К содержанию
РецензированоUZ2025

“ELASTIKLIK KUCHI. GUK QONUNI‘‘ MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI

NORQUVATOVA MA‘MURA BO‘RON QIZI

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada Elastik kuchi, Guk qonunilarining umumta’lim maktablarida o‘qitish metodikasi yoritilgan. Muallif Guk qonunining mohiyatini o‘quvchilarga tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazish usullarini ko‘rib chiqadi. Dars jarayonida interaktiv usulardan, laboratoriya ishlari va hayotiy misollardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, mavzuni tushuntirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni ham asoslab berilgan. Ushbu maqola fizika o‘qituvchilari va metodistlar uchun amaliy ahamiyatga ega. Kalit so’zlar: elastiklik kuchi, Guk qonuni, dinamometr, og‘irliklar, tajriba qurilmalari. Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish jarayonida “Elastiklik kuchi. Guk qonuni” mavzusini samarali o‘rgatish metodikasi yoritilgan. Mavzuning mazmun-mohiyati, uning fizika kursidagi o‘rni va o‘quvchilarning tushunish darajasiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilgan. Maqolada Guk qonunining nazariy asoslari, uning amaliy ahamiyati va o‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqishni oshirish uchun qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv usullar va tajribaviy mashg‘ulotlar tavsiflangan. Shuningdek, dars samaradorligini oshirish uchun ilg‘or tajribalardan, innovatsion yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Maqola fizika o‘qituvchilari, metodistlar va pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun foydali uslubiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Darsni maqsad: Ta’limiy maqsad: https://scientific-jl.org/obr 3 2 4 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 O‘quvchilarda elastiklik kuchi, guk qonuninining mohiyatini anglash ko‘nikmasini shakllantirish. Har bir qonunni formulalar orqali ifodalashni va ularni masalalarda qo‘llashni o‘rgatish.Deformatsiya, elastik deformatsiya, plastik deformatsiya, jismning elastikligi, elastiklik kuchi, o‘zaro ta’sir tushunchalarini izohlash va bog‘lash. Harakat qonunlari asosida oddiy fizik masalalarni yechishni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish. Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda mantiqiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish. Fizikaviy bilimga asoslangan holatlarda xulosalar chiqara olish odatini shakllantirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning kuzatish va tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirish. Nazariy bilimlarni hayotga tatbiq qila olish malakasini shakllantirish. Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ kompetensiya: O‘z fikrini ravon, ilmiy asosda bayon eta olish. Guruhda ishlash, tajriba natijalarini muhokama qilish va jamoviy xulosaga kelish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: Fizika darsliklarida yoki internet resurslarida keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va undan foydalanish. Olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarish, tajriba natijalarini yozma va og‘zaki ifodalash. O‘zini – o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: O‘quvchining o‘z ta’lim jarayoniga ma’suliyat bilan yondashishi, bilimni mustaqil egallashga intilishi. Elastiklik kuchi, Guk qonunlari bo‘yicha qo‘shimcha manbalarni o‘rganish va masalalar bilan ishlash. Vaqtdan oqilona foydalanish, uy vazifasini ma’suliyat bilan bajarish orqali o‘z – o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars metodlari: Tushuntirish, suhbat, masalalar yechish va tajriba o‘tkazish. Fanlararo aloqadorligi: Matematika (hisob-kitoblar va algebraik formulalar), biologiya (inson harakati va mushaklar reaksiyasi), geografiya (Yer tortish kuchi), texnologiya (mexanizmlar harakati), informatika (vizual dasturlar va simulyatsiyalar) fanlari bilan uzviy bog‘liq. Dars jihozlari: Fizika darsligi, dinamometr, og‘irliklar, tajriba qurilmalari, masala to‘plamlari va laboratoriya yo‘riqnomalari. https://scientific-jl.org/obr 3 2 5 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Tayanch so‘zlar: Deformatsiya, deformatsiya turlari, nisbiy deformatsiya, absolyut deformatsiya, Guk qonunlari, elastiklik kuchi, mexanik kuchlanish, bikrlik, Yung moduli, potensial energiya. Dars rejasi: (Izoh: O‘qituvchi sinf o‘quvchilarining imkoniyatidan kelib chiqqan holda darsni tashkil qilish bosqichlariga va vaqtiga o‘zgartirish kiritish mumkin) № Dars bosqichlari Vaqti 1 Tashkiliy qism 5 minut 2 O‘tilgan mavzuni takrorlash 5 minut 3 Kirish suhbati 5 minut 4 Yangi mavzuni o‘rganish 20 minut 5 Yangi mavzuni mustahkamlash 5 minut 6 Uyga vazifalar 5 minut Darsning borishi: Tashkiliy qism: Darsni boshlashdan avval o‘quvchilarning deformatsiya, Guk qonuni, elastiklik kuchi, bikrlik, potensial energiya va ular bilan bog‘liq hodisalar haqida fikr almashiniladi. O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘tilgan dars materiallarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganliklarini va bilimlarini tekshirish, hamda faollashtirish maqsadida quyidagi blits savollar beriladi: 1. Inersiya deb nimaga aytiladi ? 2. Nyutonning ikkinchi qonuni qanday tarislanadi ? 3. Tezlanish va kuch o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday ? 4. Jismga ta’sir qilayotgan kuch 0 bo‘lsa u qanday ha

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Elastik kuchi, Guk qonunilarining umumta’lim maktablarida o‘qitish metodikasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Elastik kuchi, Guk qonunilarining umumta’lim maktablarida o‘qitish metodikasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
elastiklik kuchi, kuchi guk, guk qonuni, metodikasi yoritilgan, guk qonunining, zamonaviy pedagogik, berilgan fizika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники