Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOYA O‘SİMLİGİNİNG BİOLOGİYASİ FOYDALİ XUSUSİYATİ, YЕTİSHTİRİSH TEXNOLOGİYASİ
YЕTİSHTİRİSH TEXNOLOGİYASİ · Saksanboyeva Mushtariy Lochinbek qizi (Andijon qishloq xo‘jaligi va Agrotexnologiyalar instituti)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
The article discusses the origin, habitat, distribution, morphology, selection of soybeans, and, it should be noted, the medicinal properties and products obtained from them are also of great importance. Kalit so‘zlar: Soya, o‘suv davri , navlari, poya tarqalishi, barg , foydaliligi, tarkibi, Ключевые слова: Соя, вегетационный период, сорта, стеблеобразование, лист, полезность, состав, Keywords: Soybean, growing season, varieties, stem distribution, leaf, usefulness, composition, Dunyo miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda agrar sohaning o‘rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Respublikamizda dehqonchilik madaniyatini yuksaltirish fan texnika yutuqlari va ilg‘or tajribasini ishlab chiqarishga keng joriy qilish evaziga ekinlarning hosildorligini oshirish, uning sifatini yaxshilash, ayniqsa mamlakatimizda don mustaqilligini ta’minlash https://scientific-jl.com/luch/ 1 9 Часть-47_ Том-3_ июнь-2025 ustida katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublika aholisini oziq-ovqat, birinchi navbatda don mahsulotlari bilan to‘la ta’minlash vazifasini bajarish muhim ahamiyatga molik vazifa hisoblanadi. Mamlakatimizda soya moyli ekinlar maydonlarining kengaytirilishi va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarning ko‘payishi aholining yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish hamda chorvachilikni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida o‘simlik oqsilini ishlab chiqish va ta’minlash eng katta muammolardan hisoblanadi. Bu muammoni еchishda dukkakli don ekinlaridan soya o‘simligining ahamiyati kattadir. Soya o‘simligi dukkakli-don ekinlari oilasiga mansub, bir yillik o‘simlik, vatani Markaziy Osiyo hisoblanadi. Soya oziq-ovqat, еm tayyorlashda va tuproq unumdorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Soya doni tarkibida 38-52 % oqsil, 22-25 % yog‘, yog‘ tarkibida turli vitaminlar, poxolida esa 4-5% oqsil va 5 % gacha yog‘ bo‘ladi. Soya donida oqsilni ko‘pligi jihatidan bug‘doy donidan 2,5, makkajo‘xori donidan esa 3,5 barobar yuqori turadi va soya donining oqsili tarkibida 10 dan ortiq aminokislotalar mavjud. Ko‘k massasi esa chorva mollariga oziq bo‘ladi. Soya ildizlarida barcha dukkakli o‘simliklarning ildizlaridagi kabi havodagi azotdan foydalana oladigan tuganaklar rivojlanadi. Soya o‘simligi ildizidagi rizobiol bakteriyalar hosil qilgan tuganaklar tufayli har gektarda 150- 250 kilogrammgacha sof azot to‘playdi. Soya yorug‘lik, issiqlik va namlikni sevadigan juda qadimiy ekin hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo dehqonchiligida katta maydonlarni egallaydigan ekinlarning har biri, ularni ko‘p tarmoqli ekanligidan kelib chiqib ekin maydoni belgilanadi. Ekin maydonlaringa ko‘ra soya ekini bug‘doy, sholi, makkajo‘xoridan keyingi o‘rinni egallaydi. Maʼlumotlarga ko‘ra, soya dunyo mamlakatlarida 100 mln. gektarga yaqin maydonga ekilib, еr shari aholisining 53 foizi faqatgina soya moyini isteʼmol qiladi. Soya o‘simligi doni va oqsilidan to‘rt yuzdan ziyod turli xil mahsulotlar tayyorlanadi va ular xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlatiladi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 Часть-47_ Том-3_ июнь-2025 Soyaning kimyoviy tarkibida uning inson organizmi tomonidan eng tez hazm bo‘lishi, zararsizligi bilan paxta va boshqa o‘simliklar moyidan ustun turadi. Doni tarkibida 45% gacha oqsil va 25 foizgacha o‘simlik moyi saqlaydi. Shuningdek, soya doni tarkibida hayvon oqsilida uchraydigan barcha almashlab bo‘lmaydigan aminokislotalarni saqlaydi. Shuning uchun soya oqsilidan sut, qatiq, tvorog, pishloq, turli xil go‘shtlar, ekologik toza sifatli moy, tuxum poroshogi (tarkibida letsitin moddasi saqlaydigan) olish mumkin. Soya oqsilidan qon plazmalari, ko‘z oynaklar uchun sifatli linzalar olinadi. Bundan tashqari jun gazlamalar ishlab chiqiladi. Soya uni qo‘shib tayyorlangan non mahsulotlari qotib qolmaydi va ular 4-5 kun davomida yumshoq bo‘lib turadi hamda faqat bug‘doy unidan pishirilgan nonlarga qaraganda ikki marta to‘yimli hisoblanadi. Chorvachilikda soya mahsulotlari, eng sifatli va tuyimli еm-xashak ozuqalari bo‘lib hisoblanadi. Soya doni tarkibidagi proteinga ko‘ra 100 kg. soya doni 134,8 ozuqa birligi saqlaydi. Bu ko‘rsatkich boshqa bironta donli yoki dukkakli ekinda uchramaydi. Soya donidan moy zavodlarda moy ajratib olingandan so‘ng qolgan shroti tarkibida 14 xil aminokislota mavjud bo‘ladi. Ana shu moddalar 3 kunlik jo‘jalar uchun aminokislotalarga boy ozuqa sifatida tavsiya qilinadi. Katta tovuqchilik fermalarida soya shroti bilan oziqlantirilganda ulardan olinadigan tuxum soni ortadi. Soya oqsilidan ipakchilikda ham ozuqa sifatida foydalaniladi. Masalan Yaponiyada bir yilda besh martagacha ipak qurti boqiladi. Bunda, soya oqsilidan suyultirilgan pastalar tayyorlanib qurtlar oziqlantiriladi. Bu o‘simlik tuproq unumdorligini oshirish borasida ham eng muhim ekinlardan biridir. Soya dukkakli o‘simlik sifatida o‘z ildizlari orqali havodan sof azotni o‘zlashtirib oladi va tuproqni azot bilan boyitadi. Soya bugungi kun dehqonch
Доказательный фрагмент
«The article discusses the origin, habitat, distribution, morphology, selection of soybeans, and, it should be noted, the medicinal properties and products obtained from them are also of great importance.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article discusses the origin, habitat, distribution, morphology, selection of soybeans, and, it should be noted, the medicinal properties and products obtained from them are also of great importance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Soybean, growing season, varieties, stem distribution, leaf, вегетационный период, poya tarqalishi, сорта, barg, лист, стеблеобразование, tarkibi, navlari, o‘suv davri, foydaliligi, состав, Keywords: Soybean, usefulness, Ключевые слова: Соя, composition, Kalit so‘zlar: Soya, полезность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025