Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI
VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING · Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqola voyaga yetmaganlarning jinoyat qonunchiligida javobgarliga,Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan jazolar ,javobgarlikka tortilishi uchun qonunda belgilangan ma’lum yoshga to’lgan,aqli raso bo’lishligi va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. Kalit so’zlar: Jazo, huquqbuzarlik, qonun, oliy sud, plenum, shaxs, ekspertiza, jinoyat. Voyaga yetmaganlar javobgarligi Qonunga ko‘ra voyaga yetmagan shaxs deganda, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar nazarda tutiladi. Jinoiy-huquqiy nuqtai nazardan voyaga yetmagan shaxslar sifatida jinoyat sodir etgunga qadar o‘n uch yoshga to‘lgan, ammo o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar hisobga olinadi. Yodda tuting! JKda voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari belgilanganda aksariyat holatlarda uning hozirgi vaqtdagi yoshi emas, balki jinoyat sodir etilgan vaqtdagi yoshi hisobga olinadi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilan jinoyatlarni baholashda ularning ma’lum bir yoshga to‘lganligini to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy sud plenumi qaroridan Shaxs tug‘ilgan kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng, ya’ni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik boshlanadigan yoshga to‘lgan deb hisoblanadi. Sudlar ishda albatta voyaga yetmaganlarning tug‘ilish guvohnomasi yoki pasportidan fotonusxa mavjudligiga ahamiyat berishlari kerak. Ishda bunday hujjatlar yo‘qligi aniqlangan taqdirda sudning o‘zi bunday kamchilikni bartaraf https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 7 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 qilishi zarur. Sudlanuvchining yoshi sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan aniqlanayotganda, uning tug‘ilgan kuni deb, ekspertlar aniqlagan yilning oxirgi kuni hisoblanadi. Yosh eng kam va eng ko‘p yillar miqdori bilan aniqlanganda, sud ekspertlar tomonidan belgilangan eng kam yoshdan kelib chiqishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining Qarori / Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida / 2000-yil 15-sentabr, 21- son. Voyaga yetmaganlar javobgarligining alohida mustaqil bo‘limga ajratilishi, ularga nisbatan jinoiy javobgarlik haqidagi normalarni qo‘llashda mazkur bo‘limda ko‘rsatilgan alohida qoidalarni inobatga olgan holda tatbiq etishi lozimligini anglatadi. Voyaga yetmaganlar javobgarligining asosiy xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi: birinchidan, ularga nisbatan tayinlanadigan jazo turlarining ro‘yxati qisqartilgan hamda ularning muddati va miqdorlari jiddiy ravishda kamaytirilgan (JK 81-m.); ikkinchidan, ularga nisbatan jazo tayinlashda hisobga olinishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha shartlar shakllantirilgan (JK 86-m.); 96 uchinchidan, ularni javobgarlik va jazodan ozod qilishda (JK 87-m.) qo‘shimcha turlar nazarda tutilgan; to‘rtinchidan, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan alohida majburlov choralari ko‘rsatilgan (JK 88-m.); beshinchidan, bunday shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan boshqa jinoiyhuquqiy normalarining muddatlari jiddiy ravishda qisqartirilgan (JK 89–90-m.). Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llaniladigan jazolar tizimi JKning 81-moddasiga muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga tayinlanadigan jazolar tizimi umumiy tizimga nisbatan (JK 43-m.) jazolarning cheklangan ro‘yxatiga ega. Voyaga yetmaganlar uchun jazolar tizimiga faqat asosiy jazolar, ya’ni mustaqil ravishda tayinlanadigan, davlat tomonidan qabul qilinadigan majburlov asoslarini tashkil qiladigan, faoliyatning va jinoyat sodir etgan shaxsning salbiy baholanish darajasini ifodalaydigan hamda, axloq tuzatish-tarbiya ta’sirining boshqa choralari bilan bir qatorda, jazolash maqsadlariga ham erishish imkonini beradigan jazolarni qamrab oladi. O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga https://scientific-jl.com/luch/ 3 1 8 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy jazolar: 1) jarima; 4) ozodlikni cheklash; 2) majburiy jamoat ishlari; 5) ozodlikdan mahrum qilish. 3) axloq tuzatish ishlari; O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas. Jarima (JK 82-m.). JKning 82-moddasida nazarda tutilgan va voyaga yetmaganlarga qo‘llaniladigan jarima jazo chorasi qonunda belgilangan miqdordagi pulni davlat hisobiga olib qo‘yishdan iboratdir. Voyaga yetmaganlar uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi (JK 82-m., 1-q.). Yodda tuting! Maxsus qism moddasining sanksiyasida jarima tayinlash mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa, u holda unda belgilangan jarima miqdori qancha bo‘lishidan qat’i nazar, voyaga yetmaganlarga JK 82-moddasining 1-qismida belgilangan jarimalar tayinlanishi lozim. Mahkum jarima to‘lashdan olti oy muddat mobaynida bo‘yin tovlasa, sud to‘lanmagan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimani majburiy jamoat ishlarining ikki soatiga tenglashtirgan holda hisoblab, majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi yoki bazaviy hisoblas
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola voyaga yetmaganlarning jinoyat qonunchiligida javobgarliga,Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan jazolar ,javobgarlikka tortilishi uchun qonunda belgilangan ma’lum yoshga to’lgan,aqli raso b…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola voyaga yetmaganlarning jinoyat qonunchiligida javobgarliga,Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan jazolar ,javobgarlikka tortilishi uchun qonunda belgilangan ma’lum yoshga to’lgan,aqli raso b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jinoyat., huquqbuzarlik, qonun, ekspertiza, shaxs, oliy sud, plenum, Kalit so’zlar: Jazo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025