Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YO‘RIQNOMA MATNI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING NUTQ VA TUSHUNISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
TUSHUNISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH · Qo‘yliyeva Gulshoda · Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU
Образование наука и инновационные идеи в мире · 11 · 2025
Аннотация
Ushbu maqola 9-sinf o‘quvchilari uchun yo‘riqnoma matni asosida nutq va matnni o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda yo‘riqnoma matnining ta’riflari, ahamiyati, shuningdek, o‘quvchilarga samarali o‘qitish uchun tayyorlangan interaktiv va kreativ topshiriqlar tizimi keltiriladi. Topshiriqlar orqali o‘quvchilarning tahlil, mantiqiy fikrlash, yozma nutq va amaliy bilimlarni shakllantirishga erishiladi. Kalit so‘zlar: yo‘riqnoma matni, o‘qib tushunish, nutq ko‘nikmalari, o‘quvchi faoliyati, topshiriqlar, 9-sinf, ta’lim metodikasi Annotatsion This article is devoted to the study of methods for developing speech and reading comprehension skills for 9th grade students based on the instructional text. It provides definitions and significance of the instructional text, as well as a system of interactive and creative tasks prepared for effective teaching of students. Through tasks, students are able to develop analytical, logical thinking, written speech and practical knowledge. https://scientific-jl.org/obr 2 3 2 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Keywords: instructional text, reading comprehension, speech skills, student activity, tasks, 9th grade, teaching methodology. O‘qib tushunish — bu til va matnni o‘rganish jarayonida eng muhim ko‘nikmalardan biri bo‘lib, u o‘quvchining yozma ma’lumotlarni anglab, mazmunini to‘liq idrok etishi, shuningdek, undan foydali ma’lumotlarni ajratib olish qobiliyatidir. O‘qib tushunish nafaqat ta’lim jarayonida, balki kundalik hayotda, kasb-hunar tanlashda, ilmiy va texnik bilimlarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish har qanday ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biridir. O‘qib tushunish jarayoni murakkab bo‘lib, unda bir necha bosqichlar mavjud: matnni e’tibor bilan o‘qish, so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri anglash, matnning asosiy mazmuni va maqsadini tushunish, mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash, xulosalar chiqarish va olingan ma’lumotlarni amaliy hayotda qo‘llash. O‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasi yuqori bo‘lsa, ular har qanday matndan samarali foydalanishi, murakkab tushunchalarni o‘zlashtirishi va o‘z fikrini aniq ifoda eta olishi mumkin. O‘qib tushunishni rivojlantirishda turli matn turlari muhim o‘rin tutadi. Ularning ichida yo‘riqnoma matnlari — amaliy, funksional matn turi sifatida alohida ahamiyatga ega. Yo‘riqnoma matni kundalik hayotda keng qo‘llaniladi, masalan, maishiy texnika, elektron qurilmalar, kompyuter dasturlari, avtomobillar va boshqa texnik vositalarning to‘g‘ri va xavfsiz ishlatilishini ta’minlashda yordam beradi. Yo‘riqnoma matni o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni, ketma-ketlikni anglashni va aniq ifodani shakllantirishga xizmat qiladi. Chunki bunday matnlar qat’iy tartibda bajarilishi lozim bo‘lgan amallarni bosqichma-bosqich tushuntiradi. Shu bilan birga, yo‘riqnoma matni o‘quvchilarda matnni tahlil qilish, qisqartirish va oddiy so‘zlar bilan qayta ifodalash ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini yaratadi. Ta’lim jarayonida yo‘riqnoma matni asosida topshiriqlar tuzish nafaqat o‘quvchilarning o‘qib tushunish darajasini oshiradi, balki ularni amaliy bilimlarga yo‘naltiradi, ijodiy va tanqidiy https://scientific-jl.org/obr 2 3 3 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 fikrlashni rag‘batlantiradi. Shu nuqtai nazardan, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlarga bog‘lash orqali o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish samaradorligi oshadi. Quyida keltiriladigan topshiriqlar yo‘riqnoma matni asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ular nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlashga xizmat qiladi. Har bir topshiriq o‘quvchining o‘qib tushunish, matndan muhim ma’lumotlarni ajratib olish, tartib va izchillikni aniqlash, hamda fikrni aniq bayon etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Yo‘riqnoma matni Electonics kafolati quyida ko‘rsatilgan muddat va shartlar asosida mahsulotni bepul ta’mirlash yoki uning qismini almashtirishni koʻzda tutadi. LG Electronics kafolati xaridorning qonuniy huquqlarini cheklamaydi. Ushbu Katolat mahsulotni xarid qilgan ilk shaxsga nisbatan hamda u sotib olingan mamlakatda amal qiladi. Agar LG Electronics kafolatidan foydalanish zarurati tug‘ilsa, LG Electronics mijozlarni qo‘llab- quvvatlash markaziga yoki sotuvchiga murojaat qiling (barcha qo‘ng‘iroqlar bepul) Kafolat muddati va shartlari LG Electronics kafolati ashyodagi va ishlab chiqarishdagi nuqsonlarga nisbatan qo‘llaniladi. Shu tufayli, boshqa har qanday nuqson hamda mahsulotdan noto‘g‘ri foydalanish, uni noto‘g‘ri sozlash, noto‘g‘ri muvozanatlash va o‘rnatish, foydalanuvchi yoki o‘rnatish bo‘yicha qo‘llanmaga amal qilmaslik natijasida yuzaga kelgan zararlar, shuningdek, begona moddalar, hashoratlar mahsulot ichiga kirish holatlari, tashqi omillar ta'sirida yuzaga kelgan shikastlar, kosmetik shikastlar va normal foydal
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola 9-sinf o‘quvchilari uchun yo‘riqnoma matni asosida nutq va matnni o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola 9-sinf o‘quvchilari uchun yo‘riqnoma matni asosida nutq va matnni o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- instructional text, reading comprehension, speech skills, student, tasks, o‘quvchi faoliyati, student activity, ta’lim metodikasi, Keywords: instructional text, Kalit so‘zlar: yo‘riqnoma matni, 9th grade, topshiriqlar, teaching methodology., 9-sinf, nutq ko‘nikmalari, o‘qib tushunish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024