responsibility, patriotism, awareness and thinking, social activity, national development. Kirish.Bugungi globallashuv jarayonlari, texnologik yuksalish va siyosiy- ijtimoiy islohotlar fonida har bir davlat taraqqiyoti, eng avvalo, uning fuqarolarining ongli ishtiroki va mas’uliyat darajasiga bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa, jadal rivojlanayotgan zamonaviy O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi ostida shakllanayotgan fuqarolik jamiyati shunday bir muhitni yaratmoqda-ki, bunda har bir fuqaro o‘zini jamiyat taraqqiyotining faol subyekti sifatida anglashga intilishi kerak. Vatan – bu faqat ma’muriy-hududiy birlik emas, balki tarix, madaniyat, til, urf-odatlar, or-nomus, milliy g‘urur va ajdodlardan meros bo‘lib qolgan ma’naviy qadriyatlar tizimidir. Demak, Vatanga muhabbat, unga xizmat qilish, uni ko‘klarga ko‘tarish har bir fuqaroning burchi va sharafli vazifasidir. Vatanga bo‘lgan sadoqat, uni yanada obod qilishga intilish, doimiy harakatda bo‘lish mas’uliyat hissi bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, mas’uliyat – bu o‘z harakati uchun javob berish, qarorlar va xatti-harakatlar oqibatini anglash va ularni jamiyat manfaatlariga muvofiq tarzda amalga oshirish demakdir.Aynan mas’uliyatli fuqaroligina insonni befarqlikdan, loqaydlikdan, jamiyatga nisbatan lozim darajada e’tiborsizlikdan asraydi. Shaxsiy mas’uliyat, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik kabi fazilatlar jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantiradi, taraqqiyot poydevorini mustahkamlaydi. Ayniqsa, yosh avlodni ana shunday ijtimoiy mas’uliyat bilan kamol toptirish – ertangi kunimiz poydevorini hozirdanoq barpo etish bilan barobar. https://scientific-jl.com/luch/ 5 2 9 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 Vatan taraqqiyotini nafaqat siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, balki har bir fuqaroning o‘z ishi, kasbi, jamiyatdagi roli orqali hissasini qo‘shishi belgilaydi. O‘qituvchi bilim berib, insonni tarbiyalaydi; shifokor inson salomatligini asraydi; muhandis infratuzilmani barpo etadi; dehqon rizq yaratadi. Ularning har biri – bir butun millat taraqqiyotining ajralmas halqasi hisoblanadi. Bunda har bir fuqaroning mas’uliyati – bu faqat shaxsiy burch emas, balki umumxalq yuksalishining zaruriy omilidir. Shu jihatdan, ushbu maqolada Vatan taraqqiyotida fuqarolik mas’uliyatining ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, bugungi islohotlar davrida har bir shaxsning o‘zini bu taraqqiyotda faol ishtirokchi sifatida anglash zarurligi ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot metodologiyasi.Mazkur tadqiqotda vatan taraqqiyotida fuqaroning ijtimoiy mas’uliyati qanday ifodalanayotgani, bu tushunchaning amaliy va nazariy asoslari, uni kuchaytirish omillari va dolzarbligi o‘rganildi. Shuningdek, fuqarolik pozitsiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va shaxsning jamiyatdagi faollik darajasi zamonaviy ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kontekstida tahlil qilindi. Tadqiqot quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlar asosida amalga oshirildi: 1. Tahliliy (analitik) yondashuv. Tahliliy yondashuv orqali mas’uliyat tushunchasining ma’naviy-axloqiy, huquqiy va psixologik qirralari ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. Jumladan, ijtimoiy falsafa, siyosatshunoslik, huquqshunoslik va psixologiya sohalaridagi adabiyotlar tahlil qilindi. Har bir fuqaroning jamiyat hayotidagi o‘rni va bu o‘rinni qanday ijobiy yo‘nalishga burish mumkinligi asoslantirildi. 2. Sotsiologik usul. Fuqarolarning ijtimoiy mas’uliyatga nisbatan munosabatini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovlar, intervyular va kuzatuvlar usulidan foydalanildi. Jumladan, 18–35 yoshdagi shaxslar orasida jamiyatdagi islohotlarda ishtirok etish darajasi, atrof-muhitga bo‘lgan munosabat, ijtimoiy https://scientific-jl.com/luch/ 5 3 0 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 adolat masalalariga befarqlik darajasi aniqlashga urunildi. Ushbu yondashuv orqali zamonaviy yoshlarning Vatan taraqqiyotiga munosabati aks ettirildi. 3. Komparativ (taqqoslash) usul. O‘zbekiston misoli
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируется роль гражданской ответственности в развитии общества, особенно в условиях современных реформ, где активное участие личности рассматривается как важнейший фактор.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируется роль гражданской ответственности в развитии общества, особенно в условиях современных реформ, где активное участие личности рассматривается как важнейший фактор. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- civic responsibility, patriotism, awareness and thinking, social, social activity, сознание и мышление, milliy taraqqiyot., ong va tafakkur, Ключевые слова: гражданская ответственность, социальная активность, Keywords: civic responsibility, national development., vatanparvarlik, Kalit so‘zlar: fuqaro mas’uliyati, национальное развитие., патриотизм, ijtimoiy faollik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014