К содержанию
РецензированоRU2025

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ILMIY MEROSIDAN YOSH AVLOD TARBIYASIDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Bobonorov Shohruh Qosimovich

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

В данной статье рассматривается значимость научного и нравственного наследия восточных мыслителей в воспитании молодого поколения. Анализируется, как идеи таких мыслителей, как Абу Наср Фараби, Абу Али Ибн Сино, Абу Райхон Беруни, Имам аль-Бухари и Алишер Навои, могут быть применены в современном образовательном процессе. Обоснованы перспективы интеграции традиционных восточных ценностей с современными педагогическими подходами. Ключевые слова: воспитание, нравственность, научное наследие, молодое поколение, восточные мыслители, педагогика, ценности Kirish. Bugungi globallashuv jarayonida milliy o‘zlikni asrash, yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim siyosatida yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, ularni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosini chuqur o‘rganish va uni zamonaviy ta’lim jarayoniga tatbiq etish muhim vazifalardan biridir. Tarbiya va ta’lim tizimining yuksak samaradorligini ta’minlashda milliy qadriyatlar, tarixiy meros va ayniqsa, Sharq mutafakkirlarining asarlarida mujassam bo‘lgan ilmiy-falsafiy qarashlar beqiyos manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu meros o‘zining yuksak axloqiy tamoyillari, bilimga intilishni rag‘batlantiruvchi g‘oyalari, insonparvarlik ruhidagi qarashlari bilan bugungi o‘quvchi-yoshlarni komil inson sifatida shakllantirishda amaliy va nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom al- Buxoriy, Imom Termiziy, Alisher Navoiy kabi ulug‘ mutafakkirlar ilm, tarbiya, axloq, shaxsiy kamolot kabi sohalarda ilgari surgan qarashlari bugungi pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashadi. Ularning asarlarida ilgari surilgan fikrlar nafaqat https://scientific-jl.org/obr 3 5 3 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 tarixiy ahamiyatga ega, balki zamonaviy ta’lim jarayonida ham metodik asos bo‘la oladi. Sharq mutafakkirlari orasida Abu Nasr Forobiy (870–950) o‘zining falsafiy qarashlari, ijtimoiy g‘oyalari va axloqiy tamoyillari bilan alohida o‘rin egallaydi. U Yaqin Sharq va musulmon dunyosining “muallimi soniy”i sifatida tanilgan, ya’ni Aristoteldan keyingi ikkinchi muallim. Forobiyning ilmiy-falsafiy qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, ayniqsa yosh avlod tarbiyasi nuqtai nazaridan chuqur o‘rganilishi lozim. Forobiy ta’limotining asosiy markazida — inson. Unga ko‘ra, inson hayotdagi eng oliy mavjudot bo‘lib, aql orqali haqiqiy kamolotga erishadi. U “Fozil odamlar shahri” nomli asarida ideal jamiyatni tavsiflar ekan, bu jamiyat faqat aql, adolat, fazilat, axloq va ilm bilan boshqarilsa, insoniyat farovonlikka erishadi, deya ta’kidlaydi. Forobiyning ushbu g‘oyalari zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi uchun chuqur nazariy asos bo‘la oladi. Mutafakkir axloqiy tarbiyani uch bosqichda tasniflaydi: 1. Ilmiy tarbiya – bilim olishga qaratilgan; 2. Amaliy tarbiya – odob-axloqni o‘zlashtirishga xizmat qiladi; 3. Ijtimoiy tarbiya – jamiyatdagi mas’uliyatni his qilish, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish. Zamonaviy pedagogikada shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv aynan Forobiyning g‘oyalariga uyg‘un: har bir o‘quvchi o‘z qobiliyatiga ko‘ra bilim olishi, o‘zini anglashga harakat qilishi, va ijtimoiy jihatdan foydali shaxsga aylanishi kerak. Bu yondashuv, ayniqsa, maktab va oliy ta’lim tizimida muhim metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Forobiyning ilmiy merosi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni tarbiyalashda nafaqat texnik bilimlar, balki fazilat, axloq va jamiyatga foydali bo‘lish g‘oyalari https://scientific-jl.org/obr 3 5 4 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 yetakchi bo‘lishi kerak. U insonni faqat aqliy rivojlanishga emas, balki ruhiy yetuklik sari yo‘naltirgan. Bu esa hozirgi davr tarbiyasining ham markaziy tamoyiliga aylanishi zarur. Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi – tarbiyaning ma’naviy ildizi Sharq dunyosi turli davrlarda o‘zining yuksak tafakkuri bilan jahon sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan. Forobiy “baxtli jamiyat” g‘oyasini ilgari surgan bo‘lsa, Ibn Sino bilim va axloqning uyg‘unligini asoslagan. Beruniy ilm-fanni har bir inson uchun hayotiy zarurat sifatida baholagan. Alisher Navoiy esa odob, mehr, halollik, el-yurtga xizmat qilish singari fazilatlarni tarbiyaning markaziga qo‘ygan. Bu mutafakkirlarning asarlarida tarbiya faqat bilim berish emas, balki shaxsning ruhiy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan yetuk bo‘lishi deb qaraladi. Ularning merosini o‘rganish, yosh avlodga hayotiy saboq bo‘ladigan ibratli g‘oyalarni yetkazish orqali tarbiyani ma’naviy-axloqiy asoslar bilan mustahkamlash mumkin. Tarbiya konsepsiyasidagi g‘oyalarning zamonaviy talqini Zamonaviy pedagogikada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhim o‘ringa ega. Bu qarash Sharq mutafakkirlarining “inson – jamiyat tayanchi” degan tamoyiliga

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается значимость научного и нравственного наследия восточных мыслителей в воспитании молодого поколения.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается значимость научного и нравственного наследия восточных мыслителей в воспитании молодого поколения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, spirituality, scientific heritage, younger generation, Kalit so‘zlar: tarbiya, восточные мыслители, Ключевые слова: воспитание, Eastern thinkers, ilmiy meros, молодое поколение, педагогика, научное наследие, нравственность, yosh avlod, Sharq mutafakkirlari, pedagogika, ценности, pedagogy, qadriyat, ma’naviyat, Keywords: education, values
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники