Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISHLOQ XO‘JALIGIDA SELEKSIYA EKINLARINING TASHKIL QILISH VA NAV SINASH TURLARI
Xayitbekova Muxlisa Mirkomiljon qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article discusses the organization of plant breeding in agriculture and the types of variety testing for crops. It outlines the scientific foundations of selection, the stages of developing new varieties, and their implementation in practice. The article also analyzes the criteria for variety testing, including ecological and geographical conditions, yield, quality indicators, and https://scientific-jl.com/luch/ 2 4 Часть-47_ Том-3_ июнь-2025 resistance to pests. It serves as a valuable resource for professionals in plant breeding and seed production, as well as for students by providing both theoretical knowledge and practical skills. Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jaligi, selegsiya, nav, nav sinash, yangi nav, ekologiya, geografiya, urug‘chilik sohasi, nazariy va amaliy ko‘nikmalar. Ключые слова: сельское хозяйство, селекция, сорт, испытание сортов, новый сорт, экология, география, семеноводство, теоретические навыки, практические навыки. Keywords: agriculture, selection, variety, variety testing, new variety, ecology, geography, seed production, theoretical skills, practical skills. Seleksiya ekinlarining xillari va vazifalari. Nav yaratishda seleksion ashyo turli bosqichlarda tekshirishdan o‘tishi kerak, uning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tish tartibi seleksioner ixtiyoridagi urug‘likning miqdoriga qarab belgilanadi. Duragay seleksion ko‘chatzorlarga ekiladigan urug‘lar grammlar bilan o‘lchansa, nav sinashda asta-sekin ko‘payib, bir necha kilogramma yetadi. Urug‘i ko‘p bo‘lgan raqamlar seleksiya jarayonining ayrim bosqichlarini chetlab o‘tishi, urug‘i kam bo‘lganda esa bir bosqichda bir necha yil turib qolishi mumkin. Seleksion ekinlar asosan 3 xilga bo‘linadi: ko‘chatzorlardagi, nav sinashdagi va istiqbolli navlami dastlabki ko‘paytirishdagi ekinlar. Ko‘pchilik ko‘chatzorlardagi seleksion raqamlarning urug‘i juda kam bo‘lib, kichik bo‘lakchalarga ekiladi. Ularning asosiy vazifasi - seleksion ashyoni dastlab o‘rganish urug‘ini ko‘paytirish va mahsuldorligiga qarab baholashdan iborat. Nav sinashning asosiy vazifasi yaratilgan yangi navlarga ishlab chiqarishga yaqin bo‘lgan sharoitda har tomonlama baho berish Dastlabki ko‘paytirishning vazifasi esa yangi yaratilgan navlarni nav sofligini saqlagan holda urug‘ini etarlicha ko‘paytirishdir. Bunga eng yuqori ko‘payishi koeffisentiga erishishga harakat qilish kerak. https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 Часть-47_ Том-3_ июнь-2025 Maydon birligidan olingan hosilning ekish me'yoriga nisbati urug‘ning (o‘simlikning) ko‘payish koeffisenti deb ataladi. Masalan, ekish me'yori gektariga 1,0 s., tozalangan urug‘ hosili esa, gektaridan 30 s. boʻlganda ko‘payishi koeffisenti 30 ga teng bo‘ladi. Istiqbolli navlar urug‘ining ko‘payish koeffisenti yuqori bo‘lishi uchun ularni tuprog‘i eng unumdor dalaga keng qatorlab ekish, katta me'yorda o‘g‘it berish, sug‘orish kabi ishlar o‘z vaqtida amalga oshiriladi. Seleksiya jarayonining tartibi, ekinning biologik xususiyatlariga, seleksiya oldida turgan vazifalarga, navlarga (duragaylar) qo‘yiladigan talablarga, seleksionerlarning mahoratiga va boshqalarga bog‘liq. Seleksiya jarayonining umum qabul qilingan tartibi quyidagicha (1-jadval). Bu tartib ekinlarning changlanish usullariga qarab birmuncha o‘zgardi, chunki o‘zidan changlanuvchilarni yonma-yon ekib, ulardan olingan urug‘larni keyingi yillar ekish mumkin. Chetdan changlanuvchilarning ko‘chatzorda yonma-yon turganlardan olingan glami keyingi yili ekib bo‘lmaydi, chunki chetdan changlanish tufayli genetik soflik yo‘qoladi. Chetdan changlanuvchi o‘simliklar seleksiyasida seleksion ashyoni sofligini ta'minlash maqsadida, tanlab olingan raqamli va navlardan urug‘ olish uchun ularni bir-biridan ma'lum u uzoqlikda (cheklangan holda) o‘stirish kerak. Ko‘chatzorlar asosan 4 xil bo‘ladi: - boshlang‘ich ashyo ko‘chatzori; - seleksiya ko‘chatzori; - nazorat ko‘chatzori; - maxsus ko‘chatzori; - g‘o‘za seleksiyasi jarayonida quyidagi ko‘chatzorlardan foydalaniladi: - kolleksion ko‘chatzori; - ota-ona shakllarining ko‘chatzori. https://scientific-jl.com/luch/ 2 6 Часть-47_ Том-3_ июнь-2025 Duragaylarning birinchi, ikkinchi va undan keyingi avlodlarning ko‘chatzori seleksion ko‘chatzori sun'iy zararlangan sharoitda o‘simliklarni vertisilioz va fuzarioz so‘lishiga chidamliligini sinash ko‘chatzori. Boshlang‘ich ashyo koʻchatzori o‘z navbatida kolleksion ko‘chatzori va duragaylar ko‘chatzoridan iborat. Kolleksion ko‘chatzorida keltirilgan seleksion ashyolar o‘rganiladi va ularning ichidan eng yaxshilari (elita o‘simliklari) tanlab, seleksion ko‘chatzorga ekish uchun o‘tkaziladi. Bu ko‘chatzorda har bir ekining 200-300 va undan ko‘p namunalari ekilishi mumkin. Ular soni, seleksiya ishining maqsadi, yo‘nalishiga, seleksion tashkilotning yoki seleksionerning imkoniyatlariga va boshqalarga bog‘liq. Kolleksiyada ashyolar doimo to‘ldirilib, yangilanib turadi. Mavjud namunalarning hammasini bir yilda ekish shart emas. Odatda ularning yarmi yoki bir qismi ekiladi. Har bir namuna bo‘yicha yoppasi
Доказательный фрагмент
«This article discusses the organization of plant breeding in agriculture and the types of variety testing for crops.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the organization of plant breeding in agriculture and the types of variety testing for crops. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- agriculture, selection, variety, variety testing, new variety, nav, новый сорт, практические навыки., Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jaligi, nav sinash, geography, сорт, география, Keywords: agriculture, theoretical skills, Ключые слова: сельское хозяйство, экология, ecology, селекция, selegsiya, семеноводство, practical skills., seed production, испытание сортов, urug‘chilik sohasi, nazariy va amaliy ko‘nikmalar., теоретические навыки, geografiya, ekologiya, yangi nav
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025