К содержанию
РецензированоUZ2024

YOSHLAR KUNI – KELAJAK BUNYODKORLARIGA BO‘LGAN ISHONCHNING RAMZI

ISHONCHNING RAMZI · Polatbaev Islam Sultan o‘g‘li

Лучшие интеллектуальные исследования · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada 30‑iyun “Yoshlar kuni” atrofida olib borilgan yoshlar siyosati amaliyoti, 2024–2025‑yillarda yozilgan statistik ma’lumotlar yordamida chuqur tahlil qilinadi. Davlat strategiyalari, ijtimoiy programmalari va demografik tendensiyalarning yoshlar salohiyatiga ta’siri aniq raqamlar bilan ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: Yoshlar kuni, demografik tendensiyalar, “Yoshlar daftari”, IT dasturchilar dasturi, ijtimoiy–iqtisodiy integratsiya. Har bir jamiyatning ertangi kuni va barqaror rivojlanish yo‘li, avvalo, yosh avlodning bilimiga, intilishiga, tashabbusiga va bunyodkorlik salohiyatiga bog‘liq. Aynan shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi 2017-yildan boshlab 30- iyunni “Yoshlar kuni” deb e’lon qildi. Bu sana yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini e’tirof etish, ularning qadr-qimmatini yuksaltirish, davlat tomonidan yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonchni namoyon qilishning ramziy timsoliga aylandi. Yoshlar siyosati – davlat strategiyasining ustuvor yo‘nalishi Yoshlar masalasi hozirgi kunda O‘zbekiston davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Yoshlarga bo‘lgan e’tibor – bu kelajakka bo‘lgan sarmoyadir” [1]. https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 1 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 Aynan shu tamoyil asosida 2017–2024-yillar davomida qator muhim huquqiy va institutsional asoslar yaratildi: • “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi; • Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi; • “Yoshlar daftari” tizimi orqali ijtimoiy himoya mexanizmlarining kuchaytirilishi; • Yoshlar parlamenti, Yoshlar akademiyasi, “Tashabbusli yoshlar” grant dasturi kabi tashabbuslarning qo‘llab-quvvatlanishi. Bularning barchasi nafaqat hujjatlarda, balki amaliyotda ham yosh avlodga ishonchning hayotiy ifodasidir. Yoshlar siyosatining huquqiy va strategik asoslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi Farmoni bilan “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi [2]. Ushbu farmon asosida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlovchi quyidagi dasturlar ishlab chiqildi: • “Yoshlar–kelajagimiz” davlat dasturining yangi bosqichi; • “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” loyihasi; • “Yosh tadbirkor” tanlovi; • “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Yoshlar forumi” kabi intellektual va madaniy tadbirlar. Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi – yoshlarning bilim olishi, tadbirkorlik, ijod va texnologiya sohalaridagi salohiyatini ro‘yobga chiqarishdir. Yoshlar siyosatining natijaviyligi amaliy misollar orqali yaqqol ko‘zga tashlanmoqda: • 2024-yil davomida “Yoshlar daftari” orqali 93 mingdan ortiq yoshlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlandi, ularga kasb-hunar, kredit va subsidiya ajratildi [3]. • “Yoshlar–kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan 2024-yilning o‘zida 47 mingdan ortiq loyiha 1,2 trln so‘m mablag‘ bilan moliyalashtirildi [4]. https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 2 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 • 2025-yilning iyun oyida “Yoshlar bandligi oyligi” e’lon qilinib, 90 kunlik amaliy reja doirasida o‘quv, malaka oshirish va ishga joylashtirish bo‘yicha 10 minglab yoshlar qamrab olindi [5]. Ushbu ko‘rsatkichlar yoshlar salohiyatini rivojlantirish borasida davlat tomonidan ko‘rilayotgan real chora-tadbirlarning samaradorligini anglatadi. Innovatsion va texnologik rivojda yoshlar roli Yoshlarning raqamli sohalarga qiziqishi va ularning innovatsion g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanmoqda: • “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” dasturi orqali 2024-yil oxiriga qadar 100 ming yosh IT mutaxassis tayyorlash maqsad qilindi [6]. • 2025-yil 1-oktyabrga qadar Toshkentda “Robototexnika markazi” ochilishi va yoshlar uchun teatr studiyalari tashkil etilishi rejalashtirilgan [7]. Bu kabi tashabbuslar orqali yoshlar nafaqat iste’molchi, balki innovator va jamiyat yetakchisiga aylanmoqda. Madaniyat va ijtimoiy sohada yoshlarning faolligi • “Yoshlar festivali”, “Zakovat ligasi”, “Yosh ijodkorlar tanlovi” kabi madaniy loyihalar orqali 2024-yilda 150 mingdan ortiq yoshlar ijtimoiy hayotga jalb qilindi. • Ekologik loyihalarda yoshlar faol ishtirok etib, 2024-yilda Qoraqalpog‘istonda 3 mingdan ortiq yosh volontyorlar tabiatni muhofaza qilish aksiyalarida qatnashdi [8]. Bu holatlar yoshlar orasida ijtimoiy mas’uliyat, vatanparvarlik va ekologik madaniyat shakllanishini anglatadi. Xulosa qilib aytganda, “Yoshlar kuni” – bu faqat bayram emas, balki O‘zbekiston yoshlariga nisbatan ishonch va mas’uliyatning ifodasidir. 2024–2025- yillarda amalga oshirilgan tizimli islohotlar, davlat dasturlari va amaliy natijalar shuni ko‘rsatadiki, yoshlar nafaqat kelajak egasi, balki hozirgi taraqqiyotning bosh https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 3 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 omilidir. Har bir yoshning intilishi, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi, ijtimoiy mas’uliyati – bu mamlakat kelajagining mustahkam kafolatidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Sh.M. Mirziyoyev. Yoshlar forumidagi nutq. www.prezident.uz, 2023-yil. 2. O‘

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada 30‑iyun “Yoshlar kuni” atrofida olib borilgan yoshlar siyosati amaliyoti, 2024–2025‑yillarda yozilgan statistik ma’lumotlar yordamida chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada 30‑iyun “Yoshlar kuni” atrofida olib borilgan yoshlar siyosati amaliyoti, 2024–2025‑yillarda yozilgan statistik ma’lumotlar yordamida chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Yoshlar daftari”, IT dasturchilar dasturi, Kalit so‘zlar: Yoshlar kuni, demografik tendensiyalar, ijtimoiy–iqtisodiy integratsiya.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники