К содержанию
РецензированоUZ2025

QORAMOLLAR GELMINTOZLARINI ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA USULLARIDA ANIQLASH

USULLARIDA ANIQLASH · Normamatov R. · Shirinova M. · G‘aniyev S.

Лучшие интеллектуальные исследования · 2 · 2025

Аннотация

Qoramollarda gelmintozlarning parazitlik qilishi chorvachilik sohasiga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Ushbu maqola qoramollarda gelmintozlar qo‘zg‘atuvchilarini aniqlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy diagnostika usullari haqida adabiyot ma’lumotlari tahlil qilingan. Maqolada diagnostika usullaridan an’anaviy diagnostika usuli, molekulyar diagnostika, serologik diagnostika, tasviriy diagnostika metodlari yoritib berilgan. Zamonaviy diagnostika usullarining chorvachilikdagi ahamiyati, gelmintlar keltirib chiqaruvchi kasalliklarni erta tashxislash, kasalliklarni davolash va chorvachilikda kelib chiqadigan iqtisodiy zararni oldini olish yordam beradi. Kalit so‘zlar: qoramollar, gelmintozlar, parazit, diagnostika, molekulyar diagnostika, serologik testlar, polimeraza zanjir reaksiyasi, ultratovush tekshiruvi. Kirish: Qoramollar chorvachilik sohasida, ko‘p miqdorda mahsulot va xom- ashyo olinadigan hayvonlardandir. Ularning sog‘ligi va mahsuldorligi butun mamlakat iqtisodi balki xo‘jaligining rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Kiyingi yillarda gelmintozlarning – juda ko‘plab turlari qoramollar orasida orasida https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 4 Часть-47_ Том-3_ июнь-2025 keng tarqalgan. Kasallik oqibatida qoramolning umumiy holatini yomonlashishi, mahsuldorligini pasayishi, va bir qancha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘ladi va natijada qoramolchilikka katta iqtisodiy zarar keltiradi. Gelmintozlarni samarali davolash uchun ularga erta bosqichda to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash zarur. Ammo gelmintozlarning murakkab hayot sikli, turli xil parazitlik xususiyatlari hayvon organizmidagi diagnostikani qiyinlashtiradi. Shu sababli, faqatgina an’anaviy diagnostika usullariga tayanib qolmasdan, zamonaviy diagnostika metodlarini joriy qilish veterinariya sohasining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qoramollarda gelmintozlarning: asosiy uchta guruhi parazitlik qiladi. Trematodlar, sestodlar va nematodlar. Har bir guruhning o‘ziga xos hayot sikli va yashash joyiga ega bo‘lib, hayvonlarning turli organlarida parazitlik qiladi. Trematodalar. Trematodlar - oraliq xo‘jayinlari qisqichbaqalar, asosiy xo‘jayinlari qoramollarning jigar, o‘t yo‘llari va o‘pka kabi ichki organlarda parazitlik qiladi. Masalan, Fasciola hepatica keng tarqalgan parazit bo‘lib, jigarning shikastlanishi oqibatida qoramollarning kasallanishiga olib keladi. Sestodalar. Sestodalar - qoramollarning ichak tizimida parazitlik qiladi. Sestodozlarning Moniezia va Taenia turlari qoramollarda keng tarqalgan bo‘lib, hazm tizimida ozuqalarning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi va hayvonlarning umumiy holati yomonlashadi Nematodalar. Haemonchus, Ostertagia va Trichostrongylus kabi turlar qoramollarning ichak va o‘pkasida parazitlik qiladi. Ular ichki qon ketishlariga, anemiyaga, nafas olish qiyinlashuviga olib keladi. Gelmintozlar hayvonlarga zararli ta’sir ko‘rsatib, mahsuldorlikni pasaytiradi va iqtisodiy yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Shu bois ularni erta aniqlash va davolash chorvachilik va veterinariya mutaxassislarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 5 5 Часть-47_ Том-3_ июнь-2025 An’anaviy diagnostika usullari. An’anaviy diagnostikaning asosi mikroskopik tekshiruvlarga asoslanadi. Parazit tuxumlari yoki larvalari axlat namunalaridan yoki boshqa biologik patmateriallardan topiladi. Ushbu usul oson va arzon bo‘lsa-da, kam sezgirlikka ega va faqat parazitlarning ma’lum bosqichlarida samarali bo‘ladi. Bundan tashqari, mikroskopik diagnostika tekshiruvida parazitlarning tuxumlari ko‘rinishi bir-biriga o‘xshashligi, diagnostika aniqligini pasaytiradi. Shu tufayli an’anaviy tekshiruv usullarida kasallikning og‘ir bosqichlarida diagnostika samarali bo‘ladi Molekulyar diagnostika usullari. Molekulyar diagnostika, ayniqsa polimeraza zanjir reaksiyasi, qoramollarda gelmintoz qo‘zg‘atuvchilarini yangi va yuqori sezgirlikda diagnostika usuli hisoblanadi. Polimeraza zanjir reaksiyasi usuli yordamida gelmintning aniq turi va uning genetik o‘ziga xosligi aniq namayon bo‘ladi. Bu usul kasallikni erta aniqlashga, parazit turlarini farqlashga va infektsiyani nazorat qilishga imkon beradi. Molekulyar diagnostika an’anaviy usullarga nisbatan ancha aniqroq va tezroq natija beradi. Serologik diagnostika usullari. Serologik testlar qoramollarning qonida parazitga qarshi antitanachalarni hosil bo‘lishiga qaratilgan. Serologik diagnostika usullari gelmintozning har qanday o‘sish bosqichlarida ham aniq diagnostika qilishi mumkin. Shu bilan birga, antitanachalarning organizmda uzoq vaqt davomida saqlanishi ba’zida noto‘g‘ri diagnostikaga olib kelishi mumkin. Shu sababli serologik testlar mikroskopik va molekulyar usullar bilan birgalikda olib boriladi. Tasviriy diagnostika metodlari. Tasviriy diagnostika metodlari kasallikni ma’lum bosqichlarida aniqlshda va davolashni nazorat qilishda juda foydali hisoblanadi. Bu diagnostika an’anaviy laboratoriya usullari bilan birga qo‘llanilganda, aniqlash samaradorligi oshadi. https://scienti

Доказательный фрагмент

«Qoramollarda gelmintozlarning parazitlik qilishi chorvachilik sohasiga katta iqtisodiy zarar keltiradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Qoramollarda gelmintozlarning parazitlik qilishi chorvachilik sohasiga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
polimeraza zanjir reaksiyasi, diagnostika, molekulyar diagnostika, serologik testlar, Kalit so‘zlar: qoramollar, ultratovush tekshiruvi., gelmintozlar, parazit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники