Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BALIQCHILIK XO’JALIKLARIDA XLORELLA ETISHTIRISH VA UNDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
UNDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI · Xolbekova Shoira Xasanboy qizi.
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Xlorella ko’paytirish orqali tovar baliqlarini etishtirishningiqtisodiy ko'rsatkichlarini sezilarli darajada oshirish va baliq mahsulotlari sifatiniyaxshilash, baliqlarning kasallanishini kamaytirish, baliqchilik hovuzlaridagi tabiiyekologik muhitini yahshilash imkoniyati beradi. Kalit so’zlar: Baliqchlik xo’jaliklari, baliqchilik, suvo’tlar, xlorella, ozuqa, suspenziya. Mikroskopik suvo’tlar o’simliklar dunyosiga xos xususiyatga ega bo’lib, turli yo’nalishdagi biologik ilmiy tadqiqotlar olib borishda qulay ob’ekt hisoblanadi. Ularning hujayra o’lchovi kichikligi, o’sish va ko’payish muddatlarining juda qisqaligi, hamda har xil texnologik o’stirish sharoitlariga moslashtirish mumkinligi bilan ko’pchilik olimlarni o’ziga jalb etib kelmoqda[1b.136;2b.81]. Olimlarning aniqlashicha Yer yuzida suvo’tlarining 40 mingdan ortiq turlari mavjud. Shulardan ba’zi bir tur va shtammlari suv havzalaridan ajratib olinib, sun’iy sharoitda o’stirilib, amaliyotga joriy etilmoqda[3b.95]. Keyingi yillarda dunyo miqyosida mikroskopik suvo’tlari ayrim turlarining bio-ekologik, fiziologik xususiyatlari, biokimyoviy tarkiblari o’rganilib, ulardan foydalanish borasida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi[4b.133]. Suvo’tlarining tarkibidagi oqsil 40-50% ni tashkil etib, tarkibi bo’yicha hayvon oqsiliga yaqin turadi. Undan tashqari tarkibida 5-12% lipid, 20-35% uglevod borligi, vitamin V12 miqdorining qoramol go’shti tarkibidagi shu vitamin miqdoriga yaqinligi aniqlangan[5b.47]. Shu nuqtai nazardan ham ularni inson, chorva, parranda va baliq ozuqalarining sifatini oshirish maqsadida qo’shib berish https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 6 Часть-47_ Том-3_ июнь-2025 tavsiya etiladi. Shunga ko’ra, suvo’tlaridan xalq xo’jaligining 50 dan ortiq yo’nalishlarida, jumladan qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat, meditsina, parfyumeriya, geologiya, energetika va boshqa qator sohalarda foydalanilmoqda[6b.24]. Suvo’tlarini o’stirishning ikkita metodi bo’lib, birinchisi bo’yicha turli yopiq uskunalarda sun’iy yorug’likda o’stiriladi[7b.59]. Ikkinchi metodga asosan har xil hajmli va turli tipdagi ochiq qurilmalarda (fotoreaktorlarda) quyosh nuridan foydalanib o’stiriladi[5b.47;8b.35-38]. Birinchi metoddan xozirgacha laboratoriya sharoitidagi izlanishlarda foydalanib kelinayotgan bo’lsa, ochiq metodda o’stirilayotgan suvo’tlaridan amalda qator yo’nalishlarda foydalanilmoqda. Suvo’tlarini ochiq metod bo’yicha o’stirish ayniqsa O’zbekiston sharoitida tannarxi nisbatan ancha arzon suvo’tlari biomassasi yetishtirishga imkon beradi. Shu boisdan ham suvo’tlarining biologiyasi, ekologiyasi, fiziologiyasi va biokimyosini o’rganish borasida qator ilmiy izlanishlar olib borildi. Tabiatdan suvo’tlarining ayrim turlari algologik toza holda ajratib olinib, har xil ozuqa muhitlariga moslash yo’li bilan ulardan selektsiya yo’li bilan yuqori hosil beradigan shtammlari ham ajratib olingan. Keyingi yillarda bir xo’jayrali suvo’tlarini o’rganishga ham katta e’tibor berilmoqda. Ulardan tabiatdagi har xil darajada organik moddalar bilan ifloslangan suvlarning ifloslik darajasini aniqlashda biologik indikator sifatida foydalaniladi. Ularni ilmiy jixatdan o’rganishning asosiy sababi, hujayralarining fiziologik, genetik, tsitologik hamda umumbiologik masalalarni yechishda qulay ob’ekt bo’lishligidadir. Hozirgi vaqtda Chlorella bo’limi kiruvchi 1000 dan ortiq turlar ma’lum bo’lib, shulardan 160 turi Chlorella turkumiga kiradi. O’zbekistonda 64 tur va turaro taksonlar uchraydi. Bu turkumiga kiruvchi bir qancha turlari laboratoriya sharoitida o’stirish usullari o’rganilib kelinmoqda. Chlorella turkumiga oid o’rganilmagan tur va shtammlarni tabiatdan ajratib olib, ularning bio-ekologik xususiyatlarini o’rganish va jadal o’stirish biotexnologiyasini ishlab chiqish, hozirgi vaqtdagi https://scientific-jl.com/luch/ 2 0 7 Часть-47_ Том-3_ июнь-2025 algobiotexnologiya yo’nalishining dolzarb muommalaridan biri hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi tarmog'i bolgan Respublikamiz baliqchlik xo’jaliklaridani muvaffaqiyatli rivojlantirishida, baliq va baliq maxsulotlarini etishtirishdagi xarajatlarning 40-45% ozuqa yemga tushadi va bu muvozanatli ozuqa va optimal ozuqa ta'minotisiz amalga oshirib bo'lmaydi. Keyingi o'n yil ichida tabiiy va suniy ozuqalarga qo'shimchalari bilan bir qatorda baliqchilik xo’jaliklari ozuqa ratsioni mikro va makro elementlar bilan to'ldiriladi. Bularga yashil mikroskopik suv o'tlari vakili xlorella kiradi. Bugungi kunda baliqchilik xo’jaliklarida omuxta yem ishlab chiqarish taqazo qiladi va ilmiy-tadqiqot instituti aralash yemga xlorella suspenziyasini kiritishni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilmoqda.Shu bilan birga, xlorella suspenziyasining eng katta qiymati ishlatiladigan shtammlarning biologik faolligidadir, bu yosh baliqlarning qo'shimcha kilogramm ortishi, tovar baliqlarning xavfsizligi, reproduktiv xususiyatlarning yaxshilanishi,immunitetning oshishi, shuningdek, keyingi ta'sirlarda namoyon bo'lib uning ta'sirining hayvon tanasiga ta'siri uzoq vaqt davomida saqlani
Доказательный фрагмент
«Xlorella ko’paytirish orqali tovar baliqlarini etishtirishningiqtisodiy ko'rsatkichlarini sezilarli darajada oshirish va baliq mahsulotlari sifatiniyaxshilash, baliqlarning kasallanishini kamaytirish, baliqchilik hovu…»
Образец извлечения
Демо-превьюXlorella ko’paytirish orqali tovar baliqlarini etishtirishningiqtisodiy ko'rsatkichlarini sezilarli darajada oshirish va baliq mahsulotlari sifatiniyaxshilash, baliqlarning kasallanishini kamaytirish, baliqchilik hovu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- suspenziya., suvo’tlar, Kalit so’zlar: Baliqchlik xo’jaliklari, xlorella, baliqchilik, ozuqa
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024