К содержанию
РецензированоUZ2025

SOTSIOLINGVISTIKANING UMUMIY MASALALARI

SOTSIOLINGVISTIKANING UMUMIY MASALALARI · Yusufjonova Xonzodabegim Davlatbek qizi (Andijon davlat chet tillari institute)

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This thesis discusses various practices of sociolinguistics in the country and all problems relate to this field. Extensive reflections on the network’s industries and origin are also provided , accompanied by examles. Keywords: Linguistics , article, dissertation , sociology , dialectology, sociolinguistics, language team. Sotsiolingvistika - til ilmining makrolingvistika, sodda qilib aytganda , tashqi tilshunoslik deb ataluvchi keng tarmoqli sohalari tarkibiga kiruvchi yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Sotsiolingvistika – tilning ichki qurilishini o‘rganuvchi lingvistika va https://scientific-jl.org/obr 3 2 1 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 jamiyatshunoslik fanlari orasida paydo bo‘lgan yangi fanlardan biridir. Shuning uchun ham ushbu fan til qurilishining ijtimoiy tomonini o‘rganadigan fan sifatida qaraladi. Bugungi kunga qadar , o‘zbek tilshunosligida sotsialogiya sohaga katta e’tibor qaratilmagan bo‘lsa-da , ushbu sohaga doir maqola , tezis , qo‘llanmalar va broshyura kabi ishlar yo‘q emas . Masalan, G‘. Abdurahmonov va F. Abdullayev kabi professorlarning sotsiolingvistika masalalariga oid yozilgan maqolalari mavjud. Nazarimda, yangi kirib kelagan va hali ko‘p insonlarning e’tiborini jalb qilib olmagan mavzularni ko‘rib chiqib u haqida yangi ma’lumotlar topish foydadan xoli emas. Chunki , biz e’tiborga olmagan har bor sohaning zamirida katta bir manfaatli axborot yotgan bo‘lishi mumkin. Masalan , ushbu soha so‘zlarning tuzilishini o‘rgatsa , aynan biz bilmagan boshqa soha qandaydir bir yangi metod ya’ni bilim olishni va eslab qolishni o‘rgatishi mumkin. Shuning uchun har doim yangilik sari harakat qilishimiz darkor. Yuqorida ta’kidlaganimdek, sotsiolingvistika – tilshunoslikning kam o'rganilgan alohida tarmog‘i hisoblanadi. Bu tarmoq fanda hozircha o'z mustaqil o'rniga ega bo'lmagan boshqa bir qator yo'nalishlar bilan bog’lanadi. Shulardan biri sinergetika va uning tilshunoslikka aloqador lingvosinergetika yo'nalishidir. Sotsiolingvistikaning lingvistik tarmoq sifatida shakllanishiga keladigan bo‘lsak, ushbu sohaga yondashuv 1970-yillardan boshlandi. Ammo ushbu davrlarda dunyoning ko‘plab davlatlarida sotsiolingvistika masalalariga doir ilmiy- amaliy anjumanlar o‘tkazilayotgan edi. Yuqorida ta’kidlanganidek sotsiolingvistika tilshunoslikning eng yosh tarmog‘i. Ushbu tarmoqni nomlovchi atama o'tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga keldi. Kayfiyotchisi esa amerikalik X.Karri edi. O.S.Axmanovaning "lingvistik atamalar lug’ati"da ("Slovar lingvisticheskix terminov". –M., 1969) tilshunoslikdagi bu yosh tarmoq "Sotsiologik lingvistika"va "Sotsiolingvistika" atamalari bilan nomlanib, ikki xil talqin etilgan, chunonchi: 1) tilshunoslikning til bilan jamiyat va uning hayotida sodir bo'luvchi qonuniy o'zgarishlar aloqasini o'rganuvchi tarmog’i; https://scientific-jl.org/obr 3 2 2 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 2) tilshunoslikning tilning hududiy shakllarini, ya'ni tillarning ijtimoiy farqlanishini o'rganuvchi tarmog’i1. Ushbu ma’lumotga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning notog‘riekanligini anglashimiz qiyin emas . Chunki ,tilning hududiy va shevalardagi shakllari tilshunoslikning dialektologiyaga bo‘limiga qarashli. To‘g‘ri biz aytishimiz mumkin har bir tilshunoslik sohasi bir bir-biriga uzviy bog‘liq , ammo to‘la-to‘kis lahja va shevalarni o‘rganadigan fan sotsiologiya emas balki dialektologiya. Bundan ko‘rinib turibdi-ki , ushbu sohada o‘rganadigan yangiliklarimiz talaygina. Shu tufayli, nazdimda, sotsiologiya fanini chaqaloq fan desak ham bo‘laveradi. Asosiy masala va tushunchalarga keladigan bo‘lsak ,sotsiolingvistika sohasiga dahldor tushunchalardan biri bu til jamoasi hisoblanadi. Til jamoasi - ma’lum bir tilda so‘zlashuvchi , unga egalik qiluvchi omma hisoblanadi. Har narsaning ikkiy tarafi bor bo‘lganidek, ushbu atamaning ham keng va tor doiralari mavjud. Keng doirasi bu turli xil hududiy guruhlarni , aniqroq qilib aytganda, bir xil sheva va lahjalarlarda gaplashuvchilar , kasb egalari va ilm sohasi sohiblari tushuniladi. Tor doirada esa ma’lim bir davlatni qamrab oladi. Sotsiolingvistikaning asosiy tarmoqlari haqida gap ketganda birinchi bo‘lib umumiy va xususiy sotsiolingvistika onggimizga keladi . Umumiy sotsiolingvistika – o‘zining nomidan ham ma’lumki , ushbu fanning umumiy masalalarini tahlil qiladi va o‘rganadi. Xususiy sotsiolingvistika esa ko‘p millatli mamlakatlarda amal qilivchi tillarga aytiladi . Misol uchun, sobiq Sho‘rolar davlati. Demak, xususiy Sotsiolingvistika ham sertarmoq bo'lib, uning har bir tarmog’i alohida-alohida o'rganilishi davr talabidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. A.Berdaliyev.M.Turdibekov . Sotsiologiya . “Nodirabegim” nashriyoti 2022. 2. https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/10/15/NamDU-ARM-13442- Sotsiolingvistika.pdf 1 A.Berdaliyev.M.Turdibekov . Sotsiologiya . “Nodirabegim” nashriyoti 2022. 17-b https://scientific-jl.org/obr 3 2 3 Выпуск журн

Доказательный фрагмент

«This thesis discusses various practices of sociolinguistics in the country and all problems relate to this field.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis discusses various practices of sociolinguistics in the country and all problems relate to this field. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Linguistics, article, dissertation, sociology, dialectology, language team., dissertatsiya, диссертатция, Ключевые слова: Лингвистика, dialektologiya, лингвистическая команда., sociolinguistics, sotsiolingvistika, sotsiologiya, Социология, Kalit so‘zlar: Tilshunoslik, диалектология, til jamoasi., социолингвистика, maqola, Keywords: Linguistics
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники