К содержанию
РецензированоEN2025

OSHQOZON SHILLIQ QAVATI ENDOKRIN HUJAYRALARINING OCHLIK TAJRIBASIDAGI MORFOLOGIYASI

OCHLIK TAJRIBASIDAGI MORFOLOGIYASI · Mexrilla Baxridinovich Okbayev

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada oshqozon shilliq qavatining endokrin hujayralarining eksperimental ochlik holatidagi morfologik o'zgarishlari o'rganilgan. Eksperimental ochlik holatida yaqin muddatida shilliq qavati endokrin hujayralarida yadro- sitoplazmatik nisbati ortishi kuzatildi. Hujayrada sekret mahsulotining to'planishi — ekstruziya bloklanishi bilan bog'liq bo'lib, uzoqroq eksperimental ochlik tajribasida endokrin hujayralari soni, hujayra yadrosi kichrayadi hamda sitoplazmada degenerativ o'zgarishlar paydo bo'ladi. Ushbu tadqiqotda endokrin hujayralari bosqichma-bosqich ta'sirini tekshirish va organizmning fiziologik holatini aniqlashda maqola muhim ilmiy ahamiyatga ega. Kalit so'zlar: Oshqozon, apudotsit, ochlik, endokrin hujayralar, morfometriya, yadro-sitoplazmatik nisbat, fundal bez. Dolzarbligi. Oshqozon shilliq pardasining va bezlarning tarkibidagi epiteliy hujayralarning orasida yakka-yakka joylashgan gormon ishlab chiqaruvchi hujayralar bo‘lib, ular endokrinotsitlar (apudotsitlar), diffuz endokrin sistema hujayralari deyiladi [4, 5, 6, 7]. Bu hujayralar biogen aminlar yoki peptid gormonlar ishlab chiqarib, oshqozon faoliyatining mahalliy boshqarilishiga ta’sir ko‘rsatadi [1, 2, 3, 8]. Oshqozon sekretsiyasiga va uni boshqaruvchi endokrinotsitlarga ta’siri yetarli o‘rganilmagan. Shuni ko‘zda tutgan holda quyonlar oshqozonining endokrinotsitlarining morfologiyasini eksperimental och qoldirish sharoitida o‘rganish rejalashtirildi. O‘rganish obyekti va materiallari: O‘rganish ob’yekti quyidagicha taqsimlandi. Nazorat uchun – 5 ta quyon. https://scientific-jl.org/obr 1 9 8 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Eksperimental ochlik holati. Qisqa muddat (3 sutka – 72 soat) – 5 ta quyon. Uzoq muddat (10 sutka - 240 soat) – 7 quyon. Jami: 17 ta quyon. Tadqiqot uchun material sifatida yetuk yoshdagi shinshilla zotli quyonlar oshqozoni ishlatildi. Kaprofagiyaning oldini olish uchun qafasning tagiga maxsus to‘r sim o‘rnatildi. Nazorat guruhi sifatida shu yoshdagi quyonlarning 5 nafari ishlatildi. Hammasi bo‘lib 17 ta laboratoriya hayvonlarning materiali o‘rganildi. Maqsadi: Oshqozon shilliq qavati endokrin hujayrasining eksperimental ochlik holatidagi morfologiyasini o‘rganish. Eksperimental ochlik sharoitining har xil muddatlarida endokrin hujayralarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari ma’lum darajada o‘zgarib boradi. Och qoldirishning 3 - sutkalarida endokrin hujayralarning yadro-sitoplazmatik nisbati o‘rganilgan hayvonlarda yadro tomonga og‘ishi kuzatildi. Barcha hujayralarning yadrosi nisbatan kattaroq ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi va bu esa endokrin hujayralar yadro-sitoplazmatik nisbatining o‘zgarishini ko‘rsatadi. Xususan, bu ko‘rsatkich quyonlarda 0.29 gacha oshadi. Bu esa o‘z navbatida och qoldirishning dastlabki muddatlarida endokrin hujayralarning ma’lum darajada faollashuvidan darak beradi. Bunday o‘zgarishlar hujayralarda sekret to‘planishi (ekstruziya bloki) natijasida ularning nisbiy o‘lchamlari ham o‘zgarishidan darak beradi. Tajribaning yaqin muddatida oshqozon bezlari endokrin hujayralarning o‘zaro nisbiy o‘lchamlari ham birmuncha oshadi. Bu muddatda endokrin hujayralarning o‘lchami o‘rtacha 18.1 ± 0.37 ni, yadro o‘lchami esa 5.3 ± 0.26 ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichlar eksperimental och qoldirishning dastlabki muddatlarida oshqozon bezlari endokrin hujayralarining o‘lchamlari birmuncha oshishidan darak beradi. Eksperimental och qoldirishning endokrinotsitlarning barcha ko‘rsatkichlari kamayadi, hatto nazorat guruhi ko‘rsatkichlaridan ham kam bo‘ladi. Tajribaning uzoq (10 sutka) muddatida xususiy bezlar – 7 ta pilorik bezlarda - 6 ta, endokrin hujayralarning o‘lchami 16 ± 0.44 mkm, yadro o‘lchami 4.2 ± 0.22 mkm, yadro – sitoplazmatik nisbati https://scientific-jl.org/obr 1 9 9 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 esa 0.26 ga teng bo‘ladi. Bunday holatni sekretsiya jarayonining tormozlanish va organizm endogen oziqlanishga o‘tganligi bilan bog‘liq deb tahmin qilish mumkin. Tajribaning yaqin muddatida endokrin hujayralarning joylashish zichligi o‘rtacha xususiy bezlarda: 30.6±0.78 ga teng bo‘lib EC hujayralar esa, 18.4±0.56 ga teng ya’ni 60.1 % ni tashkil qilsa, pilorik bezlarda esa, 30.4±0.84 ga, EC hujayralar 17.9±0.46 ya’ni 58.9 % tashkil qiladi. Tajribaning uzoq muddatida esa quyonlar oshqozoni xususiy bezlari endokrin hujayralarining joylashish zichligi 24.2±0.77 ga teng bo‘lib, EC hujayralar 14.5±0.48 ga, ya’ni 59.9 % ni tashkil qiladi. Pilorik bezlarda esa, bu ko‘rsatkich 22.8±0.66 , EC hujayralar 13.6±0.88 ga ya’ni 59.6 % ni tashkil etadi. 3 sutka davomida och qoldirilgan quyonlar oshqozoni endokrin (APUD) sistemasi hujayralarining (apudotsitlarning) dastlabki reaksiyasi ularda sekret ajratishning tormozlanishi hisoblanadi. Buning natijasida barcha hujayralarning sitoplazmasi sekretor mahsulot bilan to‘lib qoladi va ularning barchasi impregnatsiyalanadi, ya’ni oddiy ho

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oshqozon shilliq qavatining endokrin hujayralarining eksperimental ochlik holatidagi morfologik o'zgarishlari o'rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oshqozon shilliq qavatining endokrin hujayralarining eksperimental ochlik holatidagi morfologik o'zgarishlari o'rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Oshqozon, apudotsit, ochlik, endokrin hujayralar, morfometriya, Kalit so'zlar: Oshqozon, yadro-sitoplazmatik nisbat, fundal bez.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники