Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING UMUMIY TAVSIFI VA TURLARI
TAVSIFI VA TURLARI · Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqola ekologiya sohasidagi jinoyatlar,ushbu jinoyatlarning oqibatlari,atrof muhitni asrash,Jinoyat kodeksida belgilangan jazo choralariga bag’ishlanadi. Kalit so’zlar: Ekologiya, ijtimoiy xavflilik, qasd, ayb, ehtiyotsizlik, yer osti boyliklari, jinoyat, jazo, javobgarlik. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar ijtimoiy xavflilik darajasining yuqoriligi shu bilan shartlanadiki, ularning sodir etilishi natijasida hayot va sog‘liq uchun atmosferaning ozon qatlamiga, atmosfera havosiga, yer, yer ostiga, yer usti va osti suvlariga, o‘rmon va boshqa o‘simliklarga, hayvonot dunyosiga, mikroorganizmlarga, genetik fondga, tabiiy landshaftlarga zarar yetkazish xavfi yuzaga keladi. Jinoyat qonunchiligi tarixida ilk bor ekologiya sohasidagi jinoyatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga mustaqil bo‘lim sifatida kiritildi va u o‘z ichiga atrofmuhitni muhofaza qilish hamda tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarni oldi. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar – bu Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan, insonning hayotiy faoliyatini tabiiy muhitda sifat jihatidan saqlab turishga, uning resurslaridan oqilona foydalanishga, aholining ekologik xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishlardir. Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning turlari Nomi Bob raqami Moddalar Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar XIV 193–204 Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning tavsifi va turlari Atrof muhitni muhofaza qilish va https://scientific-jl.com/luch/ 3 2 6 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar – bu Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli qilmishdir. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning turdosh obyekti atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlarning ayrimlarida jinoyat predmeti qilmishga huquqiy baho berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, ekinzorlar, o‘rmonlar, daraxtlar yoki boshqa o‘simliklar (JK 198-m.) va boshq. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning obyektiv tomoni harakat (JK 196, 198, 202–204-m.) yoki 129 harakatsizlikda (JK 1971 -m.) ifodalanadi. Ayrim turdagi jinoyatlar ham harakat ham harakatsizlikda (JK 193–195-m., 197, 199–201-m.) sodir etilishi mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan jinoyatlar qonunda tuzilishiga ko‘ra formal (JK 1971 -m.) yoki moddiy (JK 193– 197-m., 198–204-m.) tarkibli jinoyatlar sifatida ko‘rsatilgan. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning subyektiv tomoni aybning qasd (JK 194, 1971 , 198-m. 2–3-q., 202– 2021 -m.) va ehtiyotsizlik (JK 198-m. 1-q.) shaklida ifodalanadi. Ayrim jinoyatlar aybning ham qasd ham ehtiyotsizlik (JK 193,195–197, 199–201, 203–204-m.) shaklida sodir etilishi mumkin. Mazkur jinoyatlarning subyektlari 16 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Ayrim jinoyatlar uchun (JK 193, 194, 195-m.) 18 yoshdan javobgarlik belgilangan. Ba’zi jinoyatlarning subyektlari maxsus belgilarga ega. Masalan, mansabdor shaxs (JK 195-m.), yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi (JK 1971 -m.). Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlarning turlari: Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish (JK 193-m.) Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish (JK 194-m.) Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik (JK 195-m.) Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish (JK 196-m.) Yer, yer osti https://scientific-jl.com/luch/ 3 2 7 Часть-47_ Том-2_ июнь-2025 boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish (JK 197-m.) Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik (1971 -m.) Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish (JK 198- m.) O‘simliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish (JK 199-m.) Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish (JK 200- m.) Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish (JK 1929 -m.) Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish (JK 202-m.) Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish (JK 202 1 -m.) Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish (JK 203-m.) Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish (JK 204-m.). Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.Jinoyat huquqi: O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseylari uchun darslik. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2022.T.R. Kuchkarov O‘.M. Otaev XIII bob M.M. Qalandarov bilan hammualliflikda M.M. Qaland
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola ekologiya sohasidagi jinoyatlar,ushbu jinoyatlarning oqibatlari,atrof muhitni asrash,Jinoyat kodeksida belgilangan jazo choralariga bag’ishlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola ekologiya sohasidagi jinoyatlar,ushbu jinoyatlarning oqibatlari,atrof muhitni asrash,Jinoyat kodeksida belgilangan jazo choralariga bag’ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yer osti boyliklari, jinoyat, javobgarlik., qasd, ayb, ijtimoiy xavflilik, ehtiyotsizlik, Kalit so’zlar: Ekologiya, jazo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024