Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IBORALARNING NUTQ JARAYONIDA IFODA ETILISHI VA O‘GATILISHI
Rajabova Sarvinoz Chori qizi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi iboralarning lug‘aviy va uslubiy xususiyatlari, ularni nutqdagi o‘rni hamda ma’no ifodalashdagi ro‘li tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek iborlarning kontekstga bog‘liqligi va ularni o‘rgatishning samarali usullari haqida fikr yuritiladi. Ushbu tadqiqot umumta’lim maktab o‘qituvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tavsiya etiladi. Kalit so‘zlar: Iboralar, frazeologik birlik, turg‘un birikma, iboralar o‘rtasida omonimlik va antonimlik xususiyatlari, “iboralar sandig‘i” metodi Til inson tafakkurining ko‘zgusi, jamiyat madaniyatining asosiy ko‘rinishlaridan biridir. Har bir xalqning tili o‘ziga xos leksik boyliklari, jumladan, iboralar orqali yanada go‘zallashadi va chuqur mazmun kasb etadi. Ibora―ikki va undan ortiq leksemaning semantik-sintaktik birlashuvidan tarkib topgan, shaklan birikma yoki gapga teng bo‘lgan, ko‘chma ma’noli turg‘un (barqaror) qurilma1. Iboralar, frazeologik birlik, turg‘un birikma, barqaror birikma, frazeologik birikma atamalari bilan ham yuritiladi. O‘quvchilar lug‘at boyligining muhim qismini ibora va tasviriy ifodalar tashkil etadi. Ibora, odatda, bir so‘zga teng keladigan so‘zlar qo‘shilmasi bo‘lib, u nutqimizni boyitadigan, go‘zzallashtiradigan va ta’sirchanligini oshiradigan muhim vositalardan biri sanaladi. So‘zlovchi o‘zining bilim darajasiga ko‘ra, notiqlik san’ati va mahoratiga qarab, o‘z fikrini ifoda qilishda omonim, sinonim va antonim lardan o‘z xohish-istagiga qarab foydalanishi mumkin. 1 https://scientific-jl.org/obr 2 3 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Frazeologik sinonimiya - bir necha frazemaning bitta frazeologik ma’no atrofida birlashib kelishi. Masalan: 1) pixini yorgan – «ayyor», 2) ilonning yog‘ini yalagan – «ayyor» kabi. Yana: 1) yer bilan osmoncha – «Juda katta farq», 2) ot bilan tuyacha – «Juda katta farq» kabi.2 Leksik sinonimiyada bo‘lganidek, frazeologik sinonimiyada ham sinonimik qatorlar yuzaga keladi: birinchi misoldagi pixini yorgan va ilonning yog‘ini yalagan frazemalari «ayyor» ma‘nosi bilan bitta sinonimik qatorni; ikkinchi misoldagi yer bilan osmoncha va ot bilan tuyacha frazemalari esa «juda katta farq» ma’nosi bilan bir sinonimik qatorni hosil qilmoqda. Frazeologik antonimiya –ikki frazemaning o‗zaro zid ma‘no ifodalashi: oshig‘i olchi va ishi o‘ngidan kelmaslik; boshi ko‘kka yetmoq va fig‘oni falakka chiqmoq kab.3 O‘quvchilar nutqini iboralar bilan boyitish maqsadida berilgan iboralarni so‘zlar bilan almashtirish yoki, aksincha, so‘zlar o‘rnida iboralarni qo‘llash, iboralarning ma’nosini sharhlash, berilgan iboralarga qarama-qarshi ma’noli iboralar tanlash kabi topshiriqlardan foydalanish mumkin. Quyida maktabda hozirda amalda bo‘lgan 6-sinf ona tili darsligida “Ko‘z nurimizni asraylik” mavzusida iboralarga oid ana shunday topshiriqlardan ayrim namunalar keltiramiz:4 1-topshiriq. Quyidagi iboralar ma’nosini lug‘atlardan, oila a’zolaringizdan aniqlab, yozing. Qanday vaziyatlarda qo‘llanishini bilib oling. Ko‘zi to‘rt bo‘lmoq, Ko‘ziga issiq ko‘rinmoq Ko‘z tashlamoq, Ko‘ziga cho‘p solmoq Ko‘zi pishmoq, Ko‘z yummoq 2 3 4 https://scientific-jl.org/obr 2 4 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Albatta bu topshiriqlar o‘quvchilarni og‘zaki nutqini rivojlantirishga va lug‘at bilan ishlash ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan. Keyingi topshiriq ham iboralar mavzuga oid. 2-Topshiriq. Tana a’zolari nomi ishtirok etgan iboralardan topib, yozing. Bu topshiriq o‘quvchilarni kreativligini oshiradi, ijodiy fikrlaydi va o‘zgacha yondashadi. Men bu topshiriqlarga qo‘shimcha tarzda bir nechta yordamchi topshiriqlar tavsiya etmoqchiman. 1 Vaziyatli topshiriq. Bu topshiriq o‘quvchilarda tasavvurni kengaytiradi va og‘zaki nutqni ham rivojlantiradi. Tana a’zolari ishtirok etgan iboralardan qatnashtirib 4-5 gap tuzing. 2 O‘zingiz topgan iboralarni, sinfdoshlaringiz topgan iboralar bilan solishtirib ularni o‘rasidagi zid ma’no va shakldoshliga e’tibor bering. Bu topshiriqlar o‘quvchilarga ona tili mashg‘ulotlarida iboralar lug‘atini tuzdirish, iboralarning zid ma’noli, muqobil ibora yoki so‘z birikmalari tanlash kabi mashqlardan foydalanishni o‘rgatish ham so‘z boyligini oshirish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 6-sinf o‘quvchilari uchun ushbu mavzuning uyga vazifa qismi quyidagi topshiriq berilgan. Iboralar lug‘atidan o‘zingizga yoqqan 6 ta iborani yozib oling. Ular ishtirokida gaplar tuzib, yozing.5 Berilgan topshiriqning o‘rniga “Iboralar sandig‘i” metodidan foydalangan holdagi topshiriq o‘quvchilar qiziqishlar va yoshlari mos deb o‘ylayman.6 5 6 https://scientific-jl.org/obr 2 5 Выпуск журнала №-70 Часть–6_ июня –2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181-3187 Ibora ifodalagan ma‘no qatorini “Iboralar Sandig‘i”dan mosini tanlab to‘ldiring. lapashang, ....... bemehr, ........ aralashmoq, .... xafa, ... xursand, .... tanti, .... ziqna, ....241 gapirmaslik, ... ammamning burnini
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi iboralarning lug‘aviy va uslubiy xususiyatlari, ularni nutqdagi o‘rni hamda ma’no ifodalashdagi ro‘li tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek tilidagi iboralarning lug‘aviy va uslubiy xususiyatlari, ularni nutqdagi o‘rni hamda ma’no ifodalashdagi ro‘li tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- frazeologik birlik, iboralar o‘rtasida omonimlik va antonimlik xususiyatlari, turg‘un birikma, Kalit so‘zlar: Iboralar, “iboralar sandig‘i” metodi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026